1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Terini himoya qilish vositalari.
Radioaktiv, kimyoviy va bakterial
zaharlangan joylarda nafas olish organlari va ko‘zlarnigina emas, balki
butun tanani ham himoya qilish zarur. Biz kundalik hayotimizda
foydalanadigan odatdagi kiyim-bosh zaharlanishdan saqlay olmaydi. Buning
uchun terini himoya qiladigan turli vositalar, badanning teri qoplamiga,
kiyim-bosh, poyabzalga radioaktiv va zaharlovchi moddalar hamda bakterial
vositalarning tushishidan saqlovchi vositalar ishlatiladi.
Terini himoya qilish vositalari vazifasiga ko‘ra maxsus (tabel) vositalar va
qo‘lda mavjud vositalarga bo‘linadi.
Himoyalanishning tabel vositalaridan fuqaro himoyasi tuzilmalarining
shaxsiy tarkibi zaharlangan joyda ishlash vaqtida foydalaniladi.
Tabel vositalari jumlasiga himoyalanish kombinezoni (shimli kalta
kamzul), L-1 yengil himoyalanish kastumi, himoyalanish etigi va
qo‘lqopi, fartuk kiradi. Bu vositalar sanoatda plyonka hosil qiluvchi
14-rasm. a
— changga qarshi paxta-dokali niqob;
b
— ñhangga qarshi materiallardan tayyorlangan niqob.
à
b


44
sintetik moddalar (to‘qimaning 1 yoki 2 tomonga singdirilgan kauchuk
sun’iy qatronlar, oqsil moddalar, plastik massalar va boshqalar)dan
tayyorlanadi, bular havoni umuman o‘tkazmasligi bilan birga, o‘ziga
tushgan zaharli modda tomchilari va yuklaridan puxta himoya qiladi.
Butun badanni tashqi muhitdan izolatsiya qilish uchun terini himoya
qilish vositalaridan kompleks tarzda foydalaniladi (masalan, kombinezon,
himoyalanish etigi va qo‘lqopi bilan birga kiyiladi). Himoyalanishning tabel
vositalari
himoyalanish kiyimlari
deb ataladi.
15-rasm.
L-1 yengil himoya kastumi:
1
— paypoqlar va shim; 
2
— shlem osti kiyimi; 
3
— kapyushonli ko‘ylak;
4
— ikki barmoqli qo‘lqoplar; 
5
— kastum saqlanadigan xalta.
O‘ngda «Jangovar» holatidagi himoya kastumi.
5
4
3
2
1
16-rasm: 1
— himoya komplekti; 
2
— L-1 yengil himoya kastumi;
3
— himoyalanish kombinezoni; 
4
— filtrlovchi kiyim.
1
2
3
4


45
Himoyalanish kombinezoni (shimli kalta kamzul) kuchli zaharlangan
joylarda ishlashda, rezina etik, qo‘lqop va qalpoqcha (kapyushon) bilan birga
kiyib olinadi. Kombinezonlar va shimli kalta kamzullar rezinalangan
to‘qimalardan tayyorlanadi. Kombinezonning og‘irligi 3,5 kg, etik va
qo‘lqoplar bilan birgalikdagi og‘irligi esa 6 kg ga yaqin.
Yengil himoya kastumi rezinalangan elastik to‘qimadan tayyorlanadi.
Bu kastum qalpoqchali ko‘ylak, paypoqli shim, ikki barmoqli qo‘lqop va
shlem ostidan iborat. Komplektga kastumni solib yurish uchun sumka va
zaxira qo‘lqop ham kiradi.
Zaharlanish xavfi tug‘ilganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi signal beril-
gach, gazdan himoyalanish niqobi taqilib, yoqa ko‘tariladi, qalpoqcha
(kapyushon) va qo‘lqop kiyiladi.
4.3. Aholini muhofaza qilishning muhandislik
vositalari (pana joylar)
Aholini radiatsiyadan muhofazalash uchun turli xildagi inshootlar
mavjud. M uhofaza inshootlari aholini muhofazalovchi ishonchli
vositadir. Bu inshootlar aholini turli favqulodda vaziyatlardan hamda
ommaviy qirg‘in qurollarining ta’sir etish omillaridan saqlaydigan
boshpana hisoblanadi.
Muhofazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga ko‘ra, pana va
radiatsiyaga qarshi pana joylarga bo‘linadi. Bunday inshootlar quyidagi
xususiyatlardan kelib chiqqan holda quriladi:
1. Yo‘nalishga ko‘ra — fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini
joylashtirishga mo‘ljallangan.
2. Joylashgan o‘rniga ko‘ra — alohida joylashgan (metropolitenlar va
tog‘-kon qurilishlari).
3. Qurilish muddatiga ko‘ra — boshpana RSB (radiatsiyadan saqlovchi
boshpana) va oddiy boshpanalar.
Pana joylar — bu maxsus inshoot bo‘lib, u yashiringan odamlarni
yadroviy portlashdan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan,
shuningdek, yuqori harorat, yong‘in paytida zaharli gazlardan muhofaza
qiladi (17-rasmda pana joy rejasi ko‘rsatilgan).
Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga qarab besh guruhga
bo‘linadi. Kichik hajmdagi boshpana 150—300 odamni, o‘rtacha boshpana
360—600, katta boshpana esa 600 dan ko‘p odamni qabul qiladi.


46
Pana joylar asosiy va yordamchi binolardan iborat. Asosiy binoda
yashirinuvchilarni joylashtirish joyi va ikki yoki uch qavatli so‘ri mavjud.
Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‘i, havoni tozalab
almashtirib beruvchi kamera va sig‘imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi,
oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezian quduq va dizelli elektr stansiyasi
uchun xona mavjud.
Saqlanuvchi joyda, qoidaga muvofiq, kamida ikkita kirib-chiqish
eshiklari, kichik pana joylarda kirish va avariya vaqtida chiqadigan eshiklar
bo‘ladi.
Ofat yuz berganda, qo‘shimcha eshiklardan narvon bilan yoki shunday
ko‘chaga chiqish mumkin. Halokat paytida eshiklardan yerosti yo‘llari
orqali shaxtaga chiqiladi. Ko‘p o‘rinli (300 dan ortiq odam) inshootlarda
quriladigan eshiklarning bittasiga shluzli dahliz, zararlangan havodan
muhofaza qilinadigan sirtqi va ichki shamol kirmaydigan eshiklar bilan
jihozlanadi.
Havo tozalash tizimi havoni changlardan tozalovchi va havoni tozalab
almashtiruvchi tartibda ishlaydi.
Pana joyning energiya, suv isitish, kanalizatsiya tarmoqlari tashqi
tarmoqqa ulangan. Ular shikastlanganda pana joylar ko‘chirma elektr
fonarlar, suv zaxiralari, chiqindilar uchun idishlar bilan ta’minlangan.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin