1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

tashkillashtirish va o‘tkazish
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tadbirlaridan
biri aholini rejalashtirilgan tartibda evakuatsiya qilishdir. Bu ishlarni sifatli
va tezkor bajarish uchun har bir fuqaro umumiy majburiyatlarni bilishi
lozim.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
majburiyatlari.
Fuqarolar:
— xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya
intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar ro‘y berishiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari;


63
— muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganishlari hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nik-
malarini takomillashtirishlari;
— favqulodda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan
avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi
to‘g‘risida tegishli organlarga xabar berishlari;
— favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda
ogohlantirish belgilarini, harakat qilish tartibini, umumiy va yakka muhofa-
zalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;
— zarurat bo‘lganda qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa
ishlarni o‘tkazishda yordamlashishlari shart.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
huquqlari.
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
— favqulodda vaziyat ro‘y berganda, hayotlari, sog‘liqlari va shaxsiy mol-
mulklari muhofazalanishi;
— umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat
organlarining, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyat-
larda aholini muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan boshqa mulkidan
foydalanish;
— mamlakat hududining muayyan joylarida bo‘lganda ular duch kelishi
mumkin bo‘lgan xavf-xatar darajasi hamda zarur xavfsizlik choralaridan
xabardor bo‘lish;
— aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masa-
lalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;
— favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul
tibbiy xizmat, kompensatsiya va boshqa imtiyozlar olish;
— favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarni
bajarish chog‘ida sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya va
imtiyozlar olish;
— aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat
qobiliyatini yo‘qotganda, nogironligi mehnatda mayib bo‘lish oqibatida kelib
chiqqan xodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish;
— boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan mayiblik, kasallikdan halok


64
bo‘lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yo‘qotganda, mehnatda
mayib bo‘lish tufayli halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolari uchun belgilangan
tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar, imtiyoz-
lar turlari va miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Aholi bilan reja bo‘yicha o‘quv mashqlari olib boriladi. Faqulodda
vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda
harakat qilishga tayyorgarlikdan o‘tayotgan aholi guruhlari tayyorlashning
asosiy vazifalari, shakllari va usullarini belgilaydi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi,
umumta’lim maktablari, idoraviy bo‘ysunishi va tashkiliy-huquqiy shaklla-
ridan qat’i nazar boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasa-
larining o‘quvchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, respublika va
viloyat bo‘ysunishida bo‘lgan shahar, tumanlar davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar
birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda favqu-
lodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish sohasida tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
Quyidagilar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
— aholini barcha guruhlarga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
qoidalari va asosiy usullarini, jamoa va yakka tartibda himoya vositalaridan
foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
— boshqaruvning barcha darajadagi rahbarlarini aholini favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta
tayyorlash;
— davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarida qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun kuch va vositalarni tayyorlash hamda
ularni boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat
qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholini
tayyorlash, ish joylarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va tavsiya qilinadigan
dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil


65
ravishda o‘rganish, keyinchalik o‘quv mashqlarida va mashg‘ulotlarda olingan
bilim va malakalarni mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollej-
larining o‘quvchilarini, oliy o‘quv yurtlarining talabalarini tayyorlash favqu-
lodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi umumta’lim dasturlariga
muvofiq o‘qish vaqtida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda aholini evakuatsiya qilish eng murakkab tadbirlardan biri
hisoblanadi. Chunki evakuatsiya qilish uchun rahbariyat katta amaliy bilim
va tajribaga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, evakuatsiyada ishtirok etadi-
gan aholi chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak. Evakuatsiya og‘ir sharoitlarda,
uzluksiz, kecha-yu kunduz, ob-havo o‘zgarishi sharoitida, qishda va yozda,
sovuq va issiqda olib borilishi mumkin. Quyida aholi evakuatsiyasiga
tayyorlanish va o‘tkazish uchun kerakli ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin