5.1. Musiqa qo`yiladi va Boshlovchilar sahnaga chiqadi:
Xurshidbek: Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz.
Goh quvonch, goh alam, ko`z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g`ururim, iftihorlarim!
Xurshidbek: Qadrli ustoz! Hayot kitobini ochuvchi sizsiz. Yaxshi-yomon kunlarimizning kuzatuvchisi ham siz. Sizni ko`rib shodlanamiz. Yuragimiz, qalbimiz bilan sizga talpinamiz ustoz! Ustozlar! Bugun sizni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz!
Mashhura: Siz ustozlarning poyingizga guldastalar sochib hurmatlab e`zozlasak arziydi! Bugun sizlarni ulug` ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etamiz va sizga ko`tarinki kayfiyat ulashish uchun navbatni fakultetimizning iqtidorli talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” chiqishiga beramiz! Marhamat kutib oling!
Ajoyib intro qo`yiladi
6. QvZ Musiqa ostida QvZ jamoasi zalni tark etadi,
7. Boshlovchilar:
Xurshidbek: Albatta ushbu sahna ko`rinishini tayyorlaganliklari uchun iqtidorli talabalarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va bayram dasturimizni mana shunday ko`tarinki kayfiyat bilan davom etamiz!
Mashhura: Ushbu shodiyonali kunda barchaning ko`zlaridagi quvonch uchqunlari yaqqol ko`rinib turibdi. Shunday ko`tarinki ruh ila navbatni Xalqizmizning sevimli shoiri Muhammad Yusufning “Oddiy muallim” she`riga beramiz! Marhamat!
8.1. Musiqa qo`yiladi va Boshlovchilar sahnaga chiqadi:
Xurshidbek: Ajoyib she`r va ajoyib ijro uchun katta rahmat! Menga ma`lum boʻlishicha Fakultetimizning iqtidorli talaba qizlari ajoyib taronani kuylash uchun tayyorlanib kelishibdi, shu o`rinda 8 qator misrani aytib o`tsak
Ustozlar el ichra topgaydir qadr,
Doimo shogirdlar ehtiromida,
Bayram tabrigini eting siz qabul,
Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida!
Mashhura: Dilingiz aylasin bu qizlar hushnud,
Unuting bir lahza tashvish-g`amlarni,
Ilojin topsangiz siz ham qo`shilling,
Yayrasin bu dillar, tashlab kamlarni…
Endi esa navbatni talaba qizlarimiz ijrosidagi “__________” qo`shig`iga beramiz!