1 nvp 11 sing Uzbek tili


Zaharlovchi moddalarning umumiy tasnifi



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Zaharlovchi moddalarning umumiy tasnifi
Hozirgi kunda dunyoning bir nechta davlatlarida kimyoviy qurollar borligi
hech kimga sir emas. Lekin ushbu qurollar xalqaro konvensiyalar talabiga
ko‘ra ishlatilishi mumkin emas. Ushbu mavzuda kimyoviy qurol va uning
insonga ta’siri to‘g‘risida tushunchalar beriladi.
Kimyoviy qurol ham ko‘plab shikast yetkazish vositalari jumlasidandir.
Kimyoviy qurolning ta’siri zaharlovchi moddalarning jangovar xossalaridan
foydalanishga asoslangan, zaharlovchi moddalar esa odamlarni, hayvonlarni
shikastlaydi, joyni, suv havzalari va o‘simliklarni zaharlaydi. Zaharlovchi
moddalar raketa, aviatsiya, artilleriya, maxsus kimyoviy asboblar yordamida
ishlatilishi mumkin.
Zaharlovchi moddalar joyni zaharlash uchun tomchilar holida, havoni
zaharlash uchun bug‘ holida (tuman, tutun tarzida) bo‘ladi. Shu sababli inson
zaharlangan havo bilan nafas olganda, terisiga, ko‘ziga, kiyimiga zaharlovchi
moddalar tushganda, shuningdek, zaharlangan ovqat yeganda yoki suv ichganda
zaharlanib qolishi mumkin.
Zaharli moddalarning shikastlash ta’siri ularning konsentratsiyasi, zaharlash
zichligi va turg‘unligiga qarab baholanadi. Zaharlangan havoning hajmi birligida
zaharlovchi moddalarning og‘irlik miqdori uning 
konsentratsiyasi
deb ataladi.
Konsentratsiya, ko‘pincha 1 litr havodagi zaharlovchi moddalarning hisobidagi
miqdori mg/
l
bilan ifodalanadi.
Zaharlanish zichligi joyning yoki boshqa yuzaning sathi birligidagi zahar-
lovchi moddalar miqdoridir. Zaharlanish zichligini g/m
2
bilan ifodalash qabul
qilingan. Zaharlovchi moddaning turg‘unligi zaharlovchi moddalarning havoda
yoki joyda o‘zining shikastlash ta’sirini ma’lum vaqt saqlab turish xususiyatidir.


24
Shikastlash ta’sirini bir necha soatdan bir necha kungacha saqlab turadigan
zaharlovchi moddalar turg‘un zaharlovchi moddalar jumlasiga (V gazlar, iðrit)
kiradi. Turg‘unmas zaharlovchi moddalar (sianid kislota, fosgen, xlorsian)
shikastlanish xossalarini bor-yo‘g‘i bir necha daqiqagacha saqlab tura oladi.
Zaharlovchi moddalarni shikastlash ta’sirining tavsifiga qarab: 
nervni shikat-
laydigan, terini yiringlatadigan, bo‘g‘uvchi, umumiy zaharlaydigan, psixo-
kimyoviy, ta’sirlantiruvchi zaharlovchi
moddalar guruhiga bo‘lish qabul qilingan.
Umumiy zaharlovchi moddalar jumlasiga sianid kislota, xlorsian kiradi.
Nervni shikastlaydigan zaharlovchi moddalar jumlasiga zarin va V gazlar
kiradi. Bular kuchli va tez ta’sir qiladigan zaharlardir. Bu zaharlovchi moddalar
inson organizmiga nafas olish organlari, teri qoplamalari va ovqat hazm qilish
yo‘llari orqali kirib, asab tizimini shikastlaydi.
Zarin
— rangsiz yoki och sariq tusli, hidsiz, juda zaharli suyuqlik. Qishda
muzlamaydi, suv ta’siriga chidamli. Yog‘larda yaxshi eriydi. Odatdagi ob-havo
haroratida ishqorlar va ammiak eritmalari ta’sirida tez parchalanib ketadi. Zarin
bilan zaharlanganlik alomatlari darhol namoyon bo‘ladi: ko‘z qorachiqlari
torayadi, so‘lak oqadi, nafas olish qiyinlashadi, kishi qusadi, hushidan ketadi.
Shundan keyin kishining qo‘l-oyoqlari qattiq qaltiray boshlaydi, og‘ir
zaharlanganlarning nafas olish markazlari falaj bo‘lib qolishi va ular
hayotdan ko‘z yumishlari mumkin. Zaharlanishning dastlabki alomatlari
sezilishi bilan darhol gazdan himoyalanish niqobi kiyib olish hamda organizmga
zaharga qarshi modda (antidot) yuborish zarur, antidot esa shpris-tyubikda
yoki paketlarda bo‘ladi.
Sianid kislota
— rangsiz, tez bug‘lanib ketadigan suyuqlik bo‘lib, undan
taxir bodom hidi keladi. Kuchli va tez ta’sir qiladigan zahar inson organizmiga
zaharli havo bilan nafas olishda kiradi. Sianid kislota bilan zaharlangan insonning
og‘zida metallga xos maza seziladi, tomog‘i qiriladi, boshi aylanadi, mushaklari
zaiflashadi va qo‘rquv bosadi.
Zaharlanishning dastlabki alomatlari sezildi deguncha, darhol gazdan
himoyalanish niqobini kiyib olish lozim. Agar zaharga qarshi moddali ampula
bo‘lsa, ampulani sindirib, maska ostiga kiritish kerak.
Xlorsian
— rangsiz, oson uchuvchan suyuqlik bo‘lib, undan o‘tkir hid
keladi. Ta’siri sianid kislota kabi umumiy zaharlashdan iborat. Õlorsian bilan
zaharlangan kishining ko‘zlari va nafas olish yo‘llari qattiq shikastlanadi.
Terini yiringlaydigan zaharlovchi moddalarga iðrit kiradi.
Iprit
(haydal-
gan iðrit) — moyga o‘xshash, rangsiz suyuqlik bo‘lib, undan sarimsoq yoki
xantal hidi keladi. Iprit kuyali zaharlar jumlasiga kiradi, teriga iðrit tom-
chilari tushsa, teri dastlab qizaradi, shundan keyin (birinchi kun oxirida)


25
qavarib chiqadi. 2–3 kun o‘tgandan keyin pufakchalar yoriladi va ular o‘rnida
uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil bo‘ladi.
Nafas yo‘llarining iðrit bilan zaharlanganlik alomatlari burun va
tomoqning og‘rishi, aksirishi va burundan suv kelishidir. Inson og‘irroq
zaharlanganda bronxit va zotiljam bo‘lib qolishi ham mumkin. Iprit ko‘zga,
ayniqsa, tez ta’sir etadi. Iprit bug‘i ta’sir etganda ko‘zning shilliq pardasi
qizaradi, sanchiq paydo bo‘ladi, ya’ni kishi o‘z-o‘zidan siqiladi, ko‘zdan
yosh oqadi. Ipritning shikastlash ta’siriga xos xususiyati shundaki, u yashirin
ta’sir etadi va unda kumulativlik xossasi bo‘ladi, ya’ni inson organizmida
shikast to‘planib boradi.
Ruhiy ta’sir qiluvchi zaharli moddalarga Bi-Zet (BZ) kiradi. 
BZ
alohida
o‘ziga xos xususiyati bilan markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, insonlarni
ruhan esankiratadi, qo‘rqinch paydo qiladi yoki jismonan izdan chiqarib,
eshitmaydigan, ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi.
Bo‘g‘uvchi zaharli moddalarga fosgen kiradi.
Fosgen
— rangsiz gaz bo‘lib,
undan achigan xashakka xos kuchsiz hid keladi. O‘yuvchi ishqorlar, novshadil
spirti, sodaning suvdagi eritmasi fosgenni tez parchalab yuboradi. Fosgen nafas
olish organlarini shikastlaydi: og‘izda shirinroq maza seziladi, inson biroz
yo‘taladi, uning boshi aylanadi, inson o‘zini umuman darmonsiz sezadi.
Fosgenda yashirin ta’sir etish davri bo‘lganligidan zararlanishning dastlabki
alomatlari 4–6, ba’zan esa 12 soatdan keyin seziladi.
Ta’sirlovchi zaharli moddalarga xlorasetofenol, adamsit, dibenzoksazepin
kiradi. Bu moddalar ko‘z va nafas yo‘llarini shikastlaydi.
Kimyoviy zaharlanish o‘chog‘i
— bu zaharli moddalar ta’sirida bo‘lgan
hudud. Bunday hududda odam va hayvonlar shikastlanadi yoki ularning
shikastlanishi mumkin bo‘lib qoladi. Kimyoviy zaharlanish o‘chog‘ining tavsifi,
avvalo, dushman tomonidan ishlatilgan zaharli moddalarning turiga va ishlatilish
usuliga, meteorologik sharoitga va joyning relyefiga bog‘liq.
Kimyoviy qurol bevosita ishlatilgan zonada havoni zaharlovchi zaharli
moddalar bug‘i va aerozol hosil bo‘ladi. Zaharli moddalar bug‘i (zaharlangan
havodan iborat birlamchi bulut) shamol esgan tomonga qarab, bir necha o‘n
kilometrga tarqalishi mumkin, bu esa odamlar va hayvonlarning, har xil obyekt
va narsalarning zaharlanish xavfini oshiradi. Zaharlangan havoning saqlanish
vaqti va tarqalish masofasiga shamolning yo‘nalishi, tezligi, zaharli moddalar,
havo harorati, yil fasli katta ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlangan bulut daryolar,
qiyaliklar, daralar va jarlar bo‘ylab uzoq masofalarga tarqaladi.
Chuqur daralar, o‘tloqlar, botqoqliklar, jarlar, daraxtzorlar, aholi yashaydigan
punktlar zaharli moddalar uzoq vaqt turib qoladigan joylar bo‘lishi mumkin.


26
Shaharlarda zaharlangan bulut ko‘chalar, tonnellar, quvurlar bo‘ylab katta
masofaga tarqaladi. Zaharli moddalar bug‘i berk dahalar, saylgohlarda turib
qolishi mumkin. Zaharli moddalar bug‘i germetik qilinmagan yashi rinish
joylariga, xonadonlarga, yerto‘lalarga kira oladi, yo‘lak va tom ustida turib
qoladi.
Turg‘unmas zaharli moddalar ishlatilishi paytida havoning yerga yaqin
qatlamida zaharlangan bulut hosil qiladi. Bu bulut esa shamol esgan tomonga
qarab boradi va tezda yoyilib ketadi. Joyning ochiq, shamol o‘tib turadigan uchast-
kalarida havo zaharli moddalar bug‘idan tezda tozalanadi. Ammo zaharlangan
havo berk dahalarda, hovlilarda va boshqa joylarda turib qolishi mumkin.
Himoyalanish choralarini tez ko‘rish uchun joy va havoning zaharlan-
ganligini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos alomatlarni yaxshi bilish kerak. Zahar-
langanlikni ko‘rsatuvchi tashqi belgilar tuproq, daraxt barglari, bino devorlari
va boshqa narsalardagi tomchilar bo‘lishi mumkin. Kimyoviy qurol portlaganda,
joy tepasida kichikroq bulut hosil bo‘ladi. U ba’zan biror ochroq rangga kiradi.
Bulutni shamol tez tarqatib yuboradi. Agar dushman zaharli moddalarni
to‘kuvchi aviatsiya asboblari yordamida ishlatgan bo‘lsa, samolyot havoda sezilarli
darajada to‘q yoki sal bo‘yalgan tuman yo‘l qoldirishi mumkin. Zaharli moddalar
ishlatilganlik alomatlari payqaldi deguncha, himoyalanish choralari darhol
ko‘riladi (gazdan himoyalanish niqobi va terini himoya qilish vositalari kiyib
olinadi).

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin