31
bermaydigan tosiqlar uchrasa (devor, kol), yaqin atrofdagi binolarning biriga
yashirinish kerak;
agar xavf togrisida signal uyda bolgan paytingizda yetkazilsa, deraza
va eshiklarni yopib, shaxsiy himoya vositalarini ishlatishga tayyorlash zarur;
agar xavf togrisida malumot yetkazilmagan bolsa-yu, siz gumburlagan
tovush yoki portlash, oziga xos hidlarni sezgan bolsangiz, ulardan himoya-
lanishga harakat qiling. Buning ikki asosiy usuli bor: birinchisi zararlangan
hududdan xavfsiz joyga chiqish; ikkinchisi yaqin atrofdagi turar joylardan
biriga berkinish;
zararlangan hudud onlab metrdan yuzlab metrgacha yoyilishi mumkin.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, agar inson soatiga 45 km tezlik
bilan harakatlansa, zararlangan hududdan chiqib ketish uchun 1015 daqiqa
sarflanadi.
Kimyoviy zaharlanish ochogida zaharlovchi moddalar bilan zaharlanganda
insonlarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam korsatish kerak.
Birinchi tibbiy yordam harbiy xizmatchilarning shaxsiy dori aptechkasi
(AI-2), shaxsiy paketlar (IPP-8, IPP-9, IPP-10) yordamida oziga va ozaro,
shuningdek, sanitarlar va sanitar-yoriqchilar tomonidan otkaziladi.
3.3. Biologik (bakteriologik) qurollar va kasallik
tarqatuvchi mikroblar
Biologik (bakteriologik) qurollar
biologik vositalar bilan toldirilgan oq-
dorilar va ularni nishonga olib borish (otish) vositalaridir.
Biologik (bakteriologik) qurollar ishlatilishi bilan olib boriladigan urushlar
biologik (bakteriologik) urushlar
deb ataladi. Biologik (bakteriologik) qurolning
tasirlovchi omilini bakteriologik vositalar tashkil etadi. Ular jangovar holda
ishlatish uchun ajratib olingan biologik agentlar bolib, inson organizmiga
tushganda qattiq kasallanishga olib keladi. Ularga kasallik tarqatuvchi mikroblar
va mikrob toksinlari (ayrim mikroblar hayot faoliyati davomida hosil boladigan
zaharli moddalar) kiradi.
Qishloq xojaligi ekin maydonlarini yoq qilish, shu bilan birga, davlat
iqtisodiy salohiyatini izdan chiqarish maqsadida hasharotlar, ayniqsa, chigirtkalar,
kolorado qongizlari va boshqalar ishlatilishi mumkin. Mikroorganizmlar,
infeksiyali kasallik tarqatuvchi mikroblar biologik xossalari va olchamlariga
kora quyidagi sinflarga bolinadi:
bakteriyalar,
viruslar,
rikketsiyalar,
zamburuglar va mikrob toksinlari.