Belgili turlar. Ma’lumotlarning belgili turlari faqat bitta belgini saqlash uchun xizmat qiladi. Jadvalda C++ Bulider 7 da ishlatiladigan belgili turlar ro‘yxati keltirilgan.
Tur
O‘lcham (baytda)
Char
1
ANSChar
1
WideChar
2
Belgili o’zgarmaslar.Belgili o’zgarmas – bu nomga ega bo’lgan o’zgarmasdir. S/S++ tilida belgili o’zgarmasni aniqlashning ikki usuli mavjud:
1. # define direktivasi ѐrdamida o’zgarmasni aniqlash.
2. const kalitli so’zi orqali o’zgarmasni aniqlash.
An’anaviy usul hisoblangan #define direktivasi orqali o’zgarmasni aniqlashni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin.
#define STAT 15
Bu holda STAT o’zgarmas hyech qanday tipga tegishli 37 bo’lmaydi.
Preprosessor STAT so’ziga duch kelganida uni 15 literaliga almashtiradi.
S/S++ tilida #define direktivasidan tashqari o’zgarmasni aniqlashning nisbatan qulayroq bo’lgan yangi usuli ham mavjud:
const unsigned short int STAT=15
Bu misolda ham belgili konstanta STAT nomi bilan aniqlanayapti va unga unsigned short int tofasi berilyapti. Bu usul bir qancha imkoniyatlarga ega bo’lib, u sizning dasturingizni keyingi himoyasini yengillashtiradi. Bu o’zgarmasni oldingisidan eng muhim afzalligi uning toifaga egaligidir.
Belgili o’zgarmaslarni literal o’zgarmaslarga nisbatan ishlatish qulayroqdir. Chunki agarda bir xil nomli literalli o’zgaruvchini qiymatini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz butun dastur bo’yicha uni o’zgartirishga to’g’ri keladi, belgili o’zgarmaslarni esa faqatgina birining qiymatini o’zgartirish yetarli.
23.Borland C++ Builder da Forma tushunchasi
Ixtiyoriy ilovaning asosiy elementi forma (konteyner) xisoblanadi. Formaga bir nechta ko’rinadigan va ko’rinmaydigan komponentalar joylashtirish mumkin. Forma, foydalanuvchi nuqtayi nazardan, u ilova bilan ishlayotgan darchadir. Ilovaga kiritilgan har bir yangi forma o’zining moduli (unit) ga ega. Modulda formada bajarish kerak bo’lgan funksiya, protseduralar keltiriladi.
Odatda murakkab ilovalar bir nechta formadan iborat bo’ladi. Yangi ilova (programma) tuzish uchun File menyusidan New Application komandasi tanlandi. Doimo birinchi forma asosiy forma hisoblanadi. Ilovaga yangi forma qo’shish uchun File menyusidan New Form tanlanadi. Bir formadan boshqasiga o’tish uchun Show va ShowModal metodi joriy forma ustida ishlashga ruxsat beradi. Bir formani ustiga ikkinchi formani chaqirganimizda asos formaning Unit1 ga Unit2 ni qo’shib Ixtiyoriy ilovaning asosiy elementi forma (konteyner) xisoblanadi. Formaga bir nechta ko’rinadigan va ko’rinmaydigan komponentalar joylashtirish mumkin. Forma, foydalanuvchi nuqtayi nazardan, u ilova bilan ishlayotgan darchadir. Ilovaga kiritilgan har bir yangi forma o’zining moduli (unit) ga ega. Modulda formada bajarish kerak bo’lgan funksiya, protseduralar keltiriladi.