1 nvp 11 sing Uzbek tili


Kimyoviy qurollarni qo‘llash vositalari



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Kimyoviy qurollarni qo‘llash vositalari
Zaharlovchi moddalar mo‘ljalga, avvalo, aviatsiya yordamida yetkaziladi.
Turli xildagi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan aviatsion bombalar
portlatuvchi moslamalari bo‘yicha: zarba ta’sirida portlaydigan va uzoqdan
boshqariluvchi (distansion) moslamalar bilan portlaydiganlarga bo‘linadi.
Zarba ta’sirida portlaydigan kimyoviy aviatsion bombalar havo
atmosferasini yoki ma’lum joylarni zaharlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zida
fosgen, iðrit yoki zoman turidagi zaharlovchi moddalarni saqlashi mumkin.
Zarba ta’sirida portlovchi aviatsion kimyoviy bombalarning og‘irligi, odatda,
100 kg dan 1000 kg gacha bo‘ladi.
Bunda bombaning 50% og‘irligini zaharlovchi moddalar tashkil qiladi.
Insonlarni zaharlash uchun ishlatiladigan aviatsion kimyoviy bombalar yer
yuzasidan biroz balandroq masofada portlatiladi (distansion portlatuvchi
moslamalarga ega bo‘ladi).


27
Bu bombalar chidamli zaharlovchi moddalar (zoman, iðrit) bilan
to‘ldiriladi.
Bundan tashqari, kichik vazndagi (3 kg va undan ortiq) kassetali aviatsion
kimyoviy bombalar ham qo‘llanilishi mumkin.
To‘kadigan aviatsion asboblar
suyuq zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilib,
samolyot qanotlari yoki fuzelaji (korpusi) tagiga osiladi va 300—500 metr
yuqoridan sepiladi (5-rasm).
Raketa vositalari. 
Kimyoviy hujum o‘tkazilish zarurati paydo bo‘lganda
raketa vositalaridan keng foydalaniladi. Ba’zi mamlakatlar armiyalari kimyoviy
qurolni kerakli joyga yetkazish uchun boshqarilmaydigan raketa vositalariga
ega. Boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlarning uchish masofasi 40 kilo-
metrni, boshqariladigan raketa vositasi reaktiv snaryadlarining uchish maso-
fasi 5—140 kilometrni tashkil qiladi.
Bu reaktiv snaryadlarning (raketa) jangovar qismi kassetadan iborat bo‘lib,
u sharsimon shaklli bir qancha bombalardan tashkil topgan (har qaysi sharsimon
bombaning og‘irligi 0,6 kg bo‘ladi) va zaharlovchi moddalardan zarin, zoman
va boshqalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
4-rasm.
340 kilogramm og‘irlikdagi ÌS-1 rusumli kimyoviy bomba: 
a
— umumiy ko‘rinishi;
b
— kesilgan holda ko‘rinishi; 
1
,
9
— bosh portlagich moslama; 
2
,
10
— korpus;
3
— stabilizator; 
4—8
— vtulkalar; 
5
— gofrirlangan kartondan tayyorlangan silindr;
6
— portlovchi zaryad; 
7
— portlovchi zaryadni solish uchun mo‘ljallangan stakan;
11
— zaharlovchi modda; 
12
— bombani osib qo‘yish uchun mo‘ljallangan ilgaklar.
a
b
4
3
5
6
7
2
1
8
9
10
11
12


28
Raketaning jangovar kimyoviy qismi 1,5—3 km yuqorida avtomatik ravishda
ochiladi va sharsimon bombalar 1 km
2
ga tarqalib ketadi, yerga tushib portlaydi
va ma’lum bir joyni zararlaydi.
Reaktiv minomyotlar (ko‘p stvolli qurilmalar)dan
otiladigan reaktiv snaryadlar
yoki minalar zaharlovchi moddalardan zarin yoki V gazlari bilan to‘ldirilib,
qo‘llanilganda katta maydon va ko‘plab kishilarni zararlaydi, qurilmalarning
otish uzoqligi 2,7—11 km ni tashkil qiladi.
Artilleriya kimyoviy snaryadlari va minalari. 
Ba’zi chet davlatlar armiyalari
hozirgi vaqtda 105, 155, 175, 203, 2 mm li zambaraklar va gaubitsalardan otish
uchun ishlab chiqilgan kimyoviy snaryadlarga ega (6-rasm).
Bu tabelli snaryadlar V gazlari, zarin, iðrit va CS zaharlovchi moddalar
bilan to‘ldirilgan. Gaubitsalarning uzoqqa otish masofasi 16—18 km, zam-
baraklarning uzoqqa otish masofasi 32 km ni tashkil qiladi.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin