1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

parranda grippidir.
Bu, ayniqsa, inson va uy tovuqlari uchun juda xavfli kasallik bo‘lib, o‘limga
olib kelishi mumkin.
Virusning tabiiy manbayi suvda suzuvchi yovvoyi parrandalardir. Virus
tashuvchilar esa yovvoyi qushlar va kalamushlar hisoblanadi.
Parrandalar zararlanishi suv va oziqa orqali ro‘y beradi, chunki qushlarda
virus najas bilan birga tashqariga chiqadi.
Odamga virus qushlarning go‘shti, ichak-chovog‘i, patlari, tuxumi,
najasi, so‘ng iflos qo‘llar, ovqat, suv yoki chang bilan birga og‘iz yoki burun-
ga kirishi mumkin.
Parranda griðpidan muhofazalanish tadbirlariga quyidagilar kiradi:
— parrandalarni yopiq sharoitda parvarishlashga o‘tkazing (ularning
yovvoyi qushlarga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymang);
— yovvoyi qushlar (qarg‘alar, maynalar, chumchuqlar) kushxonalar
ichiga kirib ketishi va ularning oziqalariga yaqinlashishiga imkon bermaslik
uchun barcha mavjud yo‘llarni yopib tashlang;
— kalamushlarni yo‘q qiling;
— qushlar najasini yer ostiga kamida 0,5 metr chuqurlikka ko‘ming;
— yig‘ishtirish ishlarini dokali niqob yoki respirator taqib, qo‘lqop, bosh
kiyimi kiyib yoki ro‘mol o‘rab, ishchi kiyim va poyabzalda bajaring;
— yig‘ishtirish ishlari yakunlanganidan so‘ng ishchi kiyim va poyabzalni
sovun bilan yuving, quyosh nurlari ostida quriting, qo‘llaringiz va yuzingizni
puxtalik bilan yuving yoki cho‘miling.
Yodda saqlangki, parranda griðpi holatlari uy qushlari orasida ro‘y
bergan vaziyatda, infeksiya yanada keng tarqalib ketishini to‘xtatish va
odamlar zararlanishining oldini olishning yagona usuli butun aholi yashay-
digan joyda mavjud bo‘lgan barcha vaksina bilan emlanmagan parrandalarni
butunlay yo‘q qilishdan iboratdir.
Bolalar, keksalar, homilador ayollar va immuniteti kuchsiz insonlarni
himoya qilish uchun ularni oddiy griðpga qarshi vaksina bilan emlash kerak.


53
Vaksina griðpdan himoya qiladi va parranda griðpining og‘ir shakllari paydo
bo‘lishi xatarini kamaytiradi.
Juft tuyoqli yovvoyi va uy hayvonlarining xavfli, o‘tkir kechuvchi virusli
kasalliklaridan biri oqsim (ruscha ÿùóð)dir. Kasallikka qoramol va
cho‘chqalar yuqori darajada, qo‘y, echki va yovvoyi juft tuyoqli hayvonlar
esa kamroq moyil.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, oqsim kasalligi haqida 1546-yilda italyan
olimi J.Frakastoro ma’lumot bergan, uning filtrlanuvchi virus ekanligini
esa1898-yilda nemis olimlari Lyoffler va Frosh aniqlashgan.
Oqsim hayvonlarning chegara bilmas kasalliklari orasida eng ko‘p
uchraydigan va katta iqtisodiy hamda ijtimoiy zararlar keltiradigan yuqumli
kasallik hisoblanadi. Kasallik har xil geografik mintaqa va iqlimga qaramay,
qisqa muddatda uzoq masofalarga tez tarqalish xususiyatiga ega.
Hayvonlarda kasallikning klinik belgilari burun, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
pardalarida, tilda, tuyoq oralig‘i va yelinda pufakchalar paydo bo‘lishi,
so‘ngra ular yorilib eroziyalarga aylanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Oqsim kasalligi tarqalgan hududlarda mavjud yosh hayvonlarning
60—80% gachasi nobud bo‘ladi.
Oqsim quyidagi holatlarda juda tez va keng tarqalishi mumkin:
— kasal yoki kasallikdan tuzalgan, biroq virus tashuvchi bo‘lib qolgan
hayvonlar sog‘lom mollar bilan birga boqilsa, kasallik tarqalmagan joylar,
go‘sht kombinatlari, hayvon bozorlari va ko‘rgazmalariga kiritilsa;
— virus bilan zararlangan sut yoki yog‘sizlantirilgan sut yosh mollarga
berilsa;
— nosog‘lom hududdagi yaylovlarda sog‘lom mollar boqilsa yoki ulardagi
suv manbalari va binolaridan foydalanilsa;
— nosog‘lom hududdan yem-xashak va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsu-
lotlari yoki kasallikka moyil bo‘lmagan ot, eshak, daydi it, mushuk va h.k.lar
sog‘lom hududlarga kirib kelsa;
— biologik xavfsizlik choralariga amal qilinmaganda, veterinariya
mutaxassislari o‘z kiyimlari va qurollarini dezinfeksiya qilmaganda.
Oqsim kasalligining oldini olish uchun hayvonlarni ommaviy va majburiy
emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish, biologik
xavfsizlik choralariga amal qilish, chorva mollari va mahsulotlarining harakati
ustidan doimiy nazorat yuritish kabi kompleks tadbirlarni amalga oshirish
talab etiladi.


54
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yem-xashak va suvni zararlanishlardan
muhofaza qilish uchun nazorat ishlari olib boriladi. Rejalashtirilgan tartib
bo‘yicha maxsus asboblar bilan hayvonlarga beriladigan suv tozaligi va
yaylovlardagi o‘simliklarning holati tekshiriladi. Reja bo‘yicha dezinfeksiya
ishlari olib boriladi.
Masalan, havo kemalari aerodromdan havoga ko‘tarilayotganda ulardan
ajralayotgan yoqilg‘i moddalari yerga tushib, atrofni zaharlaydi, o‘simliklarga
ziyon keltiradi. Yem-xashak va suv orqali hayvonlarning ichiga kirgan zaharli
moddalar esa kasallikka olib keladi.
Epifitotik favqulodda vaziyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining om-
maviy nobud bo‘lishi, hosildorlikning pasayishi bilan kechuvchi omma-
viy kasallik va o‘simlik zararkunandalari sonining keskin ko‘payishi
kuzatiladi. Bunday kasallik va zararkunandalarga quyidagilarni misol qilib
keltirish mumkin

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin