Bunda osma panellar tayyorlashda penopolistirol, penopoliuretan, fenol-formaldegid penoplasti, mipora kabi o’ta engil g’ovak plastmassalar, mineral paxta asosidagi bikr va yarim bikr plitalar va xususiy xollarda arbolit, fibrolit kabi buyumlar ishlatiladi. Noorganik va organik issiqlik izolyaciyasi buyumlari jamoat va sanoat binolari tom qismini izolyaciyalashda keng miqyosda qo’llaniladi (15.2-rasm).
x7 4 rasm. Sanoat buyumlari tom qoplamalari konstrukciyalari
a) Issiqlik izolyaciyali profillangan list; b) “Monopanel”; 1-metall profillangan yopma; 2-issiqlik izolyaciyasi buyumi; 3-bitum mastikasi bilan elimlangan uch qavatli ruberoid to’shalmasi; 4-plenkali polimer gidroizolyaciya
qatlami.
Tom yopma issiqlik izolyaciyasini barpo etishda issiqlik izolyaciyasi buyumlarini suvdan himoyalash uchun gidroizolyaciya vositalarini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sanoat uskunalari va truboprovodlarni issiqlik izolyaciyasi. Sanoat uskunalari va truboprovodlarni issiqlik izolyaciyasi uchun mineral paxta va plitalar, shisha paxta va plitalar, bazalt va asbest tolali va matolar kabi noorganik va penopoliuretan, penopolistirol kabi sintetik polimerlar asosidagi organik materiallardan tayyorlangan buyumlar ishlatiladi. Buyumlar bir va bir necha qatlamli bo’lishi mumkin. Bir turdagi buyum ikki xil turdagi issiqlik izolyaciyasi materiallaridan tashkil topishi mumkin. Masalan, ichki qatlam issiqlik izolyaciyasi, tashqi qatlam esa qo’shimcha olovbardosh yoki gidroizolyacion vazifalarni bajaradi. Montaj va truboprovodlar issiqlik izolyaciyasida buyumlar plita, segment, qobiq, yarim cilindr, o’rama va monolit qoplamalar ko’rinishida ishlatilishi mumkin. Ushbu yo’nalishda asbest qog’oz va karton, asbest shnur, shisha tolali va mineral paxtali shnurlar va boylamlar ishlatiladi. Mastikali issiqlik izolyaciyasi materiallari bevosita qurilish maydonlarida maxsus qorgichlarda tayyorlanadi va yuzalarga mastika holida surkaladi yoki chaplanadi. Mastikalar odatda qo’lda qatlam-qatlam surkaladi (15.3-rasm).
15.3-rasm. Truboprovodlar issiqlik izolyaciyasi a) Mastikali issiqlik izolyaciyasi; b) Sovelit asosidagi issiqlik izolyaciyasi.
Kanalsiz teplotrassalar qurilishida metall quvurlar penopoliuretan issiqlik izolyaciyasi materiallari bilan termo va gidrozolyaciya qilinishi maqsadga muvofiqdir. Polimer quvurlar issiqlik izolyaciyasi. Binolarni markazlashgan isitish tizimlarida issiqlik 50% isrof bo’lishi mumkin. Bunga sabab isitish tizimlarida yuqori sifatli issiqlik izolyaciyasi materiallarini ishlatilmaganligidir. Kanalli isitish tizimlarida shishaplastik, mineral paxta, gidroizol va cementli qorishma asosida suvoqlar ishlatilgan. Ushbu muammoni zavod sharoitida metall quvirlarga penopoliuretan (PPU) va penopolimermineral (PMM) issiqlik izolyaciyasi materiallarini qoplashdir. Metall qolipga metall quvur o’rnatib, oraliqdagi bo’shliqqa penopoliuretan massasi quyiladi, massa katta ichki zo’riqish bilan ko’pirib, quvur atrofida issiqlik izolyaciyasi qatlamini hosil qiladi. Quvur qo’shimcha ravishdi gidroizolyaciya qilinishi mumkin. Bunday kanalsiz issiqlik trassalari 30-40 yil xizmat qiladi.