3
KIRISH
Ozbekiston Respublikasining Qurolli
Kuchlarida olib borilayotgan
islohotlarni davom ettirib, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev: «Kozlangan
strategik maqsadlarga yetishishda va ularni hayotga toliq tatbiq etishda har
tomonlama va puxta tayyorlangan, oz
Vataniga sodiq, yuksak kvalifi-
katsiyali harbiy kadrlarni tarbiyalash, davlat
tomonidan ularning ijtimoiy
himoyasini kafolatlash hal qiluvchi va asosiy omildir. Shu bois respub-
likaning hamma oquv muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi togrisidagi
fanlarni tatbiq qilish va kuchaytirish boyicha amaliy ishlar boshlandi» deya
takidlab otdi.
Qolingizdagi ushbu kitob 10-sinflar uchun nashr qilingan «Chaqiruvga
qadar boshlangich tayyorgarlik» darsligining davomi bolib, 11-sinflar
uchun tuzilgan dastur asosida tayyorlangan. Kitob quyidagi bolimlardan
iborat: 1-bolim: Fuqaro muhofazasi. Hayot xavfsizligi asoslari. Xavfsizlik va
favqulodda vaziyatlarda inson muhofazasi; 2-bolim: Saf tayyorgarligi;
3-bolim: Harbiy
xizmatning huquqiy asoslari; 4-bolim: Harbiy ish
asoslari; 5-bolim:
Otish tayyorgaligi; 6-bolim: Amaliy harbiy-jismoniy
tayyorgarlik; 7-bolim: Tibbiy bilim asoslari.
Darslikda harbiy sohaga oid buyruq, qaror, nizom, oquv qollanma va
boshqa oquv adabiyotlaridan keng foydalanilgan.
Oquvchilarga darslikdagi mavzular mazmunini ozlashtirish oson bolishi
uchun unda fotomalumotlar, chizmalardan foydalanilgan.
Har bir bob
songida mavzuni ozlashtirish darajasini aniqlash maqsadida nazorat savollari
berilgan.
«Chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik» fani kimyo, fizika, jismoniy
tarbiya kabi fanlar bilan uzviy boglangan bolib, bu oquvchilarning kelajakda
Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatga chaqirilgan
paytlarida oz konstitutsiyaviy burchlarini ado etishga yordam beradi.
Yoshlarga harbiy talim berishda ularga qoshinlarning oquv-jangovar
faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar
va amallarni harbiy qism-
lardagiga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda orgatish nazarda tutiladi. Bu
mashqlarni kop marotaba takrorlash natijasida yoshlarda zaruriy harbiy
bilim va konikma yuzaga keladi.