26-rasm.
Tabiiy favquloddagi vaziyat oqibatida yuz bergan holat.
59
1966-yili Toshkent shahrida sodir bolgan kuchli zilziladan keyin
qutqaruv ishlari yaxshi tashkil qilinganligi va tezkor bajarilganligi uchun
aholiga qisqa vaqt ichida barcha zaruriy yordam korsatilgan.
Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan favqulodda vaziyatlar masalasiga
katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, FVDTning favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish boyicha kuch va vositalari tashkil qilingan bolib, ular
quyidagilardan iborat:
Fuqaro muhofazasi qoshinlari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga togridan togri hamda tezkor
boysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan qutqaruv
bolinmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida
FVDTga tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmat-
lari va qutqaruv tuzilmalari, Ozbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining
kongillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), mudofaaga komaklashuvchi
«Vatanparvar» tashkiloti.
Fuqaro muhofazasi qoshinlari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga
boysunadi va oz tezkor yonalishlariga muvofiq harbiy davrda respublika-
ning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni
tugatishga oid ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qoshinlari yirik kolamdagi ishlab chiqarish
avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chogida qutqaruv ishlari va boshqa
kechiktirib bolmaydigan ishlarni amalga oshirish, maxsus texnik asboblar
va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Ozbekiston
Qurolli Kuchlari Bosh qomondonining farmoyishiga kora jalb etilishi
mumkin.
27-rasm.
Zilzila oqibatlari.
60
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga togridan togri boysunuvchi tuzil-
malar malakali mutaxassislarga ega bolishi va maxsus texnika, asbob-
uskuna, aslaha-anjom va boshqa qutqaruv vositalari bilan jihozlangan,
qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida taminlashga
moljallangan doimiy holatdagi qutqaruv tuzilmalarini oz ichiga oladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor boysunuvchi respublika
ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari Ozbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi Yongin xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va
uzoq davom etadigan yonginlarni ochirish boyicha respublika ixtisoslash-
tirilgan otryadini, Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqar-
masi, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining Respublika
tezkor tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarini, «Ozbekiston havo
yollari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy
davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avto-
transport va avtosanitariya otryadlari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni
tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini taminlashga
moljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy
bolinmalarini oz ichiga oladi.
4.7. Zararsizlantirish. Odamlarni sanitariya
ishlovidan otkazish
Zararsizlantirish olib borilganda maxsus tozalash tadbirlari aslaha,
texnika, individual himoya vositalari, kiyim-kechak va boshqa moddiy
vositalarni degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash va dezinfeksiyalashdan iborat.
Har bir usulda zararsizlantirish boyicha bajariladigan ishlar hajmiga
quyidagilar kiradi.
Dezinfeksiya
yoki zararsizlantirish patogen mikroblarni yoqotish maqsa-
dida olib boriladi.
Davolash-profilaktika muassasalarida kimyoviy vositalardan tayyorlangan
zararsizlantiruvchi kukun, tabletka korinishidagi kuchli va ishchi eritmalarni
qollash keng tarqalgan. Zararsizlantiruvchi vositalar maxsus shamollatgich
ornatilgan alohida xonalarda tayyorlanishi lozim.
Tarkibida xlor elementi bolgan zararsizlantiruvchi eritmalarni tayyor-
lashdan oldin maxsus xalat, respirator, qalpoqcha, qolqoplar kiyiladi.
61
Har bir usulda zararsizlantirish boyicha bajariladigan ishlar hajmi
quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |