Yigit: Yana navbatni ustozlarimizni madh etuvchi she’rlarga beramiz.
She’rlar Ekranda ustoz haqida slayd ketadi.
Qiz: Bugungi bayram dasturimizda xotiraga ham e’tibor qaratganmiz. Hozir shu xotiraning bir qismini ko`rsatib bermoqchimiz. Ilohim o`tgan ustozlarimizning ohiratlari obod, joylari jannatda bo`lsin
O`quvchilar tomonidan sahna ko`rinishli raqs ijro etiladi.
Yigit: Kayfiyatlarimizni ko`tarib olish maqsadida navbatimizni sinfimizning yigitlariga beramiz
Qiz: Marhamat yigitlar sizlarning ham hunarilani bir ko`raylik.
Yigitlarning chiqishi Yigit: Ustozlar el ichra topgaydir qadr
Doimo shogirdlar ehtiromida
Bayram tabrigini eting siz qabul
Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida
Qiz: Dilingiz aylasin bu qizlar xushnud
Unuting bir lahza tashvish- g`amlarni
Ilojin topsangiz siz ham qo`shilling
Yayrasin bu dillar, tashlab kamlarni
Raqs. Oyqiz Yigit: O`z elini ulug`lagan buyuk inson, ketdi yo Rab
To`y boshlagan diyorini etib hayron, ketdi yo Rab
Yutuqlardan quvonchini yuragiga sig`dorlmay
Yaratga aytmoq uchun ulug xoqon, ketdi yo Rab
Qiz: Omon boring buzrukvorim, rizo bo`ling xalqingizdan
Sizga loyiq bo`lgan har bir mard o`g`lu- qizingizdan
Unutmaymiz sizni also ko`zdek asrab shu Vatanni
Ming rozimiz, ming rozimiz, ming rozimiz ota sizdan.
Yigit: Aziz do`stlar barchamizga ma’lumki, boshimizga og`ir musibat tushdi. Mustqalligimiz asoschisi, bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov bu yorug` olamni tark etdi. Lekin u bizga shunday jannatmakon yurtni barpo etib ketdilar.
Qiz: Endi biz ularning ruhi shod bo`lishi uchun ilm sirlarini egallab, Vatanimizni yanada yuksaklarga ko`tarishimiz kerak. Hozir shu insonni yod etish maqsadida o`quvchilarimiz tomonidan yana bir xotira qismi tayyorlangan