33
hisoblanadi. Sharikli bombachalar samolyotlardan
kassetalar yordamida
tashlanadi. Har bir kassetada 100 tadan kop bombachalar boladi. Bunday
kasseta yer ustida ochilib, bombachalar har tarafga otilib chiqadi. Har bir
bombachalar parchalarining zarar yetkazish radiusi 15 metrga teng.
Fugaslar, asosan, sanoat, turar joy va mamuriy binolar, temiryollarni
buzish, texnika va odamlarga shikast yetkazish, kumulativ aslahalar esa
himoyalangan nishonlarni yoqotish uchun moljallangan.
Yondiruvchi aslahalar
odamlarni shikastlash, bino va ishlab chiqarish
obyektlarini, aholi yashaydigan maskanlar, omborlar, transport vositalarini
yondirish va yoq qilish uchun moljallangan. Yondiruvchi aslahalar 4 xil
boladi: napalmli, pirogel, termitli, fosforli.
Hajmiy portlash quroli ishlatilganda havoda aralashmaning 15 metr
radius va 23 metr qalinlikdagi yoqilgi-havo aralashmasining sharsimon
buluti hosil boladi. Bu bulut detonator yordamida portlatiladi. U quvvati
jihatidan yadroviy qurolga yaqindir.
Oddiy qirgin vositalari: portlovchi moddalarning energiyasidan foydala-
nishga asoslangan (fugasli, oskolkali, oskolka-fugasli); issiqlik energiyasidan
foydalanishga asoslangan (yondiruvchi aralashma napalm,
metallash-
tirilgan yondiruvchi aralashma termit, elektron); olimga olib kelmaydigan
(agitatsiya, grafitli, kesuvchi, psixotrop, plastik oqlar) boladi.
Barcha qurol-aslahalar 2 guruhga bolinadi: boshqariladigan va boshqaril-
maydigan.
Bu turdagi qurollarning oziga xos xususiyatlari:
Hajmiy portlash (vakuum) qurol-aslahalari (gaz, suyuqlik va boshq.):
yorilganda gaz germetik bolmagan fazo (hajm) boylab bir zumda
tarqaladi va sekinlashib (0,1 soniyagacha) portlaydi;
ichki fazoda ota past bosim (vakuum), tashqi fazoda haddan
ortiq bosim hosil qiladi;
quvvati oddiy oq-doriga nisbatan 46 marta katta.
Sharchali, ninachali qurol-aslahalar esa sharcha yoki ninachalar oq-dori
ichida (bir necha milligrammdan bir necha grammgacha) joylashadi.
Zamonaviy oddiy qirgin qurollari belgilangan joyga raketalar,
havodan, artilleriya, oqotar qurol yoki inson tomonidan yetkazib berilishi
mumkin.
Zamonaviy oddiy qirgin qurollaridan muhofazalanish tadbirlariga:
aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga tayyorlash (zamonaviy
qirgin vositalarini bilish;
ulardan muhofazalana olish, birinchi tibbiy
2 149
34
yordamni korsata olish); oz vaqtida va togri xabar berish;
muhofaza
vositalari (jamoaviy va shaxsiy, royxatdagi va qol ostidagi)dan mohirona
foydalanish; maxsus tadbirlar (mamuriy, tibbiy-mamuriy,
epidemiyaga
qarshi, profilaktik, sanitar-gigiyenik, davolash-evakuatsiya)ni otkazish;
evakuatsiya (oldindan otkaziladigan, qisman va toliq); avariya-qutqaruv va
boshqa kechiktirib bolmaydigan ishlarni otkazish kiradi.
Zamonaviy qirgin qurollaridan muhofazalanishni tashkil etishda dush-
man tomonidan u yoki bu qurolni qollash ehtimolligini aniq bilish zarur.
Har bir shikastlovchi quroldan himoyalanishda maqsadga muvofiq kela-
digan usul, vosita va muhofazalanish boyicha harakatlarni qidirib topish
kerak. Buning uchun ham royxatdagi, ham qol ostidagi muhofaza vosita-
laridan foydalanish lozim. Aholini muhofaza qilishda birinchi tibbiy yordam-
ning oz vaqtida va togri korsatilishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: