1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

1.2. Maktabda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
bartaraf etish harakatlari rejasining tuzilishi
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar har bir maktabda (o‘quv
yurtida) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish
va bartaraf etish harakatlari rejasi ishlab chiqiladi. Rejani ishlab chiqish har
qanday sharoitda insonlar qurbon bo‘lishini va moddiy boyliklarga zarar
yetishini maksimal kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Rejalashtirish obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish xavfi
darajasini, halokatlar va tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bashorat qilish, mavjud moddiy zaxira va
insonlarni har tomonlama o‘rganib va baho berishga asoslanishi kerak.
Favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirish ular natijasidagi moddiy
talafotlar va jabrlanganlarning sonini kamaytirish tadbirlari miqdori, muddati,
tashkillashtirish va bajarish tartibini, avariya, halokatlar, tabiiy ofatlardan
(aholini) maktab xodimlari va o‘quvchilarini, moddiy boyliklarni muhofaza
qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarning bajarilishi, shuningdek,
qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va olib borishni belgilaydi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasi
ikki bo‘limdan iborat:
—
maktab (obyekt) va unga qo‘shni hududlardagi potensial xavf-xatarlar.
Bu bo‘limda obyektga xavf soluvchi, katta avariyalar, ishlab chiqa-
rish halokatlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan korxona, kimyoviy moddalar va
boshqa xavfli yuklar tashib o‘tiluvchi va ortiluvchi temiryo‘llar, stansiyalar
(bekatlar), epizootik, epidemik nuqtayi nazardan noqulay hududlar
ko‘rsatiladi;
—
katta ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar va tabiiy ofatlar,
terroristik harakatlar sodir bo‘lish xavfi tug‘ilganda bajariladigan tadbirlar
(yuqori tayyorgarlik rejimida).
Bu bo‘lim:
a) favqulodda vaziyat sodir bo‘lish xavfi haqida boshqaruv organlarini,
rahbarlar, ishchilar va aholini xabarlash tartibini;
b) favqulodda vaziyat ta’siri haqida ogohlantirish va uni kamaytirish
bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarning miqdori, muddati, jalb etiladigan kuch
va vositalar;
d) mavjud kuch va vositalarni, himoya inshootlarini, boshqa yerto‘la-
larni, yer ustida joylashgan bino va inshootlarni mahkamlab, maktab
xodimlari, o‘quvchilari va aholini yashirish uchun tayyorlash;


12
e) shaxsiy himoya vositalarini maktab xodimlari va o‘quvchilariga
berishga tayyorlash va berish;
f) maktab xodimlari va o‘quvchilarini, evakuatsiya qilish uchun
biriktirilgan avtotransportni va shahardan tashqari zonalarni tayyorlashda
ishtirok etish;
g) tibbiy va epidemiyalarga qarshi himoya tadbirlarini o‘tkazish;
h) yong‘inga qarshi tadbirlarni va ishlab chiqarishni avariyasiz
to‘xtatishga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Har bir o‘quvchi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda nima qilishi
kerakligini bilishi, kundalik hayotda maktab hududida va maktabdan tashqarida
to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘zlashtirishi, yong‘inga qarshi xavfsizlik
choralarini bajarishi, himoya vositalarining qayerda saqlanishini, himoya
vositalarini to‘g‘ri qo‘llashni, yonidagilarga birinchi yordam berish qoidalarini
bilishi, evakuatsiya paytida rahbarlarning buyruqlarini tez va to‘g‘ri bajarishi
shart.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin