56.StaticText kompanentasi xodisalari va xossalari. Ctl3D xususiyati True ga o’zgartirilsa chetlari chegara hosil qiladi.
StaticText kompanentasi xodisalari va xossalari
Statictext - Statik (turg'un) satr. Align xossasi komponentani u joylashgan konteyner ichidagi joylashuv variantlarini aniqlaydi. Aksariyat hollarda konteyner sifatida Form formasi yoki Panel paneli keladi. Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini qabul qilishi mumkin: alnone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi. Komponenta ilovani yaratish paytida qaerga joylashtirilgan bo'lsa, shu joyda qoladi; altop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi, komponenta balandligi o'zgarmaydi, eni esa konteyner eniga teng bo'ladi; albottom - AlTop ga o'xshash, faqat komponenta konteyner pastiga joylashadi; alleft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi, eni o'zgarmaydi, buyi esa konteyner buyiga tenglashadi. alright - alleft ga o'xshash, faqat komponenta konteynerning o'ng tomoniga ko'chadi; alclient - komponenta konteynerni to'la egallaydi. OnMouseDown hodisasi sichqoncha tugmasini bosganda ro'y beradi. OnMouseUp hodisasi sichqoncha tugmasi qo'yib yuborganda ro'y beradi. Umuman olganda sichqoncha tugmasi bosib qo yib yuborilganda qo'yidagi hodisalar ketma - ketligi ro'y beradi : OnMouseDown => OnClick (chap tugma uchun) => OnMouseUp. Agar komponenta sohasiga sichqoncha tugmasini ikkilangan bosishi amalga oshirilsa, OnDblClick hodisasi ro'y beradi. Bu holdagi hodisalar ketma - ketligi qo'yidagicha bo'ladi: OnMouseDown => OnClick => OnMouseUp => OnDblClick => OnMouseDown => OnMouseUp.
57.SaveDialog1 komponentasi va uning xususiyatlari