1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

17-rasm.
Pana joy rejasi:
1
— havo o‘tkazmaydigan himoya eshigi; 
2
— shluzli kamera; 
3
— sanitar xonasi;
4
— odamlarni joylashtiradigan asosiy zal; 
5
— avariya paytida chiqish yo‘li;
6
— havoni tozalab, shamollatish xonasi; 
7
— oziq-ovqat saqlanadigan ombor;
8
— tibbiyot xonasi.
2
1
3
4
5
6
2
1
7
8


47
Bulardan tashqari, tekshirish va nazorat qilish majmuyi, muhofaza
kiyimlari, yong‘inni o‘chiruvchi moslama tayyor holatda saqlanadi.
Aholi pana joylarga joylashganda u yerda quyidagilar taqiqlanadi:
— zaharlovchi moddalarning dog‘i, izlari mavjud kiyimlar bilan kirish;
— radioaktiv zaharlanish sodir bo‘lganda zaharlangan kiyim bilan kirish;
— poyabzaldagi chang va loy, qor bilan kirish;
— chekish, to‘polon qilish;
— ruxsatsiz kerosinli lampalarni yoqish;
— sham, tez alangalanuvchi moddalardan foydalanish;
— hayvonlarni olib kirish;
— yosh bolali onalar, kasallar alohida ajratilgan joylarga joylashtiriladi.
18-rasm.
Bino tagida joylashgan pana joy.
19-rasm.
Alohida joylashgan pana joy.


48
4.4. Radiatsiyadan yashirinish joylari, yerto‘la va boshqa
joylarni muhofaza inshootlariga moslashtirish
Turli radiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish
uchun mavjud inshoot-boshpanalar qurilishiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) odamlarni uch sutkadan kam bo‘lmagan muddatga saqlash;
2) suv bosmaydigan joylarga qurish;
3) oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish
kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;
4) chiqish va kirish eshiklari bo‘lishi.
Radiatsiyadan yashirinish joylarini, yerto‘la va boshqa joylarni to‘ldirish
tartibi oldindan ishlab chiqiladi va tasdiqlangan reja bo‘yicha amalga
oshiriladi. Har bir vaziyatda vahimaga tushmasdan, ko‘rsatilgan joyga borib,
joylashib, belgilangan qoida bo‘yicha harakatlanish lozim.
Radiatsiyaga qarshi pana joylar radioaktiv (ifloslanish) zaharlanishida
odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan
tashqari, to‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlari, o‘tib kiruvchi radiatsiya, neytron
oqimi, teri va kiyimga radioaktiv moddalar tushishi, zaharli moddalar,
bakteriyali vositalardan muhofazalaydi. Ko‘p qavatli binolarning yerto‘la-
larida radiatsiyadan saqlanish uchun joy tayyorlasa bo‘ladi.
Muhofazalovchi pana joylarni tayyorlashda yig‘ma temir-beton
vositalari, g‘isht, yog‘och materiallar, toshdan foydalanish mumkin.
Radiatsiyadan saqlanishda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega
bo‘lgan yerto‘lalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar, yer ustidagi
20-rasm.
Radiatsiyaga qarshi pana joy.


49
binolardan foydalaniladi. Barcha eshik, derazalar mahkamlanadi, eshiklar
kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zich qilib yopiladi. Pana joyga (30 odamga
mo‘ljallangan bo‘lsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatgich va so‘ruvchi quti
qo‘yiladi.
So‘ruvchi quti shamollatgichdan 1,5—2 m yuqorida qo‘yiladi.
Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga
qopqoqcha qilinadi. Pana joylarda suv va kanalizatsiya bo‘lmasa, bir kecha-
kunduzga har bir odam uchun 3—4 litr suv, hojatxona, axlat to‘kiladigan
o‘ra, so‘ri, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi. Yog‘ochdan tiklan-
gan uylar radiatsiya koeffitsiyentini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar
800, jihozlanmagan yerto‘la 7—12, jihozlangan yerto‘la 350—400 marta
kamaytiradi.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin