1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Evakuatsiya
— bu tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat yuz
bergan yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hududlardan
aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqish hamda uni
vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuyi.
Evakuatsiya:
— o‘tkazish vaqtiga ko‘ra: oldindan o‘tkaziladigan; shoshilinch (kechik-
tirib bo‘lmaydigan);
— favqulodda vaziyat ko‘lami va evakuatsiya qilinadigan aholi soniga
ko‘ra: lokal; mahalliy; mintaqaviy;
— aholini qamrab olishiga ko‘ra: umumiy; qisman turlarga bo‘linadi.
28-rasm.
Aholini evakuatsiya qilish mashqlari.
3 – 149


66
Cheklangan evakuatsiya 
(lokal) favqulodda vaziyat manbayi ehtimoliy
shikastlovchi omillarining ta’sir maydoni alohida shahar mavzelari yoki
qishloq aholi manzilgohlari chegarasidan chiqmay, ko‘chiriladigan aholi soni
bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‘tkaziladi.
Mahalliy evakuatsiya 
favqulodda vaziyat hududiga o‘rtacha kattalikdagi
shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari tushib
qolgan hollarda o‘tkaziladi. Bunda ko‘chiriladigan aholi soni bir necha
mingdan o‘n minglab kishiga yetishi mumkin.
Mintaqaviy evakuatsiya 
shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga
yoyilib, yirik shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan
bir yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olgan hollarda amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyat hududida qolgan va evakuatsiya qilinadigan aholi
soniga ko‘ra evakuatsiya ikki turga ajratiladi:
Umumiy evakuatsiya 
favqulodda vaziyat hududidan aholining barcha
toifasi olib chiqilishini nazarda tutadi.
Qisman evakuatsiya 
favqulodda vaziyat hududidan mehnatga layoqatsiz
aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, oliygoh o‘quvchi
va talabalari olib chiqilishi zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Odamlar hayoti va salomatligi uchun xavf mavjud ekanligi aholini
evakuatsiya qilish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Evakuatsiya o‘tkazish haqidagi qarorga kelish huquqiga hududida
favqulodda vaziyat yuz bergan yoki prognoz qilinayotgan hokimliklar,
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari (fuqaro muhofazasi
boshliqlari) ega.
Favqulodda vaziyat ko‘lami va evakuatsiyaning muddatiga ko‘ra u
shoshilinch va oldindan o‘tkaziladigan bo‘lishi mumkin.
Kechiktirmay qaror qabul qilish talab qilinadigan hollarda lokal
xarakterga ega shoshilinch evakuatsiya xavf ehtimoli bor obyektning
navbatchi dispetcherlik xizmati boshlig‘i ko‘rsatmasiga binoan o‘tkazilishi
ham mumkin.
Aholi evakuatsiyasini ta’minlash rejalari tegishli doimiy faoliyat yurituv-
chi boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Aholi evakuatsiyasi ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy tamoyilga
muvofiq rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyil 
favqulodda vaziyat hududidan ishchilar,
xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar


67
bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan
aholini yashash joyidan transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Hududiy tamoyil 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band
bo‘lmagan aholini yashash joyidan mahalla qo‘mitalari orqali olib chiqishni
ko‘zda tutadi.
Ayrim hollarda evakuatsiya hududiy tamoyil asosida, ya’ni evakuatsiya
e’lon qilingan vaqtda bevosita aholi qayerda bo‘lsa, o‘sha yerdan amalga
oshiriladi.
Aholini favqulodda vaziyat hududidan evakuatsiya qilish har bir holda
favqulodda vaziyatning yuzaga kelish va rivojlanish sharoitlari, shikastlovchi
omillar ta’sirining xarakteri va hudud vaqt ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Favqulodda vaziyat xavfi to‘g‘risida ishonchli prognoz olinganidan so‘ng
tayyorgarlik tadbirlari o‘tkaziladi. Bundan maqsad favqulodda vaziyat
hududidan aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqib ketish
uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishdir. Ular qatoriga:
— evakuatsiya organlarini shay holatga keltirish va ish tartibini
aniqlashtirish;
— evakuatsiya qilinadigan, jumladan, transportda va piyoda evakuatsiya
qilinadigan aholi sonini aniqlash va ularni piyoda yo‘nalishlariga biriktirish;
— evakuatsiya yo‘nalishlarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsat-
kichlarini o‘rnatish, to‘xtash joylarini jihozlash;
— yig‘ma evakuatsiya punkti, transportga chiqarish-tushirish punktlarini
tayyorlash;
— xabar berish va aloqa tizimlari shayligini tekshirib ko‘rish;
29-rasm.
Aholini evakuatsiya qilingan hududga joylashtirish mashqlari.


68
— mavjud muhofaza inshootlarini shay holatga keltirish kiradi.
Evakuatsiya o‘tkazish to‘g‘risida xabar olingandan so‘ng quyidagi tadbirlar
amalga oshiriladi:
— evakuatsiya organlari, korxona, tashkilot rahbarlariga, shuningdek,
aholiga evakuatsiya boshlangani va o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida xabar berish;
— evakuatsiya organlarini yoyish va shay holatga keltirish;
— xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadigan aholini yig‘ish va
jo‘natishga tayyorlash;
— piyoda kolonnalarini shakllantirish va boshlang‘ich punktlarga olib
chiqish, transportlarga chiqarish joylariga transport vositalarini keltirish va
aholini chiqarish;
— evakuatsiya qilingan aholini avvaldan hayot faoliyatining birinchi
navbatdagi turlari ta’minlab qo‘yilgan xavfsiz joylarda qabul qilib olish va
joylashtirish.
Zilzilada
evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Evakuatsiya o‘tkazish muddati yo‘l-transport imkoniyatlari bilan aniqlanadi.
Evakuatsiya ishlab chiqarish-hududiy tamoyil asosida bitta bosqichda zarar
ko‘rgan hududlarda yig‘ma evakuatsiya punktlarini yoyish orqali amalga
oshiriladi.
Radioaktiv zararlanishda 
evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy tarzda,
hududiy tamoyil asosida, ayrim obyektlar (bolalar uylari, psixonevrologik
tibbiyot muassasalari, internat va h.k.)larni istisno qilgan holda o‘tkaziladi.
Evakuatsiya 2 bosqichda: 1-transportga chiqqan joydan oraliq evakuatsiya
punktlarigacha; 2-oraliq evakuatsiya punktidan rejadagi joylargacha
o‘tkaziladi. Oraliq evakuatsiya punktida «toza transport»ga o‘tkazish amalga
oshiriladi.
Kimyoviy avariyada bevosita iqtisodiyot obyekti yaqinida yashovchi aholi
vaqt tanqisligi bois, odatda, xavfli hududdan olib chiqib ketilmaydi, aksincha,
pana joylarda va germetiklangan xonalarda berkinadi.
Seldan xavfli hududlardan evakuatsiya sel oqimi shakllanishi xavfi yuzaga
kelganida, shakllanayotgan davrda, alohida hollarda sel oqimi to‘xtaganidan
so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
Xabar berish oldindan (prognoz bo‘yicha) yoki sel boshi signal ustunidan
o‘tganidan so‘ng beriladi.
Qor ko‘chkisi xavfi mavjud hududlardan evakuatsiya qor ko‘chkisi
tushishi xavfi yuzaga kelganida, ular tushishi to‘xtaganidan so‘ng (hayotiy


69
ta’minot obyektlari vayron bo‘lganida) o‘tkaziladi. Evakuatsiya hududiy
tamoyil asosida tashkil etiladi va rejali xarakterga ega bo‘lishi, buning iloji
bo‘lmagan hollarda shoshilinch bo‘lishi lozim.
Halokatli suv bosishlari va suv toshqinlarida evakuatsiya gidrotexnik
inshoot yorilganda yoki suv havzalaridagi suv sathi oshganda, shuningdek,
suv obyektlari va hayotiy ta’minot tizimlari ishdan chiqqanida o‘tkaziladi.
Evakuatsiya lokal yoki mahalliy xarakterga ega bo‘lib, oldindan o‘tkaziladigan
evakuatsiyada yig‘ma evakuatsiya punktlari (ishlab chiqarish hududiy
tamoyilida) yoyiladi. Vaqt tanqis bo‘lgan hollarda esa evakuatsiya hududiy
tamoyil asosida 1 yoki 2 bosqichda oraliq evakuatsiya punktlarini yoyish yo‘li
bilan o‘tkaziladi.
Aholi evakuatsiyasini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish bevosita
shaharlar, tumanlar va viloyatlarning evakuatsiya organlari, davlat organlari,
favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlariga yuklatiladi. Evakuatsiya
organlariga:
— evakuatsiya komissiyasi (EK);
— qabul qilish evakuatsiyasi komissiyalari (QQEK);
— yig‘ma evakuatsiya punktlari (YEP);
— qabul qilish evakuatsiya punktlari (QQEP);
— oraliq evakuatsiya punktlari (OEP);
— piyoda evakuatsiya yo‘nalishlarini boshqarish guruhlari;
— evakuatsiya qilinadigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor
guruhlari kiradi.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin