Raqamli marketing



Yüklə 25,72 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü25,72 Kb.
#118141
digital marketing


Raqamli marketing
Raqamli marketing - (Internet marketing deb ham yuritiladi) bu mahsulot va xizmatlarni tadbiq qilish uchun Internet va kompyuterlar, mobil telefonlar va internetga ulanadigan boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanadigan marketingning tarkibiy qismi hisoblanadi. Marketing sohasidagi bu yangi yo’nalish mobil qurilmalar, kompyuterlar va internet rivojlanishi bilan 1990-2000 yillardanoq butun dunyo bo’ylab ko’plab brendlar va korxonalarning tovar va xizmatlarini ommaga tatbiq qilishi va tanishtirishning butunlay yangi pog’onasiga olib chiqish bilan birga marketing texnologiyalaridan foydalanish usullarini ham o’zgartirib yubordi. Raqamli platformalar marketing rejalari va kundalik hayotga tobora koʻproq kiritila boshlaganligi, butun dunyo bo’ylab odamlar an’anaviy bozorlardan ko’ra ko’proq elektron( internet) magazinlarni afzal ko’rayotganligi sababli, qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO), qidiruv tizimi marketingi (SEM), kontent marketing, influenzer marketing, kontentni avtomatlashtirish, kampaniya marketingi, maʼlumotlarga asoslangan marketingelektron tijorat marketingiijtimoiy media marketingi (SMM), toʻgʻridan-toʻgʻri email marketingi, displey reklama qilish, elektron kitoblar va optik disklar, oʻyinlar kabi kombinatsiyalaridan foydalanish odatiy holga aylandi. Raqamli marketing televidenie, mobil telefonlar (SMS va MMS), qayta qoʻngʻiroqlar va ushlab turilgan mobil qoʻngʻiroq ohanglari kabi raqamli medialarni taqdim etuvchi Internetdan tashqari kanallarni ham qamrab oladi. Internetdan tashqari kanallarni ham qamrab olish raqamli marketingni onlayn reklama qilish ilmidan ajratib turadi. Yaʼni, raqamli marketing internetdan tashqari baʼzi sanab oʻtilgan internetsiz platformalarni oʻz ichiga qamrab olishi bilan u „onlayn reklama qilish“dan farqlanadi.
Raqamli marketing nima ekanligini tushunish uchun, avvalo, an'anaviy marketing nima ekanligini va u qanday rivojlanganligini tushunishimiz kerak. Dastlab an'anaviy marketingda xabarlar ommaga, ya'ni katta odamlar guruhiga qaratilgan. Ushbu turdagi marketing harakati batafsil segmentatsiya qilish imkoniyatini bermaydi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi va o'sishi bilan raqamli marketing tug'ildi, biz uni raqamli kanallar va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan marketing harakatlari va strategiyalari sifatida belgilashimiz mumkin. Ushbu harakatlar ham reklama, ham savdo bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ammo ularni an'anaviy marketingdan ajratib turadigan narsa shundaki, ular raqamli makonda amalga oshiriladi.
An’anaiviy maketingning eng optimal modeli sifatida foydalanib kelingan 4Ps: Price ( Narx), Promotion ( targ’ibot), Product (Mahsulot), Place (Joy) modeli bugungi kunda raqamli marketingda o’rinsiz hisoblanadi va o’rnini bosuvchi 4Cs: Content (Kontent), Community ( Jamiyat), Connect (Bog’lanish), Conversation (Muloqot) kirib kelmoqda.
Raqamli marketingning asosiy afzalliklari
1.Raqamli marketing axborot oqimlari, bozor sharoitlari, ma'lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish va doimiy monitoring qilishning optimal usuli hisoblanadi
2. Kontekstli reklamadan foydalanish va ma'lum bir maqsadli auditoriya bilan "ishlash" kerak bo'lsa, qo'shma aktsiyalarni o'tkazish uchun ma'lum bir kontingent bilan mashhur saytlarni jalb qilish.
3. Agar mahsulot yosh va ilg'or foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lsa, unda ijtimoiy tarmoqlar, mobil va Internet ilovalari va virusli videolarni ko'rsatish orqali ushbu auditoriyaning qamrovi oshirilishi mumkin.
4. Telekanallar orqali ishlashning iloji bo‘lmasa, virusli kontent, internet PR, ijodiy flesh-moblar va boshqa yirik loyihalar yordamida keng aholini xabardor qilish mumkin.
5. Internet uchun video suratga olish orqali murakkab ko'p komponentli mahsulotni targ'ib qilish yanada samaralidir.
6. Ma'lumki, xaridlar ko'pincha hissiy xarakterga ega. Chiroyli tasvirlar, dinamik animatsiyalar, hissiy videolardan foydalanish tegishli kayfiyatni yaratishga yordam beradi.
7. Brend, mahsulot va xizmatlarni ilgari surish uchun maqsadli auditoriya bilan doimiy aloqada bo'lish juda muhimdir. Iste'molchilar bilan aloqada bo'lishning eng keng tarqalgan usuli - bu ijtimoiy tarmoqlar. Va bu usul haridorlarning kompaniyaga sodiqligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda raqamli marketingning samaradorligiga hech kim shubha qilmaydi, ammo hamma kompaniyalar ham undan o'z ishlarida foydalanishni boshlagani yo'q. Korxonalarga yangi narsalarni o'rganishdan, ilg'or texnika va usullarni joriy etishdan qo'rqmaydigan odamlar kerak. Raqamli marketing bo'yicha mutaxassis doimiy ravishda brendni tahlil qilishi, baholashi, prognozlashi va vaziyatga mos keladigan reklama texnologiyasini tanlashi kompaniya rivojiga katta hissa qo’shadi. Ayniqsa, bugungi bozor iqtisodiyotida raqobatchilar orasida yo’q bo’lib ketmasdan, mavqeyini saqlab qolish va brendni rivojlantirish uchun raqamli axborot vositalaridan shu qatorda raqamli marketingdan foydalanish zamon talabi hisoblandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https://gb.ru/blog/tsifrovoj-marketing

  2. https://uz.wikipedia.org

  3. Understanding Digital Marketing—Basics and Actions. Teresa Piñeiro-Otero,University of A Coruña, Xabier Martínez-Rolán,University of Vigo

  4. https://www.digitalmarketer.com/digital-marketing/assets/pdf/ultimate-guide-to-digital-marketing.pdf

  5. https://www.academia.edu

Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin