1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

Profilaktika
odamlarning yuqori darajadagi salomatligini, uzoq yillik
faoliyatini ta’minlashga, kasallanish sabablarini yo‘qotishga, aholining
turmush, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilashga, atrof-muhitni
qo‘riqlashga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.
Infeksion kasalliklarning yanada keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
shunday kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb
gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qo‘yiladi.
O‘lat, vabo, toshmali terlama (toshmali tif), ichterlama (qorin tifi),
paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va shu kabi kasalliklar topilgan


16
yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga
olib borib yotqizish shart.
Griðp, qizamiq, ko‘kyo‘tal va boshqa ba’zi infeksion kasalliklar bilan
og‘rigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va
dezinfeksiya o‘tkazib turish sharti bilan uyida ajratib qo‘yish mumkin.
Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sog‘lomlashtirish muassasalari,
bolalar bog‘chalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya,
jarrohlik, pediatriya va boshqa (infeksion bo‘limdan tashqari) bo‘limlarida
izolator jihozlanadi.
Ayniqsa, xavfli infeksiyalar (o‘lat, vabo) bilan og‘rigan bemorlarga yaqin
yurgan kishilarni o‘sha kasalliklarning inkubatsion davriga teng keluvchi
muddat bilan ajratib qo‘yish shart. Boshqa infeksion kasalliklarda bemorlar
turli muddatga ajratib qo‘yiladi. Infeksion kasalliklarning oldini olish uchun
maktablarda emlash tadbirlari o‘tkaziladi.
2.3. Oziq-ovqat mahsulotlari va suv bilan
bog‘liq xavfli omillar
Har bir inson to‘g‘ri ovqatlanishga katta ahamiyat bermog‘i lozim. Agar
toza suv, sifatli taom iste’mol qilinsa, inson sog‘lig‘i har doim yaxshi bo‘ladi
va u aslo kasal bo‘lmaydi. Lekin odamzod mo‘l hosil olish uchun xilma-xil
tajribalar o‘tkazib, mahsulotlarning tabiiy holini o‘zgartirmoqda. Natijada
ishlatilgan kimyoviy dorilar yerga kirib, ekinlarga zarar keltirayotir.
Kimyoviy vositalarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi oqibatida meva
va sabzavotlarning geni o‘zgarib, hosildorligi oshadi, biroq mazasi va sifati
pasayadi. Shu bilan birga, ushbu moddalar meva, sabzavotlarning ko‘rinishini
ham o‘zgartirib, organizmga foyda keltirish o‘rniga zararli mahsulotga
aylanadi. Sifati o‘zgargan meva va sabzavotlar inson organizmida turli xil
allergik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Geni o‘zgargan mahsulotlar iste’mol
qilinganda organizm ichiga kirib, qon tomir tizimiga katta zarar keltiradi va,
o‘z navbatida, boshqa kasalliklarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.
Quyoshli o‘lkamiz tabiiy va sifatli meva-sabzavotlarga boy bo‘lib, ularni
yilning istalgan faslida topa olamiz. Mamlakatimizda meva va sabzavotlar yil
bo‘yi o‘stirilib, bozorlarimizni to‘ldirib turadi. Agar biz tabiatga zarar
keltirmasak, unga yordam qo‘lini cho‘zsak, yerlarimizni obodonlashtirsak
dasturxonlarimiz yanada to‘kin-sochin bo‘ladi.
Ushbu yordam nimadan iborat? Qachonki, har bir inson o‘zi yashayotgan
hududi, uning boyliklari, yaratilgan sharoitlarining qadriga yetsagina bunga
erishish mumkin. Hayotimiz, sog‘lig‘imiz, eng avvalo, tuprog‘imiz sifatiga,


17
daryo, ko‘llarimizdagi suvlar tabiat yaratgan holda saqlanishiga va nafas
olayotgan havoga bog‘liq. Shuning uchun suvning ifloslanishiga aslo yo‘l
qo‘ymasligimiz kerak. Suv oqar joylarni asrab-avaylash har bir insonning
burchidir.
Inson organizmi, asosan, suvdan iborat, shu bois suv inson uchun
nihoyatda zarurdir. Odam suvsiz yashay olmaydi. Toza suv nafaqat
odamlarga, balki qishloq xo‘jaligiga ham kerakli bo‘lib, suvsiz hosil olishning
iloji yo‘q. Demak, tabiat in’omi bo‘lmish suvni asrab-avaylashimiz kerak.
Biroq so‘nggi paytlarda inson tomonidan tabiatga, ayniqsa, suvga
keltirilayotgan zarar ko‘lami oshib, chegara bilmas darajagacha yetmoqda.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tayyorlagan ma’ruzasiga ko‘ra, 2050-
yilga borib Dunyo okeani suvlarining ifloslanish va kislotalilik darajasi 150 %
ga oshadi. Bu dengiz ekotizimida ortga qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlarga olib
keladi. Dunyo suvlari ifloslanishining asosiy sababi inson tomonidan har kuni
2 million tonna chiqindining tabiiy va sun’iy suv havzalariga tashlanishidir.
Har yili 260 million tonna plastmassa idishlar okeanga uloqtiriladi. Ularning
katta qismini esa dengiz to‘lqinlari qirg‘oqlarga chiqarib tashlaydi. Ichimlik
suvining ifloslanishi kuniga 14 ming kishining o‘limiga sabab bo‘layotgani aql
bovar qilmas ko‘rsatkichdir.
Ifloslangan suv inson organizmiga katta zarar keltiradi. Suv odamning
ko‘rish qobiliyatiga, terisining mayin va toza bo‘lishiga, sochi o‘sishi va
miyaning yaxshi ishlashiga ijobiy ta’sir etadi.
Toza suv qon bilan organizmga kirib, uni vitaminlarga boyitadi. Agar dala
maydonlari iflos suv bilan sug‘orilsa, ekinlar quriydi va zaharlanadi. Inson
iste’mol qilayotgan ichimlik suvining 70—80% i qishloq xo‘jaligiga sarflanadi.
Shunday bo‘lsa-da, suvni isrof qilish davom etmoqda. Agar birgina irrigatsiya
tizimi takomillashtirilsa, qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan suvning 30 % ini
tejab qolish mumkin. Xullas, suvning ifloslanishi natijasida kelib chiqadigan
kasalliklarning turlari kun sayin ortib borayotganligini tibbiy tashxislar ham
isbotlab turibdi. Suvni avaylab-asramas ekanmiz, u bizdan sog‘lig‘imiz
hisobidan «tovon» olaveradi, oqibatda biz turli kasalliklarga chalinaveramiz.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin