FUQARO MUHOFAZASI. HAYOT XAVFSIZLIGI
ASOSLARI. XAVFSIZLIK VA FAVQULODDA
VAZIYATLARDA INSON MUHOFAZASI
1-bob.
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI
OLISH VA HARAKAT QILISH YAGONA
TIZIMINI TASHKIL ETISH
1.1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimi (FVDT)
Mustaqillikka erishganimizdan song, xalqimiz tinch va farovon hayot
kechirishi uchun qabul qilingan qonunlar asosida respublikamizning barcha
idoralari, oquv yurtlari va muassasalarida tegishli tadbirlar otkazilmoqda. Bu
ishlarning ichida fuqaro muhofazasi masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
Ushbu muhim vazifani hayotga tatbiq etish maqsadida Ozbekiston
Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasida Favqulodda
vaziyatlar vazirligini tashkil etish togrisida»gi Farmoni elon qilindi va
shunga muvofiq ravishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
Vazirlikning asosiy vazifalariga aholi va xalq xojaligi obyektlarini tabiiy
ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada
tabiiy va texnogen vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini
bartaraf etish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va
harakat qilish yagona tizimini tashkil etish kiradi. Ushbu maqsadda
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ozbekiston Respublikasi
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini
yanada takomillashtirish togrisida»gi qarori qabul qilingan.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi
odamlar qurbon bolishi, ularning sogligi yoki atrof-tabiiy muhitga zarar
yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot
faoliyati sharoitining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bolgan yoki olib
kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyatni; favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, say-
5
harakatlari majmuyini; oldindan otkazilib, favqulodda vaziyatlar roy
berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roy bergan
taqdirda esa, odamlar sogligini saqlash, atrof-tabiiy muhitga yetkaziladigan
zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar
majmuyi; favqulodda vaziyatlar roy berganda otkazilib, odamlar hayoti
va sogligini saqlash, atrof-tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy
talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar roy
bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar tasirini tugatishga qaratilgan
avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bolmaydigan boshqa ishlarni oz
ichiga oladi.
FVDT vazifalari, tuzilishi, darajalari, boshqarish va muvofiqlash-
tirish organlari.
FVDT boshqaruv organlari, davl at va xojalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda
vaziyatlarda aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish
vakolatiga kiradigan boshqa tashkilotlarning kuch va vositalarini
birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf
etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular
yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza
qilishni hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni
kamaytirishni taminlaydi.
Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, meyoriy-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; respublika hududidagi mumkin
bolgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini baholash; favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar
xavfsizligini taminlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning
tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar
faoliyat korsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va
kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf
etish uchun moljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini
taminlash; aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasidagi axborotlarni yigish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va
vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini
6
yaratish; aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; favqulodda vaziyatlardan zarar korgan
aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; aholi va
hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning,
shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va
majburiyatlarini amalga oshirish; aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlar-
dan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish; vujudga kelishi
mumkin bolgan favqulodda vaziyatlardan sugurta qilishning maqbul tizimini
taminlash FVDTning asosiy vazifalarini hisoblanadi.
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat hamda tarkibida
axborot-boshqaruv tuzilmasi faoliyat korsatadigan respublika, mahalliy va
obyektlar miqyosidagi uch darajaga ega.
FVDTning har bir darajasi quyidagilardan iborat:
FVDT rahbar organlari;
FVDT kundalik boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy
resurslar zaxiralari;
xabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va axborot bilan tamin-
lashning avtomatlashtirilgan tizimlari.
FVDTning hududiy quyi tizimlari oz mamuriy hududlari doirasida
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun
Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi
hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar
miqyosidagi boginlardan iborat boladi.
FVDTning funksional quyi tizimlari davlat va xojalik boshqaruvi
organlari, boshqa tashkilotlar va obyektlarda atrof-tabiiy muhit va yuqori
darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish,
shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati
bilan bogliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat
nazorati organlari, kuch va vositalaridan iborat boladi.
FVDT xizmatlari, davlat nazorati organlari hamda kuzatish va
nazoratning boshqa tashkilotlari, FVDT funksional quyi tizimlari
favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarining vazifalari, ularni
7
tashkil etish hamda tarkibi davlat va xojalik boshqaruvi organlari,
shuningdek, boshqa tashkilotlarning atrof-tabiiy muhitning holatini
kuzatish va nazorat qilish sohasidagi funksiyalari, idoraviy mansub yuqori
darajada xavfli obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyati
hisobga olingan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar togrisidagi
nizomlar bilan belgilanadi hamda Ozbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi (keyingi orinlarda FVV deb yuritiladi) bilan kelishilgan
holda tegishli davlat va xojalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar
rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni oz ichiga oladi:
FVVning tang vaziyatlarni boshqarish markazi;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil
markazlari;
atrof-tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish
va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
turgun boshqaruv punktlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalarini bosh-
qarishning harakatlanuvchi punktlari;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-
dispetcherlik xizmatlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va
axborot bilan taminlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni taminlashi lozim:
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmo-
logik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, sanoat va transportdagi
avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv,
kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol togrisidagi malumotlarni toplash
va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash);
rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda aholiga favqulodda
vaziyatlarning yuzaga kelish holatlari, xususiyatlari, rivojlanish kolamlari va
kechishi, bolishi mumkin bolgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat
qilish tartibi togrisida xabar qilish va axborot berish;
FVDT quyi tizimlari va boginlari, FVDTning rahbarlik qiluvchi
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish
kuchlari va vositalari ortasida ozaro axborotlar ayirboshlash.
8
Favqulodda vaziyatlar togrisidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va
turlari, ularni FVDTga, uning quyi tizimlari va boginlariga, shuningdek,
aholiga yetkazish muddatlari va tartibi Ozbekiston Respublikasi Fuqaro
muhofazasi boshligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat va xojalik boshqaruv
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ortasida
favqulodda vaziyatlar masalalari boyicha kundalik hamkorlik qilish va xabar
berish yoriqnomasi bilan belgilanadi.
FVDT rahbar organlari bu vakolatiga aholi va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha quyidagi masalalarni hal etish
kiradigan davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari hamda boshqa tashkilotlar va obyektlardir:
respublika darajasida FVV markaziy apparati, davlat va xojalik
boshqaruvi organlari hamda atrof-tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli
obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun masul bolgan,
shuningdek, tarkibida kimyoviy, portlovchi, yongin chiqishi mumkin bolgan
va boshqa xavfli obyektlar mavjud bolgan tashkilotlar;
mahalliy darajada mahalliy davlat hokimiyati organlari;
obyektlar darajasida tashkilotlar va obyektlar mamuriyati.
FVDT, uning quyi tizimlari va boginlarining faoliyatini tashkil etish,
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha ularga
yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun toliq javobgarlik tegishli
rahbar organlarga yuklanadi.
FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat:
fuqaro muhofazasi qoshinlari;
FVVga togridan togri hamda tezkor boysunuvchi respublika
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bolinmalari
va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT tegishli
hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv
tuzilmalari;
Ozbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining kongillilar otryadlari (koman-
dalari, guruhlari), mudofaaga komaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti.
Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning
holati, kolamlaridan kelib chiqib Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Fuqaro muhofazasi boshligi, shuningdek, fuqaro muhofazasi boshligi
Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, tegishli
9
viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud
doirasida FVDT faoliyat korsatishining quyidagi rejimlaridan biri
ornatiladi:
kundalik faoliyat rejimi meyordagi ishlab chiqarish-sanoat,
radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik
vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bolmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion,
kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat
yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi togrisida
prognoz olinganda;
favqulodda rejim favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va
favqulodda vaziyatlar davrida.
Quyidagilar FVDT faoliyat korsatishi chogida amalga oshiriladigan
asosiy tadbirlar hisoblanadi:
a) kundalik faoliyat rejimida:
atrof-tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada xavfli obyektlar va
ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga
oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini
taminlash, yetkazilishi mumkin bolgan zarar va ziyonni qisqartirish,
shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat
obyektlari, hayot taminoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat
korsatishining barqarorligini oshirish boyicha maqsadli va ilmiy-texnik
dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
favqulodda vaziyatlar boyicha boshqaruv organlari va FVDT
kuchlarini favqulodda vaziyatlar chogidagi harakatlarga tayyorlashni
takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar chogida muhofaza qilish
usullari va harakat qilishga orgatishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy
resurslar zaxiralarini yaratish va toldirish;
sugurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi togrisida davlat va xojalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa
tashkilotlarga xabar berish va aholini xabardor qilish;
FVDT tegishli quyi tizimlari va boginlari faoliyatiga bevosita
rahbarlik qilishni davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
10
hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning oz zimmasiga olishi, zarurat
bolganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz
berishi mumkin bolgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish,
vaziyatni normallashtirish boyicha takliflar ishlab chiqish;
doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-
kunduz navbatchiligini joriy etish;
favqulodda vaziyatlar boyicha hududiy boshqarmalar (bolimlar)ning
tezkor guruhlari hamda davlat va xojalik boshqaruvi organlari, obyektlar va
boshqa tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari navbatchiligini
tashkil etish;
atrof-tabiiy muhitning holati, yuqori darajada xavfli obyektlar va
ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni
kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning
kolamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof-tabiiy muhitni
muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot taminoti tizimlari,
obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat korsatishini
taminlash chora-tadbirlarini korish;
kuchlar va vositalarni tayyor holatga keltirish, ularning harakat
rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bolganda favqulodda vaziyatlar taxmin
qilinayotgan hududga siljitish;
d) favqulodda rejimda:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi togrisida davlat va xojalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va
aholini xabardor qilish;
tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar hududiga siljitish;
aholini muhofaza qilishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish;
favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat korsatishini taminlash,
zarar korgan aholining hayot sharoitlarini taminlash ishlarini tashkil
etish;
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof-tabiiy muhitning holati,
avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat boyicha
monitoring olib borish.
|