1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

A. SOTBOLDIYEV
— Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti harbiy kafedrasi dotsenti;
H. ATAJANOV
— Shayxontohur tumani 102-umumiy o‘rta
ta’lim maktabi «CHQBT» harbiy o‘qituvchisi;
T. KARIMOV
— Yunusobod tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi «CHQBT» harbiy o‘qituvchisi;
M. RAXMANOV
— R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslash-
tirilgan musiqa akademik litseyi harbiy rahbari.


3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan
islohotlarni davom ettirib, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev: «Ko‘zlangan
strategik maqsadlarga yetishishda va ularni hayotga to‘liq tatbiq etishda har
tomonlama va puxta tayyorlangan, o‘z Vataniga sodiq, yuksak kvalifi-
katsiyali harbiy kadrlarni tarbiyalash, davlat tomonidan ularning ijtimoiy
himoyasini kafolatlash hal qiluvchi va asosiy omildir. Shu bois respub-
likaning hamma o‘quv muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi to‘g‘risidagi
fanlarni tatbiq qilish va kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi» deya
ta’kidlab o‘tdi.
Qo‘lingizdagi ushbu kitob 10-sinflar uchun nashr qilingan «Chaqiruvga
qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» darsligining davomi bo‘lib, 11-sinflar
uchun tuzilgan dastur asosida tayyorlangan. Kitob quyidagi bo‘limlardan
iborat: 1-bo‘lim: Fuqaro muhofazasi. Hayot xavfsizligi asoslari. Xavfsizlik va
favqulodda vaziyatlarda inson muhofazasi; 2-bo‘lim: Saf tayyorgarligi;
3-bo‘lim: Harbiy xizmatning huquqiy asoslari; 4-bo‘lim: Harbiy ish
asoslari; 5-bo‘lim: Otish tayyorgaligi; 6-bo‘lim: Amaliy harbiy-jismoniy
tayyorgarlik; 7-bo‘lim: Tibbiy bilim asoslari.
Darslikda harbiy sohaga oid buyruq, qaror, nizom, o‘quv qo‘llanma va
boshqa o‘quv adabiyotlaridan keng foydalanilgan.
O‘quvchilarga darslikdagi mavzular mazmunini o‘zlashtirish oson bo‘lishi
uchun unda fotoma’lumotlar, chizmalardan foydalanilgan. Har bir bob
so‘ngida mavzuni o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida nazorat savollari
berilgan.
«Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fani kimyo, fizika, jismoniy
tarbiya kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu o‘quvchilarning kelajakda
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatga chaqirilgan
paytlarida o‘z konstitutsiyaviy burchlarini ado etishga yordam beradi.
Yoshlarga harbiy ta’lim berishda ularga qo‘shinlarning o‘quv-jangovar
faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qism-
lardagiga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish nazarda tutiladi. Bu
mashqlarni ko‘p marotaba takrorlash natijasida yoshlarda zaruriy harbiy
bilim va ko‘nikma yuzaga keladi.


4
I BO‘LIM. 

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin