3. 12 juft bosh miya nervlarining chiqish joylari.
Hidlov piyozchasi ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hid biluv ipchalari (fila olfactoria) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hid biluv yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib, hid biluv uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hid biluv uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oraligida ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. opticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil boiadi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus) boʻlib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepalik (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quygichni (infundibulum) hosil qiladi. Quygichning uchida gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) bor. So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga joylashgan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari bosh miyaning oyoqchalari (pedunculi cerebri) joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalar orasidagi chuqurcha (fossa interpeduncularis) boiib,ʼuning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Bosh miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantimvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi ko‘rinadi. Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya nervi g‘altak nervining (n. trochlearis) ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomonda ko‘ndalang bolish shaklidagi ko‘prikka (pons) borib taqalgan. Ko‘prikning tashqi qismlari miyacha tomon yo‘nalib, miyachaning o‘rta oyoqchasini (pedunculus cerebellaris medius) hosil qiladi. Ko‘prik bilan miyachaning o‘rta oyoqchasi chegarasida V juft bosh miya nervi uch shoxli nervning (n. trigeminus) ildizi ko‘rinadi.
Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi o‘rta yoriq bilan ajralgan uzunchoq miyaning Piramidasi (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa Oliva (oliva) ko‘rinadi. Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. Abducens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. Facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. Vestibulocochlearis) ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-halqum nervi (n. Glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. Accessorius) ildizlari chiqadi.XII juft til osti nervining (n. Hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |