1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Nazorat savollari
1. Tuproqning og‘ir metallar bilan zararlanishi natijasida kelib chiqadigan
xavflar nimalardan iborat?
2. Mutagenez nima? Unga qarshi kurashish choralarini so‘zlang.
3. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni davolash tadbirlari
haqida so‘zlab bering.


18
3-bob.
ZAMONAVIY JANGOVAR SHIKASTLOVCHI VOSITALAR
3.1. Yadro quroli
Yadro qurolining ta’siri yadro reaksiyasi, ya’ni parchalanish-sintez yoki
bu ikkalasining baravar ro‘y berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqadigan
energiyadan foydalanishga asoslangan.
Yadro qurolining quvvati trotil ekvivalenti, ya’ni trotil zaryadining vazni
bilan ifodalanadi. Trotil zaryadining portlash energiyasi yadro qurolining
portlash energiyasiga teng.
Portlash markazining yer (suv) sathiga nisbatan joylashishiga qarab
havoda portlash, yerda portlash, yer ostida portlash, suv ustida portlash va
suv ostida portlashlar farq qilinadi (1-rasm). Bu turdagi portlashlarning har
biri obyektlarga o‘ziga xos ravishda shikastlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Havodagi yadroviy portlash
— bunda portlash havoda sodir bo‘ladi,
yorug‘lik sohasi yer yuzasiga tegmaydi. Havodagi portlash yuqorida yoki
pastda bo‘lishi mumkin. Pastdagi yadroviy portlashda ko‘tarilayotgan chang
ustuni portlash buluti bilan tutashadi va natijada qo‘ziqorinsimon bulut
hosil bo‘ladi. Havoda sodir bo‘ladigan yuqori portlashda chang ustuni
portlash buluti bilan tutashmaydi.
Havodagi yadroviy portlash qisqa vaqt, ko‘zni qamashtiradigan yorug‘lik
tarqalishi bilan sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng sfera shaklidagi yoritilgan soha
paydo bo‘ladi. Undagi harorat bir necha million gradusga yetadi. Yoritilgan
soha yorug‘lik nurlanishi manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
1-rasm.
Yadro zaryadining portlash turlari:
a
— havoda; 
b
— yer yuzida; 
d
— yer ostida; 
e
— suv ostida va ustida portlash.
a
b
d
e


19
Yadroviy portlash momaqaldiroq paytida hosil bo‘ladigan ovozga
o‘xshash keskin gumburlash bilan sodir bo‘ladi. Portlash buluti shamol
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, o‘ziga xos shaklni yo‘qotadi va tarqalib
ketadi. Yuqoridagi yadroviy portlashlarda sharga o‘xshash yoritilgan soha
hosil bo‘ladi. Uning o‘lchamlari yer yuzasi atmosfera qatlamlarida sodir
bo‘ladigan yadroviy portlashga qaraganda katta bo‘ladi. Yoritilgan soha
sovigach, chang-to‘zonli sharsimon bulutga aylanadi. Yuqoridagi portlashda
chang-to‘zon buluti va ustuni hosil bo‘lmaydi.
Yer yuzasidagi yadroviy portlash 
deb, yer yuzasidan uncha baland
bo‘lmagan havodagi portlashga aytiladi, bunda yoritilganlik sohasi yer yuzasi
bilan kesishib, yarim sfera shaklida bo‘ladi. Yer yuzasida portlashdan
chuqurlik hosil bo‘ladi. Chuqur o‘lchamlari portlash quvvatiga bog‘liq bo‘lib,
bir necha yuz metrgacha yetishi mumkin.
Yer ostidagi yadroviy portlash
deb, yer ostida o‘tkazilgan yadroviy
portlashga aytiladi. Bunday portlashda yoritilganlik sohasi kuzatilmasligi
mumkin. Bunda tuproqqa katta bosim beriladi, hosil bo‘lgan zarba to‘lqini
yer qimirlashiga o‘xshash tebranish hosil qiladi. Portlash sodir bo‘lgan joyda
katta chuqur hosil bo‘ladi, uning o‘lchamlari portlash quvvati va tuproq
turiga bog‘liq. Chuqurdan ko‘p miqdordagi tuproq qavati radioaktiv moddalar
bilan atrofga sochiladi. Portlash ustuni bir necha yuz metrgacha yetadi.
Suv ustida sodir bo‘ladigan yadroviy portlash
tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yer
ustida sodir bo‘ladigan portlashga o‘xshaydi.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin