II bob. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirish uslublari
2.1. O`quvchilarni ongli o`qishga o`rgatish usullari
Boshlang`ich ta`limda o`qishning uch turidan foydalaniladi:
Ovozli `qish. 2.Ichda o`qish.
Shivirlab o`qish
Ovozli o`qish ovozga asoslangan o`qish bo`lab, undan ta`lim jarayonida
keng foydalaniladi.
Ovozli o`qishning yakka, jo`r va rollarga bo`lib, o`qish usullari mavjud.
Yod aytish ham ovozli o`qishning bir shaklidir.
Ichda o`qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o`qiladi. Shivirlab o`qish yarim ovoz bilan o`qishdir. Malakali kitobxon o`qishning
har uch turini bilishi zarur.
Ovozli o`qishning ham, ovozsiz ichda o`qishning ham, shivirlab o`qishning ham o`z qo`llanish o`rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2- sinf o`quvchilari ichida o`qiganda kam so`z o`qiydi, so`zning ma`nolarini tushunmay qoladi, o`qiganlarining mazmunini to`liq o`zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar o`qishni endi o`rganayotgan o`quvchilar o`qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham sezganliklarini ko`rsatganlar. Ikkinchidan, ikkinchi sinf o`quvchilarida o`qish ko`nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o`qish jarayonida ayrim so`zlarni noto`g`ri o`qish natijasida uning ma`nosini tushunmaganlar. SHularni nazarda tutgan holda 1- 2- sinflar ovozli va shivirlab o`qishdan foydalaniladi.
3-4- sinflarda ovozli o`qish bilan birga ichda o`qishdan ham foydalaniladi. 3-4- sinflar ichda o`qish ancha samarali bo`ladi. Lekin bu sinflarda ichda o`qish mexanik o`qishga aylanmasligi kerak. Ichda o`qish biror maqsadga yo`naltirilishi kerak, ya`ni turli topshiriqlar asosida ichda o`qitilishi lozim. Masalan, «She`rni ichingizda o`qib, ifodali o`qishga tayyorlaning.», »Hikoyani ichingizda o`qing, ma`nosi tushunarsiz so`zlarni lug`at daftaringizga yozing.», «Lug`atdan foydalanib, ularning ma`nosini izohlashga harakat qiling».
-Hikoyani ichingizda o`qib, uni qismlarga bo`ling.
-Ichingizda o`qib, ovoz chiqarib to`g`ri o`qishga tayyorlaning.
-Ichingizda o`qing. Tabiatning ko`rinishi tasvirlangan o`rinni toping.
Bu topshiriqlar sinfdan sinfga o`tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o`quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. Ichda o`qish quyidagi afzalliklarga ega:
Bir vaqtning o`zida butun sinf o`quvchilari o`qiydi.
O`quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari takomillashadi.
O`qituvchi har bir o`quvchining mustaqil ishlash jarayonida o`zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Ichda o`qishda ongli o`qishga talab, e`tibor kuchayadi.
Ichda o`qishda o`qituvchi o`quvchilar o`qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishdagi kamchilikdir.
Ovozli o`qishning afzalliklari quyidagilar:
O`qituvchi o`quvchilarning xato va kamchiliklarini, o`qish ko`nikmalarini aniqlay oladi.
Kichik yoshdagi o`quvchilar ovoz chiqarib o`qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.
Ovozli o`qishdan kitobxon estetik zavq oladi.
Ovozli o`qishda ifodalilikka katta e`tibor beriladi.
Ovozli o`qish o`quvchilar lug`atini boyitish va nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega.
Maktabda o`qishning bu uch turi navbatma-navbat almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va pichirlab o`qishdan ichga o`qishga o`tilsa, 3-4- sinflarda ichdan o`qishdan ovozli o`qishga o`tiladi. 3-4- sinflarda o`qishning turlaridan foydalanishda chegara qo`yilmaydi.
Boshlang`ich sinflarda o`qishning hamma turiga bir xil talab qo`yiladi, ya`ni o`qish to`g`ri bo`lishi, tez, ongli va ifodali bo`lishi zarur.
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o`qituvchi badiiy asarning san`at asari sifatida o`ziga xos xususiyatlari va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.
Badiiy asarda barcha qismlar (g`oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o`zaro bog`liq bo`ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o`qish va idrok etishni talab etadi.
O`quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o`rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o`stirish orqali ta`lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg`otadi. Asar tahlili o`qituvchidan o`quvchilar faoliyatini ma`lum maqsadga yo`naltirishni taqozo qiladi.
«Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o`quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O`quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g`oya, muammolarni to`liq
-21-
tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi»7.
O`quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma`noni chuqur o`rganishga yordam beradi. O`qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.
Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.
Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.
Asarni qanday metodlar asosida o`rganishni aniqlashi.
O`quvchilar egallaydigan bilim, ko`nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo`linadi:
Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirish dan iborat.
Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog`lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kul’minatsion nuqta, echim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g`oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san`at asari sifatida baholash (qanday ma`lumotlarga ega bo`ldik, asar nimaga o`rgatadi, muallif o`z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq, ravshan va ta`sirli tarzda etkazadi va hokazo)dan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |