Ishlovdan o‘tgan pishloq qalinligi 2-3 mm qilib non usti yopiladigan miqdorda kesilib tayyorlanadi. Tayyorlangan non ustiga sariyog‘ yoki margarin yupqa surtilib, ustiga tayyorlangan pishloq quyib beriladi. Pishloq non yuzasnni tuliq koplashi kerak.
Kolbasali buterbrod.
Kolbasa qalinlari ko‘ndalangiga bir bo’lak hisobida, ingichkalari burchak ostida 2 yoki 3 bo’lakdan qilib kesib tayyorlanadi. Nonga sariyog‘, yog‘li grechka yoki margarin surtilib kolbasa quyib beriladi.
Murakkab buterbrodlar (assorti yoki markazcha).
Ta'mi va rangi uzaro uyushadigan va xushxurligini oshiradigan bir necha xil mahsulotlardan tayyorlanadi. Kesilgan go‘sht mahsulotlari, dudlangan mahsulotlar, syemga, syeld filelari va boshqa mahsulotlarni yupqa kesib, konus shaklida urab, ichiga salat yoki mayonyez sardagi yoki kuk nuxat, pishirib chopilgan tuxum solib tayyorlanadi. Ularni bezashda yangi pomidor, bodring, qizil qalampir, redis, sabzi, pishirib chopilgan tu xum, ko‘kat va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bezash oxirida yumshatilgan sariyog‘, xar xil mahsulotli yog‘ bilan qandolatchilik qopchig‘idan foydalanib nozik bezak beriladi.
Yopiq buterbrodlar (sandvichlar).
Oq baton non qobig‘i tozalanib, ko‘ndalangiga 2 bo‘linib, uzunasiga 0,5 sm. qalinlikda yupqa kesiladi. Non ustidan sariyog‘ surtilib ustidan yupqa kesilgan mahsulot (go‘sht, baliq, baliq, pishlo‘q, va xo‘qazo) quyib, ustidan sariyog‘ surtilgan ikkinchi non bulagi bilan berkitilib yengil bosib qo‘yiladi va kengligi 7-8 sm qilib kesiladi.
Sandvichlar 2 yoki 3 qavatli yoki aralash mahsulotli qilib tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlangan buterbrodlarga bug‘doy uni bulochka - nonchalari bilan tayyorlanadigan dorojniy buterbrodlari kiradi. Buning uchun noncha ko‘ndalangiga o‘rtasidan kesilib, bir cheti uzaro ilinadigan holda qoldirilib kesilgan yuzaga yupqa sariyog‘ surtilib, noncha orasiga yupqa kesilgan mahsulot qo‘yiladi. Mahsulot bilan birga yangi yoki konservalangan achchiq bulmagan qalampir, kuk piyoz va boshqalar yupqa kesib qo‘yilishi mumkin. Mahsulot sifatida pishloq, kolbasa, qovurilgan yoki pishirilgan go‘sht, kotlet va boshqalar ishlatiladi.