19
Yadroviy portlash momaqaldiroq paytida hosil boladigan ovozga
oxshash keskin gumburlash bilan sodir boladi. Portlash buluti shamol
yonalishi boyicha harakatlanib, oziga xos shaklni yoqotadi va tarqalib
ketadi. Yuqoridagi yadroviy portlashlarda sharga oxshash yoritilgan soha
hosil boladi. Uning olchamlari yer yuzasi atmosfera qatlamlarida sodir
boladigan yadroviy portlashga qaraganda katta boladi. Yoritilgan soha
sovigach, chang-tozonli sharsimon bulutga aylanadi. Yuqoridagi portlashda
chang-tozon buluti va ustuni hosil bolmaydi.
Yer yuzasidagi yadroviy portlash
deb, yer yuzasidan uncha baland
bolmagan havodagi portlashga aytiladi, bunda yoritilganlik sohasi yer yuzasi
bilan kesishib, yarim sfera shaklida boladi. Yer yuzasida portlashdan
chuqurlik hosil boladi. Chuqur olchamlari portlash quvvatiga bogliq bolib,
bir necha yuz metrgacha yetishi mumkin.
Yer ostidagi yadroviy portlash
deb, yer ostida otkazilgan yadroviy
portlashga aytiladi. Bunday portlashda yoritilganlik sohasi kuzatilmasligi
mumkin. Bunda tuproqqa katta bosim beriladi, hosil bolgan zarba tolqini
yer qimirlashiga oxshash tebranish hosil qiladi. Portlash sodir bolgan joyda
katta chuqur hosil boladi, uning olchamlari portlash quvvati va tuproq
turiga bogliq. Chuqurdan kop miqdordagi tuproq qavati radioaktiv moddalar
bilan atrofga sochiladi. Portlash ustuni bir necha yuz metrgacha yetadi.
Suv ustida sodir boladigan yadroviy portlash
tashqi korinishiga kora yer
ustida sodir boladigan portlashga oxshaydi.
Dostları ilə paylaş: