1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Nazorat savollari
1. Nafas olish a’zolarini himoya qilish vositalariga nimalar kiradi? Ularning
himoya qilish xossalari nimalarga asoslangan?
2. Terini himoya qilish vositalariga misollar keltiring. Ular nimalardan
tayyorlanadi?
3. Aholini radiatsiyadan himoya qilish uchun qanday inshootlar ko‘zda tutil-
gan? Ular qanday jihozlanadi va quriladi?
4. Epizootik va epifitotik favqulodda vaziyatlar deganda nimani tushunasiz?
5. Qutqaruv ishlarini tashkil etish va o‘tkazish asoslari nimalardan iborat?
6. Odamlar qanday yo‘llar bilan sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi?
7. Evakuatsiya qaysi organlar tomonidan amalga oshiriladi.


70
II BO‘LIM.
SAF TAYYORGARLIGI
1
-bob.
QUROLSIZ BAJARILADIGAN
SAF AMALLARI VA HARAKATLARI
1.1. Joyda turganda va qurolsiz harakat qilganda
harbiycha salom berish
Bosh kiyimsiz salomlashish. 
Harbiycha salom berish aniq, mardona,
qadni rostlash va harakat qilish qoidalariga rioya qilgan holda bajariladi.
Bosh kiyimsiz, safdan tashqarida va boshliq (unvoni katta kishi)dan uch-
to‘rt qadam narida turgan vaqtda harbiycha salom berish uchun qad
rostlanadi, boshliq (unvoni katta)ning yuziga qarab, bosh u ketayotgan
tomonga buriladi.
Bosh kiyim kiyilganda salomlashish.
Agar bosh kiyim kiyilgan bo‘lsa,
o‘ng qo‘lni eng oson (qisqa) yo‘l bilan bosh kiyimga (chakkaga) shunday
tekkizish kerakki, unda barmoqlar jips, kaft to‘g‘ri bo‘ladi, o‘rta barmoq bosh
kiyimning quyi qismiga (soyabon yoniga) (chakkaga) tegadi, tirsak esa yelka
chizig‘i va balandligida bo‘ladi (30-rasm), bosh boshliq (unvoni katta) tomon
burilganda, qo‘lning bosh kiyim (chakkaning) yonidagi holati o‘zgarmaydi
(31-rasm).
30-rasm.
Joyida turib, harbiycha
salom berish.
31-rasm.
Harakat paytida
harbiycha salom berish.


71
Boshliq (lavozimi katta) harbiychasiga salom berayotgan harbiy
xizmatchining yonidan o‘tib ketayotganda, boshini to‘g‘ri tutib, shu vaqtning
o‘zida qo‘lni tushirishi kerak.
Safdan tashqaridagi bosh kiyimsiz harakat chog‘ida harbiycha salom
berish.
Safdan tashqaridagi bosh kiyimsiz harakat chog‘ida harbiycha salom
berish uchun boshliqqa uch-to‘rt qadam qolganda oyoqni yerga qo‘yish bilan
bir vaqtda qo‘llar harakati to‘xtatiladi, bosh boshliq (unvoni katta) tomon
buriladi, uning yuziga qarab, harakat davom ettiriladi. Boshliq (unvoni
katta)ning yonidan o‘tib bo‘lgandan so‘ng, bosh to‘g‘ri tutilib, qo‘llar
harakati davom ettiriladi.
Safdan tashqaridagi bosh kiyim kiyilgan paytda harakat chog‘ida
harbiycha salom berish.
Safdan tashqaridagi bosh kiyim kiyilgan paytda
oyoqni yerga qo‘yish bilan bir vaqtda o‘ng qo‘lning uchi bosh kiyimga
(chakkaga) taqaladi, chap qo‘l esa yonboshga tekkizilib, harakatsiz ushlab
turiladi; boshliq (unvoni katta)ning yonidan o‘tib bo‘lgach, bir vaqtning
o‘zida chap oyoq yerga tegishi bilan bosh to‘g‘ri tutilib, o‘ng qo‘l pastga
tushiriladi.
Safdan tashqaridagi boshliq (unvoni katta)ni quvib o‘tishga to‘g‘ri kelib
qolganda harbiycha salom berish. 
Boshliq (unvoni katta)ni quvib o‘tishga
to‘g‘ri kelib qolganda, undan bir qadam o‘zish bilanoq, harbiycha salom
beriladi. Ikki qadam o‘zgach, boshni to‘g‘ri tutib, o‘ng qo‘l pastga tushiriladi.
Agar harbiy xizmatchining qo‘llari yuk bilan band bo‘lsa, boshni boshliq
(unvoni katta) tomon burish bilan harbiycha salom beriladi.
1.2. Safdan chiqish va safga qaytish. Boshliqning oldiga
borish va uning oldidan ketish
Harbiy xizmatchi safdan chiqishi uchun 

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin