Orqa kòprik karterini tiklash


Asosiy uzatmaning tuzilishi



Yüklə 26,3 Kb.
səhifə2/2
tarix12.06.2023
ölçüsü26,3 Kb.
#129148
1   2
ORQA KÒPRIK KARTERINI TIKLASH

Asosiy uzatmaning tuzilishi. Yuk avtomobilining qo'shaloq asosiy uzatmasi (88-chizma) yetaklovchi orqa ko'prik to'sini (8) ichiga joylashtirilgan mexanizmlarning bir qismidir. Asosiy uzatmaning yetak­lovchi vali, yetaklovchi shesterna (1) bilan bir butun qilib tayyorlangan. U asosiy uzatma karteriga (9) mahkamlangan stakan ichidagi konussimon rolikli podshipnikka o'rnatitgan. Xuddi shu karterda, konussimon rolikli podshipniklarda, yetaklovchi silindrik shesternasi (12) bo'lgan oraliq val ham o'rnatilgan. Shu val flanesiga shesterna bilan ilashishda bo'lgan yetaklanuvchi konussimon shesterna (2) bikr (qo'zg'almas) qilib mahkamlangan. Yetaklanuvchi silindrik shesterna (5) differensialning qutisini hosil qiluvchi, uning chap (3) va o'ng (6) kosachalari bilan biriktirilgan. Bu qutida differensial detallari, ya'ni satellitlar (11) va yarim o'qlar shesternalari (10) bilan birgalikda krestovina (chorbarmoq) o'rnatilgan.
Yüklə 26,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin