3. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish yo’llari Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirishning asosiy vositalaridan biri bu — maxsus tashkil etiladigan mashg’ulotlar hisoblanadi. Tarbiyachi har bir mashg’ulot turida bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatishi kerak. Biroq maxsus tashkil etiladigan mashg’ulotlarda bola nutqidagi u yoki bu salbiy jihatlarni ogohlantirish bo’yicha ish olib boriladi, bola nutqida paydo bo’lgan grammatik xatolarni tez va maqsadga muvofiq tarzda bartaraf etish uchun maxsus usul va uslubiyotlardan foydalaniladi. Bola nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish bo’yicha tashkil etiladigan maxsus mashg’ulotlar oyda bir marta, qolgan vaqtlarda esa nutq o’stirish mashg’ulotining qo’shimcha qismi sifatida rejalashtiriladi. Maxsus tashkil etiladigan mashg’ulotlarda bolaning diqqati faqat kerakli grammatik shakllarga jalb qilinadi. So’z, uning shakl jihatdan o’zgarishi, so’z birikmasi yoki gaplar ular aqliy faoliyatining mazmuni bo’lib qoladi. Bunday mashg’ulotlarni izchillik va ketma-ketlik bilan olib borish natija- sida bolalar qanday gapirish kerakligini anglaydilar, savodli, chiroyli gapirishga harakat qiladilar. Qulay ishchanlik aihida tashkil etiladigan mashg’ulotlar bola diqqatini chalg’ib ketishining oldini oladi, ular tarbiyachining tushuntirishlarini, ko’rsat- malarini diqqat bilan tinglaydilar, o’rtoqlarining nutqini kuzata- dilar. Mashg’ulotda nutq namunasini oladilar va o’z nutqlarida undan foydalanadilar. Ko’pgina bolalar o’z o’rtoqlarining xato- larini tuzatishda tarbiyachining eng yaqin yordamchisiga aylanib qoiadilar.
Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, tuzatish maqsadida tashkil etiladigan maxsus mashg’ulotlarga rahbarlik qilishda quyidagi umumiy uslubiy (metodik) ko’rsatmalarga arnal qilish kerak:
1. Malum bir guruhda tashkil etiladigan mashg’ulot mazmunini uzoq muddatga mo’ljallab tanlash kerak. Mashg’ulot uchun bolalarning o’zlashtirishlari, ishlatilishi qiyin bo’lgan grammatik kategoriyalarnigina tanlash kerak. Bolalarning o’zlari oson o’zlashtirgan bironta grammatik formani (shaklni) qayta o’rgatish maqsadga muvofiq emas. Tarbiyachi yilning boshida bolalar qanday grammatik shakllarni qo’llashda qiynalishlarini, xatoga yo’l qo’yishlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun bola nutqini kuzatadi, alohida bolalar uchun suratli kartochkalar yordamida savol-topshiriqlar beradi. Ba’zida hamma bolalar nutqining holatini tekshiruvchi mashg’ulotdan foydalanish mumkin. Bunday mashg’ulotda bolalar tomonidan ishlatiladigan bir nechta grammatik shakllarning to’g’riligini tekshirish mumkin. Katta va maktabga tayyorlov guruhida bolalar nutqidagi grammatik shakllarni qanday ishlatishlarini tekshirish uchun quyidagi topshiriqlarni taklif etish kerak:
О. I. Soiovyovaning ‘To’g’ri gapir" alboniidagi suratlarni ko’rib chiqish va ‘Bu kim? Ular qancha?" (jo’jalar, tulkilar, qo’ziqoriniar) degan savollarga javob berish.
Suratlar bilan ‘Nima yo’qoldi" o’yinini o’ynash.
Suratlar (rasmtar) bilan ‘Gapni oxiriga yetkaz’’ mashqini bajarish: Javonda palto... (osilgan); Ilmoqda ko’p... (sochiqlar ositgan).
‘Gapni tugalla" so’zli mashqini o’ynash: Lenta uzun, chilvir esa undan... (uzunroq); Pecheniy shirin, asal esa undan ...(shirinroq); Bir qiz kuylashni xohlaydi, hamma qizlar kuy- lashni ....(xohlashadi).
Suratlarni ko’rib chiqish va savollarga javob berish: Qizcha nima chalyapti? (dutor); Ona qozonda nima pishiryapti? (ovqat); Bu bolalar nima qilishyapti? (yugurishyapti) Bu bola-chi? (yuguryapti).
Ayiqcha o’yinchog’i bilan ‘Topshiriq ber" o’yinini o’ynash: Ayiqchadan choyshabni yig’ishtirishni so’ra (Ayiqvoy, choy- shabni yig’ishtirgin.) Ayiq nima qilyapti? (Yig’ishtiryapti.) Ayiq nima qildi? (Yig’ishtirdi.) Ayiqqa yotishni aytaniiz. (Ayiqvoy, yot!) Ayiqdan egilishini so’raymiz. (Ayiqvoy, pastroq, yana pastroq egilgin!) Ayiq nima qilyapti? (Egilyapti) va hokazolar. Tekshirish mashg’ulotlari 10 — 20 daqiqa davom etadi. Bunday mash- g’ulotlarni yil davomida bir necha marta o’tkazish mumkin. Har bir tekshirishga bag’ishlangan mashg’ulot uchun tanlangan mavzu har xil bo’lishi kerak. Agar aniqlangan xatolar xususiy (individual) xarakterga ega bo’lsa, tarbiyachi uning sabablarini aniqiaydi, bola nutqidagi xatolarni to’g’rilashga ota-onalarni jalb qiladi, uning har kungi nutqini kuzatib (nazorat qilib) boradi. To’g’ri nutq namunasiga diqqatini jalb qiladi. Agar ko’pchilik bolalar nutqida grammatik xatolar aniqlansa, u vaqtda xatolarni tuzatish uchun maxsus mashg’ulotlar tashkil etiladi.