Bu jarayon kasallikning asosiy o‘chog‘i bo‘lgan fibrozli kaverna va asosiy o‘choq joylashgan o‘pkada yoki ikkinchi o‘pkada hosil bo‘lgan boshqa fibrozli kavernalar mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu shaklda o‘choqlarning ikki tomonlama bronxogen disseminatsiyasi, ko‘p yoki kam rivojlangan fibroz (tsirroz), plevralarning yopishib, bitib qolib dag‘allashishi, ikkilamchi emfizema, bronxoektaz, pnevmoskleroz, o‘pkaning surunkali boshqa o‘zgarishlari, bronxogen disseminatsiyaning yangi o‘choqlari paydo bo‘lish hollari kuzatiladi. Bu jarayon o‘pka sili turli formalarining oxirgi bosqichi bo‘lib, kasallikning noxush kechayotganligidan dalolat beradi, II-III-darajali o‘pka faoliyati yetishmovchiligi bilan asoratlanganligini, o‘qtin-o‘qtin qon tufurish yoki o‘pkadan qon ketishini, doimosil mikobakteriyasining balg‘am bilan ajralib chiqishini o‘z ichiga oladi.
Tez rivojlanuvchan fibroz-kavernali o‘pka silini aniqlashda bemor hayoti davomida kasallikning uzoq vaqtdan beri kechayotganligini, kasallikning o‘qtin-o‘qtin qo‘zg‘alishi, mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishi bilan kechishini hisobga olmoq kerak.
g) Sirrotik o‘pka sili, tez rivojlanuvchan davri, shakllanayotgan “o‘pka yuragi” ko‘rinishlari yoki, II-III-darajali o‘pka-yurak yetishmovchiligi yoki bronxoektazlar va o‘qtin-o‘qtin qon tufurish yoki o‘pkadan qon ketishi bilan.
Bunda kasallik bir o‘pkani butunlay qamrab olishi, boshqa o‘pkada emfizema rivojlanishi bilan yoki kasallikning ikkala o‘pkada rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Birinchi navbatda bemorda xansirash, nafas olish imkoniyatining, va ayniqsa o‘pka hayot hajmining keskin kamayishi kuzatiladi. “O‘pka yuragi”ning subkompensatsiya va dekompensatsiya sindromi rivojlanadi. Bemorda xansirashdan tashqari tsianoz, taxikardiya, yurak tonlarining bo‘g‘iqligi kuzatiladi.
Shakllangan bronxoektazlarning klinik ko‘rinishida qaytalanuvchi qon tufurish yoki o‘pkadan qon ketishlar o‘rin olgan bo‘ladi. Asoratlarning bu ko‘rinishi bemor hayoti uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
Bunday bemorlarning rentgenologik suratida kavernalar tirqishsimon, deformatsiyalangan bo‘ladi, katta o‘choqli o‘zgarishlar bitta-ikkita yoki ko‘plab bo‘lishi, disseminatsiya o‘choqlari bir yoki ikkala o‘pkada bo‘lishi kuzatiladi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi (rentgen, tomografiya, qon va balg‘amning klinik-laboratoriya tekshiruvlari).