51.Statik metodlar va maydonlar
Statik elementlar hamda funksiyalar
Shu paytgacha, har bir yaratilgan element o‘zining xususiy ma’lumotlar elementiga ega bo’lar edi. Lekin, shunday holat bo’ladiki, bitta sinf doirasidagi obyektlarning ba’zi elementlari o‘zaro bog’langan bo’ladi. Masalan, ish vaqti bir xil bo’lgan 1000 ta ishchining oylik maoshini hisoblaydigan dastur tuzish taklif qilinayotgan bo’lsin. Soliq stavkasini aniqlash uchun dastur har bir ishchining sharoitini bilishi kerak. Buning uchun aytaylik, state_of_employee nomli sinfdan foydalanamiz. Agar, ishchilar bir xil sharoitda ishlasa, demak, dastur barcha employee tipidagi obyektlar uchun (barcha ishchilar uchun) ushbu elementlardan o’zaro moslikda foydalanadi. Ushbu holatda dastur, bitta axborotning 999 ta nusxasidan foydalanish bilan xotiradan foydalanish hajmini kamaytiradi.
Sinfning elementidan o’zaro moslikda foydalanish uchun, ushbu element static (statik) deb e’lon qilinishi zarurSinf elementi static deb e’lon qilinganidan so’ng, u umumiy (global) o’zgaruvchi sifatida e’lon qilinishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |