1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Suv ostidagi yadroviy portlash
suv ostida sodir bo‘ladi, bunda yoritilganlik
sohasi ko‘rinmaydi. Suv yuzasida balandligi bir kilometrga yetadigan
qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘ladi. Suvning yerga qayta tushishi natijasida
radioaktiv tuman hosil bo‘ladi. Keyinchalik suvli bulut paydo bo‘lib, undan
radioaktiv yomg‘ir yog‘adi.
Yadroviy qurolning shikastlovchi omillari: portlash to‘lqini yoki zarba
to‘lqini, yorug‘lik nurlanishi, o‘tuvchan radiatsiya, joylarning radioaktiv
moddalardan zararlanishi, elektrmagnit impulsidan iborat.
Zarba (portlash) to‘lqini
portlash markazidan har tomonga tovush
tezligidan ham qattiq tezlikda tarqaladigan, juda katta bosimda siqilgan
havo zonasidan iborat.
Zarba to‘lqini dastlabki 1000 metrni 2 soniyada, 2000 metrni 5 soniyada,
3000 metrni 8 soniyada bosib o‘tadi, shu vaqt orasida odam osmonda yorug‘
shu’lani ko‘rishi bilan yashirinishga ulguradi va zarba to‘lqini shikastlashidan
saqlanib qoladi.
Yorug‘lik nurlanishi
— yadroviy portlashdan hosil bo‘lgan olovli
shardan chiqadigan va nihoyat darajada ko‘p kuydiruvchi issiqlik


20
energiyasi tarqatadigan yorug‘lik nuri oqimidan iborat. Yadroviy portlash
jami energiyasining taxminan 35 % i yorug‘lik nurlanishiga to‘g‘ri keladi.
Yorug‘lik nuri tarqalishi 8—15 soniya davom etadi, bu nur faqat to‘g‘ri
yo‘nalishda tarqaladi. Shaffof bo‘lmagan har qanday to‘siq yorug‘lik
nurlanishi ta’siridan saqlab qoladi.
Yorug‘lik nurlanishi katta masofalarga bir lahzada tarqalib, turli mate-
riallarni eritish, yondirish, himoyalanmagan odamlar va hayvonlarni kuydi-
rish yoki ko‘zni zararlash, o‘rmon va aholi punktlarida yong‘in chiqarish
xususiyatiga ega.
Moddalarning yorug‘lik nurlanishidan zaharlanishi ularning qay
darajada qizdirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Moddalarning qizishi esa, o‘z
navbatida, quyidagi omillarga: yorug‘lik impulsining kuchiga, moddalarning
xususiyatiga, moddalarning issiqlikni yutish koeffitsiyentiga, namligiga,
yonuvchanligiga bog‘liq. Qora rang mato oq rangdagiga qaraganda yorug‘lik
nurini ko‘p yutadi. Masalan, qora rangli mato 99 %, moshrang (xaki) mato
60 %, oq rang mato esa 25 % yorug‘lik energiyasini yutadi.
Yorug‘lik nurlanishi ko‘zga tushganda (ayniqsa tunda, chunki ko‘z
qorachig‘i kengaygan bo‘ladi) ko‘z qamashishi kuzatiladi. Ko‘z qamashishi
vaqtincha davom etadi. Bunga sabab ko‘zdagi rodopsin pigmentining
(to‘q qizil rang) kamayishidir. Agar nur yaqin masofadan ko‘zga ta’sir
qilsa, ko‘zning to‘rpardasi kuyadi va turg‘un ko‘rlik holati vujudga keladi.
Shuning uchun osmonda birdan chaqnash yuz berganda unga qarash
mumkin emas.
O‘tuvchi (singuvchi) radiatsiya
yadroviy portlashda chiqadigan
ko‘rinmas va sezilmas gamma-nurlar hamda neytronlar oqimidan iborat.
Bunga yadroviy portlash energiyasining taxminan 5% i sarflanadi. Yadroviy
portlash sodir bo‘lgandan 15—20 soniya o‘tgach, yadro va termoyadro
reaksiyasi natijasida gamma-nurlar, neytronlar oqimi, alfa va beta-zarra-
chalarning juda kuchli oqimi tarqaladi.
O‘tuvchan radiatsiyadan saqlanish uchun pana joy va inshootlardan
foydalaniladi. Himoya qiluvchi vositalarning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, u
gamma-nurlarni o‘zida shuncha ko‘p tutib qoladi.
O‘tuvchan radiatsiya tirik to‘qimalar molekulalarini ionlashtirib, orga-
nizmning hayotiy faoliyatini buzadi va insonni turli darajadagi nur
kasalligiga yo‘liqtiradi, ba’zan esa halok qiladi. Odamga kam radiatsiya qisqa
vaqt davomida ta’sir etganda organizmda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermaydi.
Hozirgi vaqtda nur kasalligi kechishiga ko‘ra: yengil, og‘ir va o‘ta og‘ir
turlarga bo‘linadi.


21
Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi
yadroviy portlash
natijasida hosil bo‘ladi, bunda yadroviy portlash energiyasining taxminan
10 % i sarflanadi.
Yadro portlashi natijasida hosil bo‘lgan ko‘p miqdordagi radioaktiv
moddalar havo oqimiga ergashib, portlash markazidan o‘nlab, yuzlab
kilometr masofalarga tarqaladi. Havo turar joylar, suv manbalari, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa narsalarni zararlaydi. Zararlangan joylardagi
radioaktiv moddalar odam va hayvonlarga sirtdan ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur
moddalar ovqat, suv orqali organizmga tushib, ichdan ta’sir ko‘rsatadi,
oqibatda odam va hayvonlarda turli darajadagi nur kasalligi paydo bo‘ladi.
Yadro zaryadi yerda portlatilganda olovli sharning yerga tegishi tufayli
yer yuzasining qatlami erib ketadi va portlash mahsulotlari bilan qo‘shilgan
tuproq zarba to‘lqini yordamida uzoq joylarga sochiladi. Portlash yuz bergan
joyda hosil bo‘lgan yuqoriga intiluvchi havo oqimi quyun singari uyurilib,
yerdagi chang, qum-tuproqlarni yuqoriga olib chiqib ketadi. U portlash
mahsulotlariga aralashib, qo‘ziqorin shaklidagi bulutni hosil qiladi. Hosil
bo‘lgan bulut shamol esgan tomonga asta-sekin harakatlanib, uzoq
masofalarga tarqaladi. Buning natijasida ko‘p joylarga radioaktiv moddalar
tushadi va zararlanish hosil bo‘ladi. Radioaktiv moddalar bilan qo‘shilgan
bulut o‘tgan joylarda cho‘ziq elliðssimon radioaktiv «iz» qoladi (2-rasm).
Radioaktiv bulut qoldirgan «iz» radioaktiv moddalar izi o‘qidan qancha
uzoqlashsa, radiatsiya darajasi shuncha kam bo‘ladi va odam organizmiga
kam ta’sir ko‘rsatadi.
Elektrmagnit impulsi va ikkilamchi zararlovchi omillar.
Yadro zaryad-
larining portlashi natijasida havoning ionlashishi kuzatiladi, hosil bo‘lgan
2-rasm.
Yadro zaryadi portlashi natijasida hosil bo‘lgan radioaktiv «iz».


22
elektronlarning yuqori tezlikda harakati tufayli elektrmagnit maydoni paydo
bo‘ladi. Buning natijasida elektrmagnit razryadi va tok yuzaga keladi.
Atmosferada paydo bo‘lgan elektrmagnit impuls chaqmoq singari tarqalgan
holda antennalarda, kabellarda, elektr uzatish tarmoqlarida va simlarda kuch-
lanishga ega bo‘lgan tok hosil qiladi.
Yer yuzida va havoning past qismlarida yadro zaryadi portlatilganda
elektr impulsning shikastlovchi ta’siri portlash markazidan bir necha
kilometr uzoqlikda kuzatiladi. Yer yuzidan ancha balandlikda va havoda
portlatilgan yadro zaryadi natijasida elektrmagnit impuls maydoni,
portlash markazida va yer yuzasidan 20—40 kilometr balandlikda ham
elektrmagnit impuls maydoni hosil bo‘lishi kuzatiladi. Kuchlanish maydoni
hosil bo‘lgan elektrmagnit maydonining shikastlovchi omili bo‘lib hisoblanadi.
Kuchlanish maydonining kuchliligi portlatilgan yadro zaryadining quvvatiga,
portlatish balandligiga, portlash markazidan uzoqligiga va atrof-muhit
xossasiga bog‘liq bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan tok avtomat o‘chirish moslamalarini ishdan chiqaradi,
radioapparatlar, elektr asboblarining buzilishiga olib keladi, buning natijasida
shu asboblar bilan ishlayotgan odamlar elektr tokidan shikastlanishlari
mumkin.
Yadro zaryadi portlashi natijasida hosil bo‘lgan elektrmagnit impulslardan
himoyalanish uchun asboblarni ekranlash kerak bo‘ladi. Barcha tashqi elektr
uzatish tarmoqlari ikki qavatli simdan bo‘lishi va ular yaxshi izolatsiyalanishi
zarur.
Bunday vayronagarchiliklarning oldini olish uchun harbiy qismlar
joylashgan yer va korxonalarda himoya-muhandislik ishlari o‘tkazilgan
bo‘lishi kerak (3-rasm).
3-rasm.
Xandaqning radioaktiv nurlarni susaytirish xususiyati.
100%
40%
10%


23
Yadro zaryadi portlaganda aholi harakatlari quyidagilardan iborat:
1) zarba (portlash) to‘lqinidan dala sharoitida himoyalangan chuqur
joylardan foydalanish kerak;
2) shaffof bo‘lmagan har qanday to‘siq yorug‘lik nurlanishi ta’siridan saqlab
qolishi mumkin;
3) o‘tuvchan radiatsiyadan saqlanish uchun pana joylar va inshootlardan
foydalaniladi;
4) shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
3.2. Kimyoviy qurollar

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin