1-oktyabr uchun Ssenariy 1 . Intro (musiqa) 2. Raqs (xorazmcha) 3. Boshlovchilar: Musiqa sadolari ostida boshlovchilar she`r o`qib sahnaga ko`tariladi; Xurshidbek: Qalbimda ehtirom, bitayin doston,
Qadrdon ustozim, sizsiz mehribon,
Hayotim kitobin yoritib turar,
So`zingiz shiordir bizga har qachon!
Mashhura: Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz,
Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz,
Jamiyatda munosib o`rin olgaydir,
Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz !
Xurshidbek: Assalomu alaykum aziz ustozlar va bayram tadbiri mehmonlari!
Mashhura: Assalomu alaykum, mehribon murabbiylar! Hush kelibsizlar ! Qadamlaringizga hasanot!
Xurshidbek: Bugun biz o`z qalb qo`rini, ko`z nurini, mehr-muhabbati-yu kelajagini buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek ma`suliyatli vazifani zimmalariga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog`lagan ustozlarimizni, muallim-u murabbiylarimizni qutlash, e`zozlash maqsadida to`planganmiz!
Mashhura: O`qituvchilik azal-azaldan e`tiborli kasb hisoblanadi. Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir! Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik!
Xurshidbek: Aziz ustozlar! Bugun aynan sizga va siz uchun ushbu bayram dasturini tayyorladik! Bayram dasturimizni ochib berishlari uchun so`z navbatini Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti, “Matematika va informatika” fakulteti dekani , pedagogika fanlari bo`yicha Falsafa Doktori(PhD), dotsent Jamshid Baxtiyorovich Ergashevga beramiz! Marhamat ustoz!
Fakultet dekanidan so`ng dekan o`rinbosarlariga ham so`z beramiz!
Mashhura: Bugun barcha madhlar-u, barcha kalomlar faqat sizlar uchun aziz ustozlar. Navbat sizlar uchun tayyorlangan bayram dasturining badiiy qismiga. Keling hozir shogirdlaringizning sizni madh etuvchi she`rlarini tinglasak.
Shu so`zdan keyin she`r yod olganlar sahnaga chiqadi Xurshidbek: Darhaqiqat! Biz sizdek aziz ustozlarimiz uchun bir-biridan go`zal bo`lgan she`rlar guldastasini hozirlab qo`yganmiz va marhamat ajoyib she`rlardan bahramand bo`ling! Bugungi shodiyona, kuy, qo`shiq va raqslar sizlar uchun yangraydi!!!