1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Bakteriyalar
— bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, mikroskop ostida
ko‘rinadi, oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Ular quyosh nurlaridan,
zararsizlantiruvchi moddalar ta’siridan va yuqori haroratdan tez nobud bo‘lishadi.
Past haroratga sezgir emas, muzlashga ham chidaydi. Ba’zi bakteriyalar noqulay
sharoitdan saqlanish uchun himoya qatlami hosil qilishadi yoki sporalarga
o‘raladi. Bakteriyalar vabo, tularemiya, sibir kuydirgisi, manqa, melioidoz kabi
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Viruslar
— eng kichik bakteriyalardan ham o‘lchamiga ko‘ra 100 barobar
kichik mikroorganizmlardir. Bakteriyalardan farqli ravishda viruslar faqat tirik
to‘qima hujayralari ichida rivojlanadi va hujayra paraziti hisoblanadi. Viruslar
xavfli va og‘ir kasalliklar — tabiiy chechak, sariq bezgak, gemorragik bezgak
kasalligini keltirib chiqaradi.
Rikketsiozlar
— viruslar va bakteriyalar orasida joylashgan mikroor-
ganizmlar guruhidan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi va o‘lchamlariga ko‘ra bakteriya-
larga yaqin turadi. Ularni viruslarga yaqinlashtiradigan xususiyati hujayradagi
parazitlikdir. Ulardan ayrimlari qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamli. Rikketsiozlar
toshmali tif kasalligini keltirib chiqaradi.
Zamburug‘lar
— bakteriyalardan murakkab tuzilishi va ko‘payishi bilan
farq qiladi. Zamburug‘ sporalari qurib qolishga va quyosh nurlariga,
zararsizlantiruvchi moddalar ta’siriga chidamli.
Mikrob toksinlari
— ayrim bakteriyalar hayot faoliyatida ajratib chiqargan
yuqori zaharli moddalar.
Bakteriologik quroldan himoyalanish vositalariga quyidagilar kiradi:
— shaxsiy aptechka. Uning tarkibiga: shpris-tyubikdagi og‘riq qoldiruvchi
vosita; fosfororganik moddalar bilan zaharlanishga qarshi dori; radiatsiyaga
qarshi dorilar; bakteriyaga qarshi vositalar; ko‘ngil aynishiga qarshi vosita;
— kimyoga qarshi shaxsiy paket. Bakteriologik (biologik) vositalar bilan
zararlanganda teri qoplamalari zararsizlantiriladi.
3.4. Zamonaviy oddiy qirg‘in qurollari
Zamonaviy oddiy qirg‘in qurollari 
alohida yoki ommaviy qirg‘in qurollari
bilan birgalikda dushman aholisi va texnikasini shikastlash, obyektlarni
buzish yoki yo‘q qilib yuborish maqsadida ishlatilishi mumkin.
Oddiy hujum vositalariga parchalanuvchi, fugas, kumulativ, beton
buzuvchi, yondiruvchi aslahalar, hajmiy portlash qurollari kiradi.
Parchalanuvchi aslahalar, asosan, odamlarga shikast yetkazish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ichida eng xavflisi sharikli bombachalar


33
hisoblanadi. Sharikli bombachalar samolyotlardan kassetalar yordamida
tashlanadi. Har bir kassetada 100 tadan ko‘p bombachalar bo‘ladi. Bunday
kasseta yer ustida ochilib, bombachalar har tarafga otilib chiqadi. Har bir
bombachalar parchalarining zarar yetkazish radiusi 15 metrga teng.
Fugaslar, asosan, sanoat, turar joy va ma’muriy binolar, temiryo‘llarni
buzish, texnika va odamlarga shikast yetkazish, kumulativ aslahalar esa
himoyalangan nishonlarni yo‘qotish uchun mo‘ljallangan.
Yondiruvchi aslahalar odamlarni shikastlash, bino va ishlab chiqarish
obyektlarini, aholi yashaydigan maskanlar, omborlar, transport vositalarini
yondirish va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Yondiruvchi aslahalar 4 xil
bo‘ladi: napalmli, pirogel, termitli, fosforli.
Hajmiy portlash quroli ishlatilganda havoda aralashmaning 15 metr
radius va 2—3 metr qalinlikdagi yoqilg‘i-havo aralashmasining sharsimon
buluti hosil bo‘ladi. Bu bulut detonator yordamida portlatiladi. U quvvati
jihatidan yadroviy qurolga yaqindir.
Oddiy qirg‘in vositalari: portlovchi moddalarning energiyasidan foydala-
nishga asoslangan (fugasli, oskolkali, oskolka-fugasli); issiqlik energiyasidan
foydalanishga asoslangan (yondiruvchi aralashma — napalm, metallash-
tirilgan yondiruvchi aralashma — termit, elektron); o‘limga olib kelmaydigan
(agitatsiya, grafitli, kesuvchi, psixotrop, plastik o‘qlar) bo‘ladi.
Barcha qurol-aslahalar 2 guruhga bo‘linadi: boshqariladigan va boshqaril-
maydigan.
Bu turdagi qurollarning o‘ziga xos xususiyatlari:
Hajmiy portlash (vakuum) qurol-aslahalari (gaz, suyuqlik va boshq.):
— yorilganda — gaz germetik bo‘lmagan fazo (hajm) bo‘ylab bir zumda
tarqaladi va sekinlashib (0,1 soniyagacha) portlaydi;
— ichki fazoda — o‘ta past bosim (vakuum), tashqi fazoda — haddan
ortiq bosim hosil qiladi;
— quvvati oddiy o‘q-doriga nisbatan 4—6 marta katta.
Sharchali, ninachali qurol-aslahalar esa sharcha yoki ninachalar o‘q-dori
ichida (bir necha milligrammdan bir necha grammgacha) joylashadi.
Zamonaviy oddiy qirg‘in qurollari belgilangan joyga raketalar,
havodan, artilleriya, o‘qotar qurol yoki inson tomonidan yetkazib berilishi
mumkin.
Zamonaviy oddiy qirg‘in qurollaridan muhofazalanish tadbirlariga:
aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga tayyorlash (zamonaviy
qirg‘in vositalarini bilish; ulardan muhofazalana olish, birinchi tibbiy
2 – 149


34
yordamni ko‘rsata olish); o‘z vaqtida va to‘g‘ri xabar berish; muhofaza
vositalari (jamoaviy va shaxsiy, ro‘yxatdagi va qo‘l ostidagi)dan mohirona
foydalanish; maxsus tadbirlar (ma’muriy, tibbiy-ma’muriy, epidemiyaga
qarshi, profilaktik, sanitar-gigiyenik, davolash-evakuatsiya)ni o‘tkazish;
evakuatsiya (oldindan o‘tkaziladigan, qisman va to‘liq); avariya-qutqaruv va
boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish kiradi.
Zamonaviy qirg‘in qurollaridan muhofazalanishni tashkil etishda dush-
man tomonidan u yoki bu qurolni qo‘llash ehtimolligini aniq bilish zarur.
Har bir shikastlovchi quroldan himoyalanishda maqsadga muvofiq kela-
digan usul, vosita va muhofazalanish bo‘yicha harakatlarni qidirib topish
kerak. Buning uchun ham ro‘yxatdagi, ham qo‘l ostidagi muhofaza vosita-
laridan foydalanish lozim. Aholini muhofaza qilishda birinchi tibbiy yordam-
ning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin