1 nvp 11 sing Uzbek tili


Xabar berish signallari va ular bo‘yicha



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Xabar berish signallari va ular bo‘yicha
 aholining harakati
Aholi muhofazasi qandaydir xavf-xatar tahdidi tug‘ilgani yoki yuzaga
kelganligi to‘g‘risida xabar berish va axborot tarqatishni o‘z vaqtida amalga
oshirishdan boshlanadi.
Xabar berish shartlashib olingan, oldindan belgilab qo‘yilgan va aholiga
aniq tushunarli bo‘lgan signallar (sirena ovozi, ovoz chiqaruvchi buyumlarni
urish va h.k.) orqali amalga oshiriladi.


39
Qanday xavf tug‘ilmasin, elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning
tovushiga korxonalarning gudoklari qo‘shiladi. Bu fuqaro muhofazasining
yagona «Diqqat, barchaga!» signalidir.
Sirena ovozi ishlatilgan zahoti televizor, radiopriyomnik, radiokar-
naylarni ishlatib qo‘yiladi, mahalliy hokimiyat organlari yoki favqulodda
vaziyatlar boshqarmalari esa yuzaga kelgan tahdidning xarakteri, ko‘lami,
shuningdek, bunday sharoitda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi
tavsiyalarni berishi kerak.
Ishonchli va barqaror aloqa, shuningdek, haqqoniy axborot aholi muho-
fazasini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlari
zanjiridagi asosiy bo‘g‘inlardan biridir.
Xabar berish samarali muhofaza usuli bo‘lib, uning o‘rni beqiyosdir.
Bekorga ogohlantirilgan inson yarim qutqarilgan inson deyishmaydi.
4.2. Nafas olish a’zolari va terini himoya
qilish vositalari
Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga filtrlovchi gazniqob,
respiratorlar, changga qarshi matoli niqob, dokali niqoblar kiradi. Nafas
olish a’zolarini eng ishonchli himoya qiluvchi vosita gazdan himoyalovchi
niqobdir, chunki u nafas olish a’zolarini radioaktiv, zaharlovchi moddalar
va bakterial vositalardan himoya qiladi.
12-rasm.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joydan xabar olish.


40
Gazdan himoyalanish niqobining himoya qilish ta’siri nafas olish
a’zolari, yuz va ko‘zlarni tashqi muhitdan to‘liq izolatsiya qilishga asoslangan.
Foydalanish uchun qulay va oddiy niqoblardan biri GP-5 gazdan himoya-
lanish niqobidir (13-rasm).
Bu niqob yengil bo‘lib, uning shlem-maskasi boshni yaxshi himoya
qiladi. Shlem-maska tanlash uchun bosh ikki marta o‘lchanib, natijasi bir-
biriga qo‘shiladi. Natijalar yig‘indisi 92 sm dan kam bo‘lsa, 0-o‘lchamli;
92—96 sm bo‘lsa, 1-o‘lchamli; 96—98 sm bo‘lsa, 2-o‘lchamli; 99—102,5 sm
bo‘lsa, 3-o‘lchamli; 102,5 sm dan katta bo‘lsa, 4-o‘lchamli shlem olish
kerak.
Ishlatilishiga ko‘ra barcha gazniqoblar filtrlovchi va izolatsiyalovchi
turlarga bo‘linadi. Ularning bir-biridan farqi shundaki, filtrlovchi gazniqob
nafas olish organlari, ko‘z va yuz terisini izolatsiyalovchi gazniqob esa
quruqlik va suvda ishlash uchun mo‘ljallangan.
Sharoitga qarab gazdan himoyalanish niqobi har xil vaziyatlarda osib
yuriladi. Agar dushmanning bevosita hujum xavfi bo‘lmasa, gazdan
himoyalanish niqobi «Dala» holatida chap yonga osib yuriladi. «Havo xavfi»
xabari yoki 

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin