1. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish- ning vazifalari va mazmuni


Bolalarning kundalik nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish uslubiyoti



Yüklə 41,26 Kb.
səhifə3/3
tarix16.10.2023
ölçüsü41,26 Kb.
#156212
1   2   3
Документ Microsoft Word (2)

4. Bolalarning kundalik nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish uslubiyoti
Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirish doimiy, uzluksiz jarayondir. Bolalar nutqining holatini faqat mash- g’ulotlardagina kuzatib bormasdan, balki ularning kundalik hayot jarayonida ham kuzatib borish kerak.
O’z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik xatoiarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Maxsus mashg’ulotdan tashqari ish bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etishga qaratilishi kerak.
Bola nutqidagi xatolarni do’stona, xushmuomalalik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shakli to’g’ri bo’lgan so’zni. gapni oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish mash- g’ulotlarida, ta’limiy o’yinlarda takrorlash joizdir, tarbiyachi barcha mashg’ulotlarda bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarini tuzatishi shart, ayniqsa, oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg’uloti bolalardan aniq nutqni talab etadi. Bolalar bu mashg’ulotda predmetlarni (narsa-buyumlarni) sanaydilar va harakatlarini so’z bilan ifodalaydilar. Shuning uchun tarbiyachi bolalarning sonlarni to’g’ri o’zlashtirishlarini kuzatib borishi kerak. Masalan, beshta sabziga ikkita sabzini qo’shamiz va hokazo.
Bola nutqidagi grammatik xatolarni mashg’ulot jarayonida etarli ovoz tonida, boshqa bolalarga eshitarli qilib to’g’rilash kerak. Ba’zi hollarda aytib turishdan, ayniqsa, katta guruhda qayd qilishdan: ‘Sen yana noto’g’ri aytding!"; esga tushiruvchi savoldan: ‘Sen ‘termometr" so’zini qanday aytishni esdan chiqaribsan yoki imo-ishoradan foydalanadi.
Yüklə 41,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin