20Borland C++ Builder da butun va haqiqiy sonlar Butun sonlar o’lchami. Bir xil tipdagi o’zgaruvchilar uchun turli kompyuterlarda xotiradan turli hajmdagi joy ajratilishi mumkin. Lekin, bitta kompyuterda bir xil tipdagi ikkita o’zgaruvchi bir xil miqdorda joy egallaydi.
char tipli o’zgaruvchi bir bayt hajmni egallaydi. Ko’pgina kompyuterlarda short int (qisqa butun) tipi ikki bayt, long int tipi esa 4 bayt joy egallaydi. Butun qiymatlar o’lchovini kompyuter sistemasi va ishlatiladigan kompilyator aniqlaydi. 32 - razryadli kompyuterlarda butun o’zgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi.S/S++ tilida konstantalar ishlatiladi:
Butun tip (toifa)li o’zgarmaslar: ular faqat butun sonlardan iborat bo’ladi. Masalan: 15, 64, 1964, - 21 va h.k.
Haqiqiy tipli o’zgarmaslar: ular butun va kasr qismlardan iborat bo’ladi. Masalan: 1,5 15,64 va h.k.
int Bu toifadagi o’zgaruvchilar xotiradan 2 bayt joy egallaydi. Ularning o’zgarish intervali (diapazoni): -32768 dan + 32767 gacha.
long Masalan: long a,b,s,dd2. Bu toifadagi o’zgaruvchilar xotiradan 4 bayt joy egallaydi. Ularning o’zgarish intervali -2147483648 dan + 2147483647 gacha.
unsigned short Xotiradan 2 bayt joy egallaydi, o’zgarish intervali (diapazoni): 0 dan 65535 gacha. unsigned long. Xotiradan 4 bayt joy egallaydi, o’zgarish intervali (diapazoni): 0 dan 4 294967 295 gacha. unsigned shar. Xotiradan 1 bayt joy egallaydi, o’zgarish intervali (diapazoni): 0 dan 255 gacha.
Haqiqiy toifadagi o’zgaruvchilar: float Bu toifadagi o’zgaruvchilar xotiradan 4 bayt joy egallaydi, o’zgarish intervali 10-38 dan 10+38 gacha. Juda katta ѐki juda kichik
o’zgaruvchilarni belgilashda double toifasi ishlatiladi va xotiradan 8 bayt joy oladi.
21.Borland C++ Builder da mantiqiyifodalar
Borland C++ Builder da mantiqiy ifodalar. Mantiqiy operasiyalar:=&&- mantiqiy ko’paytirish (va), || - mantiqiy qo’shish (yoki), ! – mantiqiy inkor (emas). Mantiqiy operasiyalarni ixtiѐriy toifadagi sonlar 15 ustida bajarish mumkin. Agar, javob rost bo’lsa, natija 1 ga teng bo’ladi, agar javob yolg’on bo’lsa, natija 0 ga teng bo’ladi.
Masalan: (i<25 && j=64); (s16,4|| s4= =5));
Taqqoslash operasiyalari:=<|<=|>=|>|= =|!=;
Surish operasiyasi:=<<>>;
O’zlashtirish operasiyasi:=+=|-=|*=|/=|%=|>>=|<<=|=|^= ;
22.Borland C++ Builder da belgili ifodalar
25>