Reja: Quymakorlik haqida ma’lumot



Yüklə 20,96 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü20,96 Kb.
#155189
1. Quymakorlik haqida ma’lumot. Quymakorlikda qo’llaniladigan qo-hozir.org


1. Quymakorlik haqida ma’lumot. Quymakorlikda qo’llaniladigan qoliplar
Reja:
1. Quymakorlik haqida ma’lumot.

2. Quymakorlikda qo’llaniladigan qoliplar


3. Model komplekti. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash
4. Qolip aralashmasi
5. Mashinada qolip tayyorlash. Shibbalash usullari
6. Quyma olish usullari
7. Metall qoliplarda quyma olish
8. Bosim ostida quyma olish
9. Metall quymalarda uchraydigan nuqsonlar, paydo bo‘lish sabablari va oldini olish tadbirlari.
Quymakorlik haqida ma’lumot

Quymakorlik deganda, suyuqlantirilgan metallni qolipga quyish yo’li bilan shakldor detallar yoki zagotovkalar tayyorlash bilan shug’ullandigan mashinasozlik sanoatining sohasi tushuniladi. Qolipda metall qotganidan keyin quyma(quyma detal yoki zagotovka) hosil bo’ladi. Zagotovkalar keyinchalik mexanik ishlov berishga tortiladi. Quyish usuli bilan sanoat jihozlarini 50 % atrofida detallari tayyorlanadi. Bolg’alarning 95 % i, metall kesuvchi asboblarning 80 % i, to’qimachilik dastgohlarining 55 % iga yaqin detallari quyma holatida tayyorlanadi.


Quymakorlik ishlab chiqarishi mashinasozlik sanoatini zagotovka(quyma) bilan ta’minlaydi. Quymakorlikda zagotovka berilgan kimyoviy tarkibli suyuqlantirilgan metalllarni ma’lum shaklli qoliplarga solish orqali uni shu yerda kristallantirib kerakli o’lcham va shaklga keltirib olinadi. Kristallantirish jarayonida suyuq metall qolip bo’shlig’i shaklini va o’lchamlarini aynan takrorlaydi.
Zagotovkalar keyinchalik mexanik ishlov berishga tortiladi. Quymakorlik ishlab chiqarishi cho’yandan, po’latdan va rangli metall qotishmalaridan turli konfiguratsiyadagi talab qilingan xossali shakldor quymalarni tayyorlash imkonini yaratadi. Quymaning yuqori ekspluatatsion va mexanikaviy xossalari ularning sanoatda keng qo’llanilishini ta’minlaydi. Quyish yo’li bilan boshqa texnologik usullarda tayyorlash imkoniyati bo’lmagan oddiy va murakkab shaklli quyma(zagotovka)larni tayyorlash mumkin. Masalan, mashinalarning korpusli detallari ko’pincha quyib olinadi. Quymakorlikning muhim vazifasi – tayyor detal shakli va o’lchamlariga yaqin bo’lgan quymalar olish bo’lib, bunda kesib ishlov berish sezilarli darajada kamaytiriladi.
Quymalar olish jarayonining mohiyati shundan iboratki, ma’lum tarkibli suyuqlantirilgan metall ichki yuzasi tayyor detal o’lchami va konfiguratsiyasiga maksimal darajada yaqin qilib tayyorlangan qolipga quyiladi. Keyingi kristallanish jarayonida metall unga berilgan shaklni saqlab qotib qoladi. Barcha ma’lum shakllantirish usullaridan (bolg’alash, kesib ishlov berish, payvandlash, kukun metallurgiyasi va boshqalar) quymakorlik yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, chunki nisbatan kam miqdorda energiya, material va ishchi kuchini sarflab, bevosita eritmadan kerakli konfiguratsiyali buyum tayyorlash imkonini beradi.

Quymakorlikda qo’llaniladigan qoliplar


Quymalar ishlab chiqarishda qoliplarning ish muddatlariga ko’ra bir martalik, bir necha martalik va ko’plab quymalar olishga yaroqlilarga ajratiladi. Ku’zatishlar shuni ko’rsatadiki, turli metall qotishmalardan olinuvchi quymalar massasi bo’yicha 70− 80 foizi bir marta lik quymalar olishga yaroqli nam va quruq qoliplarda, qolgan qismi esa bir necha unlab quymalar olishga yaroqli muvaqqat hamda yuzlab, minglab quymalar olishga yaroqdi qoliplarda olinmoqda.
Bir marta quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplarda bir martagina quyma olingandan so’ng, ular bo’ziladi. Bu qolip materiali tarkibi olinuvchi quyma materiali, shakli va o’lchamlariga ko’ra belgilanadi. Bu qolip material asosi kvarts qumi bo’lib, ularning donlarini o’zaro bog’lovchilar sifatida tegishli bog’lovchilar (gil, spirt bardasi, tsement, suyuq shisha, termoreaktiv smolalar, bitum, kanifol), quymaga quyib yopishmasligining oldini olish uchun toshko’mir kukuni, changsimon kvarts, grafit, gaz o’tkazuvchanligini oshirish uchun yog’och qipig’i, torfdan foydalaniladi. O’lchami 0, 25 dan 1 mm gacha bo’lgan qumlar ma’lum miqdorda tegishli qo’shimchalar qo’shib, maxsus aralashtirgich qurilmada suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashma kutilgan xossaga ega bo’lgach, qurilmadan chiqarib, qolip tay yorlash uchastkasiga yuboriladi, u yerda qolip tayyorlanadi.
Muvaqqat qoliplar. Bu qoliplarda bir nechagina (unlab) quymalar olinadi. Bu qolip material asosi yuqori temperaturaga chidamli, sha mot, magnezit, qum, asbest kabi boshqa materiallar kukunlariga ma’ lum miqdorda tegishli bog’lovchilar (gips, tsement va boshqalar)ni qo’shib aralashtirgich qurilmada suv bilan qorishtirib, kutilgan xos saga kelgach, uni qolip tayyorlash uchastkasiga o’zatiladi va u yerda qolip tayyorlanadi. Bu qoliplarda odatda turli shaklli kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar olinadi.
Ko’plab quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplar cho’yan, po’lat, mis va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Bu qoliplarda oddiy shaklli kichik va o’rtacha o’lchamli yuzlab va minglab quymalar olinadi. SHu boisdan ularga shartli ravishda doimiy qoliplar deb ham yuritiladi. Texnologik moslamalar va asboblar Quymalar qoliplarini tayyorlashda foydalaniladigan texnologik moslamalarga model, model tagligi, sterjen yashigi, suyuq metallni qolipga kiritish tizimi modellari, opoka va boshqalar kiradi. Quyida asosiy texnologik moslamalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Model komplekti. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash
Model- deb qolip materialida olinuvchi quymaning tashqi konturini hosil qiluvchi moslamaga aytiladi. Modelning tashqi shakli olinuvchi quyma shakliga o’xshash bo’lgani bilan o’lchamlari qolip ga kiritilgan suyuq metallning sovib qotishida kirishuv qiymatiga va mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar qo’yimiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar yengil, oson kesib ishlanadigan, chidamli, arzon materiallardan tayyorlanib, ular qolip materialiga yopishmay, undan osonroq ajraladigan bo’lishi kerak. Quymalarni ko’plab ishlab chiqarmaydigan kichik tsexlarda texnologik moslamalar sifatli yog’ochlar (qarag’ay, archa, zang va boshqalar)dan tayyorlanadi. Buning uchun g’o’la, taxta, brus tarzidagi yog’yuchlar pechda 60− 70°S temperaturada (namligi 8– 10% gacha kelguncha) bir necha soat quritiladida, keyin texnologik moslamalarni tayyorlash uchast kasiga o’zatiladi. Ular chizmalar asosida tayyorlanadi. Odatda, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar model lari yaxlit, murakkab shaklli quymalar modellari ajraluvchi va shu ningdek ayrim–ayrim bulaklardan yig’ilgan bo’ladi. Ko’pincha ajraluvchi modellar ikki (ustki va pastki) palladan iborat bo’lib, pastki pallaning ajralish yuzida ikkita konusli ki chik teshigi bo’lsa, ustki pallaning ajralish yuzasida esa ikkita konusli kichik ortig’i bo’ladi. Qolip pallalari shu konusli teshiklarga konusli ortiqdan kiritilgan xolda yig’iladi. Ma’lumki, yog’och arzon material va u yaxshi kesib ishlangani bilan nam tortib tob tashlashi, tez chirishi va deyarli puxtamasligi tufayli undan keng foydalanib bo’lmaydi. SHu boisdan ko’plab bir xildagi metall quymalarni ishlab chiqaruvchi yirik tsexlarda modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar alyuminiy qotishmalar va plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar yog’ochga qaraganda ancha qimmat bo’lsada, o’zoq vaqt turli muhitlarda ishlashi davomida shak li va o’lchamlarini saqlashi, qolip materialida aniq modelь konturi olinishi kabi afzalliklarga ega. SHuni qayd etish joizki, modellar kaysi materialdan tayyorlanmasin, qolipdan osonroq chiqarish uchun uning vertikal tekisliklariga kichik qiyalik beriladi, yuzalari nafis ishlanadi, qiyalik qiymati modelь materialiga, shakliga, o’lchamiga, qolip materialiga va qolipni tayyorlash usuliga bog’liq. Odatda, o’rtacha shaklli va o’lchamli yog’och modellarida bu qiyalik 12°, metallarda 0, 5– 1 o oralig’ida bo’ladi.
1- rasm

Modellar xili: a –yaxlit modelь; b– ikki bo’lak modelь; v –ajraluvchi modelь. Modellarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tish joylari o’tmas burchaklar bo’ylab tekis o’tishidan tashqari, zarur xollarda qolipda sterjenni o’rnatish uchun tayanch yuza hosil etish uchun modelda konusli ortiq, qilinib, u qora rangga bo’yab qo’yiladi. SHuningdek, modellarni olinuvchi quyma materialiga ko’ra ajratish maqsadida turli rangga bo’yab, harflar va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, cho’yan quyma modellarini qizil rangga, po’lat quymalar modellarini yashil rangga va rangli metall quymalar modellarini sariq rangga bo’yaladi.


Sterjen yashigi. Quymalarda turli shaklli teshiklar, o’yiqdan olish uchun yuqori sifatli gilli qum materiallaridan ularning shakliga va o’lchamiga mos sterjenlar tayyorlashda foydalanuvchi texnologik moslamalarga sterjen yashigi deyiladi. Ular ham model materiallaridan tayyorlanadi. Ularning shakli va o’lchamlari esa, quymada olinuv chi teshik shakli va o’lchamidan, qolipda metalning kirishuvi va mexanik ishlanadigan yuzalar qo’yim qiymati hisobiga kichikroq bo’ladi. Odatda, kam seriyali, oddiy shaklli, kichik o’lchamli sterjenlarni tayyorlashda foydalaniladigan sterjen yashiklari modellar singari yaxlit, murakkab shaklli, katta o’lchamli sterjenь yashiklari ikki pallali va ayrim–ayrim bo’laklardan tayyorlanadi.
Suyuq metallni qolipga kirituvchi tizim modellari. Suyuq metallni qoliplarga ravon kiritishda, uni shlakdan, gazlardan bir muncha tozalab o’zatuvchi kanallar modellari majmuasiga modellar tizimi deyiladi. Rasm, b da normal quyish tizimi modellari keltirilgan. Rasmdan ko’rinadiki, u metallni quyish kosachasi 1, stoyak deb ataluvchi konus voronka 2, shlak tutkich 3, ta’minlagichlar va vipor deb ataluvchi konus voronkalardan iborat. Bu modellar ham olinuvchi quymalar shakliga, o’lchamiga ko’ra mo delь materiallaridan chizmalar asosida tayyorlanadi.
2-rasm

Sterjenь yashiklari: a – yaxlit sterjen yashigi; b – ikki bo’lak sterjenь yashigi; v–echilgan sterjenь yashigi. Model tagligi. Qoliplarni gilli qum materiallaridan tayyor lashda foydalaniladigan model tagligi yog’ochdan tayyorlansa, bu taglikka modelь taglik taxtasi dey iladi (agar model taglik metallaridan tayyorlangan bo’lsa, unga modelk plitasi deyiladi). Model plitalarda ma’lum tartibda ochilgan teshiklar bo’lib, zaruriyatga ko’ra ularga o’rnatiladigan modellar boshqa modellar bilan almashtiriladi .


Normal quyish tizimi: 1– quyish kosachasi; 2– stoyak; 3– shlak tutkich; 4– ta’minla gichlar; 5– vipor kosachasi; 6– vipor stoyaklari
3-rasm

Sterjenlar o’rindig’i. Sterjenlar sterjen yashiklarida tayyorlan gan, ularni puxtalash maqsadida tashqi shakli va o’lchamiga mos sterjen o’rindig’iga o’tkazilib, quritish uchun pechga o’zatilib, ma’lum temperatura oralig’ida zarur vaqt davomida qizdiriladi. Bunda uning o’rindiqdagi kichik teshiklaridan havo o’tib, ular bir tekis qizib puxtalanadi.


4-rasm
Model plitalar: a –bir yoqlama ishlaydigan model plita; b– ikki yokdama ishlaydigan model plita Opoka. Qolip materiallarida model tashqi konturining olinishi bilan quyma qolipni tayyorlashga xizmat qiluvchi ochiq rama (quti)ga opoka deyiladi. Opokalar po’lat, cho’yan va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Ular konstruktsiyasiga ko’ra yaxlit, bo’laklarga ajraluv chi, qobirg’asiz va kobirg’ali bo’lib, o’lchamlari standart bo’yicha turlicha bo’ladi. Odatda, yirik bo’lmagan quymalar qolipini tayyorlashda ajralmaydigan qovurg’asiz opokalardan, yirik quymalar qolipini tayyorlashda ajraladigan qobirgali opokalardan foydala niladi. Quymalar qoliplarini tayyorlashda opokalar bo’shliqlaridan to’g’ri foydalanish tufayli qolip materiallari tejaladi. Qoliplar tayyor lashda qolip materiallarining ko’plab sarflanishini hisobga olishning ahamiyati katta.
5-rasm

Opokalar: a – kovurg’asiz opoka; b – kovurg’ali opoka: 1 – ustki opoka; 2 – pastki opokalar; 3 – opokalar bo’shligi; 4− opokalar quloqlari; 5 – markalovchi shtirlar


Qoliplash asboblari: a – belko’rak; b– g’alvir; v – shibbalar; g – pnevmatik shibba; d– ilgak qoshiq va andavalar; ye –tekislagich,uchli yumaloq sim va cho’tka


6-rasm
7-rasm

Qolip materialini qorishtirish mashinasi: 1–vertikal o’q; 2– surgich; 3– g’ildirak; 4– surgich; 5–quti; b – tortqi Kachonkim, tayyorlangan material talab etiladigan xossaga kelgach, qiya lentali tranportyor 11 ga, undan sochgich 12 ga, keyin esa tindirgich bunkeri 13 ga o’zatiladi va u yerda tindirilib, bir tekisda namlanadi. So’ngra qolip materiali bunker 13 dan ta’minlagich 14 ga, undan transportyorlar 17, 18, 19 orqali bunkerlar 20 ga, undan esa qoliplash mashinasi 21 ga o’tadi.

Quyma olish sxemasi: 1 – quyma; 2– quyish kosachasi; 3 – stoyak; 4 – shlak tutgich; 5-ta’minlagichlar metall asosiy qolipdagi metalldan keyin qotsin. Metall asosiy va ustama qolipda kotgach, ortma metall ajratilib, qayta eritishga yuboriladi. Keyingi vaqtlarda yuqorida qurilgan odatdagi ustama qoliplardan tashqari ustama qolipga metall qo’yilguncha aralashma moddalar, masalan, burli birikmalar ma’lum miqdorda kiritilmoqda. CHunki ulardan suyuq metall ta’sirida gazlar ajralib, ular metallga bosim berishi natijasida suyuq metallning ortiqmasi ustama qoliga o’tadi.
QUYMALAR OLISHNING MAXSUS USULLARI
Metall qotishmalardan ko’plab miqdorda bir xildagn sifatli quymalarni olishga bo’lgan talabning ortishi natijasida mexanizatsiya va avtomatlashtirilgan zamonaviy yirik quyma korxonalar barpo etildi. Yuqorida tanishib o’tilgan an’anaviy usullarda quyma olishdagi kamchiliklar (qolipning bir marta quyma olishgagina yaroqliligi, quyma shakli va o’lchamlarining yetarli darajada aniqmasligi va yuza tekisliklarining talabga javob bermaydigan tarzda notekisligi, quyish tizimida metall sarfining ko’pligi, ish sharoitining og’irligi, ish unumining pastligi va boshqalar mavjudligi sababli bunday nuqsonlardan deyarli holi bo’lgan takomillashgan texnologik usullar yaratishni taqozo qildi. Quyidagi paragraflarda bu usullar haqida qisqaroq bo’lsada, ma’lumotlar keltirilgan.
Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish. Bu usulda metall qolipga metall erkin qo’yilib, aniq shaklli va o’lchamli, tekis yuzali, sifatli quymalar olinadi. Metall qolip (kokil) uchun eng yaxshi material kulrang cho’yan bo’ladi, chunki u o’zidan issiqdikni yaxshi o’tkazishi sababli deyarli qizimay, tob tashlamaydi, texnologik xossalari yaxshi (oquvchanligi, oson kesib ishlanishi), narxi u qadar qimmat emas, bu esa juda qo’l keladi.

Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o’lchamiga ko’ra turlicha bo’ladi. Masalan, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar olishga mo’ljallangan qoliplar vertikal yoki gorizontal tekisliklar bo’yicha ajraladigan bo’ladi. Murakkab shaklli, turli o’lchamli quymalar qoliplari bir necha qismlardan yig’iladigan bo’ladi. Qora metall quymalar olishda sterjenlar yuqori sifatli sterjen materiallaridan, rangli metall quymalar uchun U 7, U 10 va boshqa markali po’latlardan tayyorlanadi. Qolipga kiritilgan metallarning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida qolipning tegishli joylariga maxsus quyma barmoqlar o’rnatiladi. Qoliplarning ish muddatini oshirish, quyma sifatini yaxshilash maqsadida qoliplarga suyuq metall kiritilgunga qadar, ularni 100– 300°S temperaturagacha qizdirib, ish yuzalariga o’tga chidamli bo’yoq purkaladi yoki o’tga chidamli materiallar nihoyatda yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli bo’lib, shakli murakkab bo’lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda to’ldirish maqsadida qolipni tebratib turish ham tavsiya etiladi. Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi: 1, 2 – qolip pallalari; 3 – kulok; 4 – barmoqlari; 5, 6, 9– quyish sistemasi kanallari; 7– shtirь; 8– qolip; 10 – vipor; 11 – yarim qolip; 12– old babka; 13– prujina; 14– plita; 15 – turtki.


9-rasm
Quymalarni olish texnologik jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat bo’ladi: 1) qolipni metall quyishga tayyorlash; 2) qolipga zarur miqdorda suyuq metall kiritish; 3) quyma kotgach uni qolipdan ajratish; 4) quymadan quyish tizimida kotib qolgan metallni ajratib uni tozalash; 5) quymaning sifatini ko’zatish.

Issiq kamerali porshenli mashinalarda quymalarni olish. Odatda, bu mashinalardan suyuqlanish temperaturasi 450– 500°S gacha bo’lgan ruh qalay, qo’rg’oshin asosidagi qotishmalardan kichik (25– 30 kg gacha) quymalar olishda foydalaniladi. Mashinalar konstruktsiyalari jihatidan qo’lda ishlatiladigan, yarim avtomatik va avtomatik ravishda ishlaydiganlarga bo’linadi. Masalan, avtomatik ravishda ishlaydigan mashinalarda soatiga 3000 gacha va undan ortiq quymalar olish mumkin. Issiq kamerali porshenli quyish mashinasining sxemasi: 1–vanna; 2– teshik; 3– komal; 4– tsilindr; 5– porshenь; 6–mundshtuk; 7–qolip


10-rasm

Sovuq kamerali porshenli quyish mashinasining sxemasi: 1– tsilindr; 2, 4 – porshenь; 3– qolip; 5–qoldiq metall; 6– quyma 2. Quymalarni sovuq kamerali porshenli quyish mashinasida olish. Bu xil mashinalardan suyuqlanish temperaturasi yuqoriroq bo’lgan, masalan, alyuminiy, mis qotishmalaridan quymalar olishda foydala niladi. –rasmda bunday mashinaning to’zilishi va ishlashi sxemasi kel tirilgan. Sxemadan ko’rinadiki, quyma olish uchun ma’lum miqdordagi suyuq metall tsilindr 1 ga qo’yiladi . Bunda pastki porshenь 4 yuqoriga ko’tarilgan bo’lib, qolipga me tall kiritish kanal teshigi berkitilgan bo’ladi. So’ngra ustki por shenь 2 pastga harakatlanganda metall katta bosim (300 MPa gacha) bilan bosilishda, tsilindrdagi metall qolipga bosim bilan quyish kanali bo’ylab kiritilgan. 11-ram


Quymalarni qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi kamerali kompressorli quyish mashinalarda olish. Qo’zg’almas kamerali mashinalardan birining to’zilishi va ishlashi sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko’rinadiki, kamera 2 dagi suyuq metall qolip 7 ga havo bosimida patrubka 5 dagi mundshtuk 6 orqali kiritiladi. Qo’zg’almas kamerali kompressorli quyish mashinasining sxemasi: 1, 4– teshik; 2 – kamera; 3– tikip; 5– patrubok; 6– mundshtuk; 7– qolip Qo’zg’aluvchi kamerali kom

p
ressorli quyish mashinasining sxemasi: 1– vanna; 2– qo’zg’aluvchi kamera; 3– mundshtuk; 4– uchlik; 5– qolip; 6 – teshik


1
2-rasm

Quymalarni aylanuvchi metall qoliplarda olish. Bu usulda metall aylanuvchi metall qolipga (ba’zan qolipning ish yuzi qolip materiali bilan qoplangan) kiritiladi. Bunda metall markazdan qochirma kuch ta’sirida qolip devoriga otilishida sovib, kristallanishi qolip devoridan boshlanib, quymaning ichki bo’sh yuzida tugaydi, bu jarayonda nometall materiallar (shlaklar, oksidlar), gaz lar quyma sirtki bo’shlig’i tomon o’tadi. 13-rasm Natijada zich, mayda, donli, tekis yuzali quymalar olinadi. Rasmda gorizontal ukatrofida aylanuvchi metall qolipda cho’yan truba quymalarini olish sxemasi keltirilgan. SHuni hamaytish kerakki, bunday qoliplar cho’yandan tayyorlanib, olinuvchi quymalar si fatini yaxshilash, qoliplarning ish muddatlarini oshirish maqsadi da ular metall kiritilguncha 150– 300°S atrofida qizdirilib, ish yuzalari himoya qoplama material bilan qoplanadi. Rasmdan ko’rina diki, qolip rolik 5 lar orqali o’z o’qi atrofida aylanadi.


Gorizontal o’q atrofida aylanuvchi qolipda cho’yan trubani tayyorlash sxemasi :

Qolipga so’riladigan kovsh novi 1 orqali suyuq metall qo’yiladi (bunda quymaning bir uchida talab etilgan shaklli va o’lchamli trubalar olish uchun gilli qumdan tayyorlangan sterjenь o’rnatiladi). Mazkur usulda trubalar olishda sirtining tez sovishi sababli qattiqdigi ortadi. Bu esa qolipning ish yuzasi sifatiga putur yetkazadi.


14-rasm
Foydalanilgan adabiyolar ro’yxati:

  1. V.A.Mirboboyev “Konstruksion materiallar texnologiyasi” Toshkent- “O’zbekiston”- 2004


2.Lakhtin Yu.M., Rakhshtadt A.G. Mashinasozlikda issiqlik bilan ishlov berish - M: OLMA-PRESS, 1980. -426 p . www.erudition.ru www.chemport.ru www.arxiv.uz www.ziyonet.uz


http://hozir.org
Yüklə 20,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin