Orqa kòprik karterini tiklash



Yüklə 26,3 Kb.
səhifə1/2
tarix12.06.2023
ölçüsü26,3 Kb.
#129148
  1   2
ORQA KÒPRIK KARTERINI TIKLASH


ORQA KÒPRIK KARTERINI TIKLASH
Reja.
1. Avtomobil ramalarining vazifasi.
2. Lonjeronli ramalar.
3. Yengil avtomobillarning kuzovi.
4. Oldingi va orqa ko’priklar.
Rama. U yuk avtomobillarining asosiy ko'tarib turuvchi (tayanchi) elementidir. Unga dvigatel, shassi agregatlari, avtomobil kabinasi va kuzovi o’rnatiladi hamda mahkamlanadi. Rama avtomobil massasidan yuklanishlarni, shuningdek, harakatlanishda yuzaga kelgan yuklanishlarni o'ziga qabul qiladi.
Konstruktiv jihatdan ramalar lonjeronli va umurtqali bo'lishi mumkin. Lonjeronli ramalar, ko'ndalang to'sinlar bilan biriktirilgan ikkita bo'ylama to'sindan (lonjerondan) tashkil topgan. Umurtqali ramalar esa ko'ndalang to'sinlari bo'lgan bilta bo'ylama to'sindan iborat.
Yuk avtoinnhillarida lonjeronli ramalar ko'p tarqalgandir (94-chizma). Bunday rama ikkita lonjeronga (2) va beshta ko'ndalang to'singa (1) ega. Lonjeronlar shakli o'zgaruvchan shveller ko'rinishida bo'lib, po'latni shtamplash yo'li bilan tayyorlanadi. Eng katta balandlik ramaning o’rtasiga to'g'ri keladi. Ko'ndalang to'sinlar ham turli agregatlarni (dvigatel, uzatmalar qutisi va h.k.) o'rnatish uchun moslama shaklida shtamplanadi.
94-chizma. УA3 avtomobilining ramasi.
Lonjeronlar va ko'ndalang to'sinlarga avtomobil qismlarini yoki mos agregatlarni mahkamlash uchun zarur bo'lgan turlicha kronshteynlar (3) payvandlanadi yoki parchin mix bilan biriktiriladi. Lonjeronlar va to'sinlar o'zaro payvandlash yo'li bilan birikliriladi.
Yengil avtomobillarda rama vazifasini kuzov bajaradi. Kuzov karkasi tashqi qoplama panellar bilan kuchaytinlib, payvandlangan bikr konstruksiyadir. Kuzovning umumiy bikrhligiga kuchaytiruvchi armaturasi turlicha yupqa devorli shaklda ishlangan po'latli qoplama panellanib mos ravishda biriktirish orqali erishiladi,
Kuzov korpusining dvigatel mahkamlanadigan joyiga asos bilan biriktiriladigan kalta rama payvandlanadi. Kuzov poli qalinroq bo'lgan metall varaqlardan (listlardan) tayyorlanadi va yon tomondan quti shaklidagi bo'sag'a (porog) bilan kuchayliriladi. Kuzovning qoplama panellari yupqa devorli metall varaqlardan shtamplanadi. Tutib turuvchi kuzov detallari ko'pincha payvandlash usuli bilan biriktiriladi.
Yetaklovchi bo’magan oldingi ko'prik. Yuk avtomobillarining yetaklovchi bo'lmagan oldingi ko'prigi boshqariladigan oldingi g’ildiraklarni o'rnatish uchun xizmat qiladi. U avtomobilni yo'l bilan kontakti natijasida hosil bo'lgan bo'ylaina va yon kuchlarni g'ildirakdan osmalar orqali avtomobil ramasiga uzatadi.
Oldingi ko'prik asosini ( 95-chizma) ikki uchida yuqoriga kerib egilgan bo'rtmasi bo'lgan qo'shtavrli to'sin (2) tashkil qiladi. To'sinning o'rta qismi pastga tomon egilgan bo'lib, dvigatelni ramadan pastroqqa joylashtirish imkonini beradi. Ko'prikning tepa sirtida osma ressorini mahkamlash uchun tayanch maydonchalar (3) mavjud. To'sin bo'rtmasiga shkvoren (4) qo'yilgan va bikr mahkamlangan, u buriluvchi sapfani o'rnatish uchun xizmat qiladi. Sapfa o'qiga podshipniklarda g'ildirak gupchagi mahkamlanadi, sapfaning o'zi esa buruvchi richag (5) yordamida shkvorenda burila oladi
Oldingi g'ildiraklari mustaqil osmaga ega bo'lgan orqa yuritmali yengil avtomobillarda oldingi ko'prik kalta to'sin ko'rinishida bo'lib, avtomobil kuzoviga mahkamlanadi. U bir paytning o'zida dvigatelni mahkamlash uchun ham xizmat qiladi.
Yetaklovchi orqa ko'prik to'sini. G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan avtomobillarda, u tortish rejimida yetaklovchi g'ildiraklardan turtuvchi kuchlarni va tormozlashda tormozlanish kuchlarini osmalar orqali avtomobil kuzoviga yoki ramasiga uzatadi.
Yetaklovchi ko'prik to'sini konstruksiyasiga qarab ajraladigan yoki ajralmaydigan bo'lishi mumkin. To'sin ichiga yetaklovchi ko'prik mexanizmlari joylashtiriladi, uchlariga esa podshipniklarda yetaklovchi g'ildiraklarning gupchaklari o'rnatiladi. Ko'prik to'sini old tomondan asosiy uzatma va differensial karterini mahkamlash uchun flanesga, orqa tomondan qopqoqqa ega. To'sinning tepa qismiga ressorlar mahkamlanadigan ikkita tayanch maydonchalar payvandlab qo'yilgan,
Yuk avtomobilidagi oldingi yetaklovchi ko'prikning to'sini konstruktiv jihatdan orqa yetaklovchi ko'prik to'sinidan unchalik farq qilmaydi.
Avtomobil ko'priklari g'ildiraklar o'rnatiladigan o'qlar vazifasini bajaradi. Transmissiya chizmalariga qarab ko'priklar yetaklovchi, yetaklanuvchi va boshqariluvchi, tutib turuvchi bo'lishi mumkin. Avtomobillarga ko'pincha ikkita yoki uchia ko'prik o'rnatiladi. Agar avtomobil ikkita ko'prikka ega bo'lsa, u holda yetaklovchi sifatida, odatda orqa ko'prik, ba'zan oldingi ko'prik ishlatiladi. O'ta og'ir yo'llardan ham yura oladigan ikki o’qli avtomobillarda ikkala ko'prik ham yetaklovchidir. Uch o'qli avtomobillarda esa orqadagi ikkita ko'prik yoki barcha uchala ko'prik yetaklovchi bo'ladi. G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan avtomobillarning yetaklovchi orqa ko'priklari birmuncha soddaroq konstruksiyaga ega.
Yetaklovchi ko'prik odatda bitta agregatga quyidagi mexanizmlarni birlashtiradi: asosiy uzatma, differensial va yarim o'qlar. Ko'rsatib o'tilgan mexanizmlar konstruktiv jihatdan yetaklovchi ko'prikning umumiy karterida joylashadi va aylantiruvchi momentni g'ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ko'prik mexanizmlari uzatilayolgan momentni ko'paytiradi va uni har bir g'ildirakni yo'l bilan kontaktda bo’lish sharoitlariga qarab g'ildiraklarga taqsimlaydi. Aylantiruvchi moment uzatilayolgan paytda ko'prik karteriga, uni g'ildirak aylanishiga teskari tomonga burishga intiluvchi reaktiv moment ta'sir qiladi. Ko'prikni bunday burilishdan osma yoki uning yo'naltiruvchi elemenllari saqlab turadi. Osma, shuningdek, avtomobil harakatlanganda hosil bo'ladigan gorizontal, vertikal va yon kuchlarni ham ko’prik karteriga uzatadi.
Oldingi yetaklovchi ko'prik mexanizmlari orqa yetaklovchi ko'prik mexanizmlaridan, g’ildirak yuritmalarini murakkabligi jihatidan farq qiladi. Yuk avtomobillarida yarim o'qlar har bir g'ildirak uchun kesilgan qilib tayyorlanadi va burchak tezliklari bir xil bo'lgan bitta kardan sharniri bilan biriktiriladi. Old yuritmali yengil avtomobillarda esa yarim o'q, g'ildirak va differensial bilan, burchak teztiklari bir xil bo'lgan ikkita sharikli sharnir vositasida biriktiriladi. O'ta og'ir yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarda tortuvchi kuchni oshirish uchun yetaklovchi va boshqariluvchi g'ildirak yuritmalariga, ba'zan planetar turdagi g'ildirak uzatmalari o'rnatiladi. Oldingi va orqa yetaklovchi ko'priklardagi boshqa mexanizmlar (asosiy uzatma va diffcrensial) bir xil qilib tayyorlanadi.
Asosiy uzatmalarning turlari va vazifalari. Asosiy uzatma aylantiruvchi momentni ko'paytirish va uning yo'nalishini avtomobilning bo'ylama o'qiga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'zgartirish uchun xizmal qiladi. Shu maqsadda, asosiy uzatma konussimon shestcmalardan tayyorlanadi. Shestcrnalar soniga qarab asosiy uzatmalar, bir juft shesternadan iborat bo'lgan yakka konussimon uzatmaga va bir juft konussimon hamda bir juft silindrsimon shestemalardan iborat bo'lgan qo'shaloq uzatma­larga bo'linadi. Yakka konussimon uzatmalar ham o'z navbatida oddiy va gipoid uzatmalarga bo'linadi.
Yakka konussimon oddiy uzatmalar (87-chizma, a) asosan yengil avtomobillarda hamda yuk ko'taruvchanligi kichik va o'rtacha bo'lgan yuk avtomobillarida ishlatiladi. Bu uzatmalarda yelaklovchi konus­simon shesterna (1) kardanli uzatma bilan, yetaklanuvchi shesterna (2) esa differensial qutisi va differensial mexanizmi orqali yarim o'qlar bilan biriktirilgan.  
Ko’pchilik avtomobillarda yakka konussimon uzatmalar gipoid ilashmali tishli g’ildiraklarga ega (87 -chizma, b). gipoid uzatmalar oddiy uzatmalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega, ularda yetaklovchi g’ildirak o’qi yetaklanuvchi g’ildirak o’qidan past joylashadi. Bu esa kardanli uzatmani hamda yengil avtomobillar kuzovini pasaytirishga imkon beradi. Oqibatda avtomobilning og’irlik markazi pasayib, uning turg’unligi ortadi. Bulardan tashqari gipoid uzatmalardagi shesterna tishlarining asosi kengaygan bo’lib, ularning yeyilishga chidamliligi va yuklanish layoqatligi katta bo’ladi. Ammo, bu jihatlar shesternalarni moylash uchun, shesterna tishlarining o’zaro tutashishida hosil bo’ladigan katta kuchlarni uzatish sharoitiga mo’ljallangan maxsus (gipoid) moylar ishlatishni talab etadi.
Qo'shaloq asosiy uzatmalar (87-chizma,d) transmissiyaning umumiy uzatish sonini orttirish va uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshirish uchun yuk ko'taruvchanligi katta bo'lgan yuk avtomobillariga o'rnatiladi. Ushbu holatda asosiy uzatmaning uzatish soni konussimon (1,2) va silindrsimon (3,4) juftliklar uzatish sonlarini bir-biriga ko'paytirish bilan hisoblanadi,

Yüklə 26,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin