2-MAVZU:NERV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI VA OLIY NERV
FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Nerv sistemasining umumiy tuzilishi.
2.Nerv tolasining hususiyatlari.
3.Nerv markazlari xasida tushuncha va ularning fiziologik hususiyatlari.
4. Nerv tizimi turli bo‘limlarining tuzilishi.
5.Bosh miya katta yarim sharlari po‘slog‘ini tekshirish usullari.
6. Shartli va shartsiz reflekslar.
7.Shartli refleks turlari.
8.Shartli reflekslarning tormozlanishi.
Tayanch tushunchalar: Nerv, neyron, qo‘zg‘alish, tormozlanish, bosh va orqa
miya, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish.
Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv
sistemasining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha, hujayra, to‘qima,
organlari va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan, ichki
organlardan keladigan axborotlarni qabul qilish va ularni markaziy nerv
sistemasiga etkazib berish, organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog‘lash
va organizmning bir-butunligini ta’minlash, ichki sekretsiya bezlarida ishlab
chiqariladigan turli gormonlarning kon orqali organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini,
moddalar almashinuvini boshqarish, o‘sish va rivojlanishga ta’sir etishdan iborat.
I.P.Pavlov nerv tizimining bu vazifasini uning quyi funksiyasi deb atagan.
Bu vazifani orqa va bosh miyaning quyi qismlari (uzunchoq, o‘rta, oraliq, miya va
miyachada joylashgan nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit
va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog‘lanishini, muomalasini tashqi muhit
sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Tashqi muhit ta’sirida, atrofdagilar bilan
munosabati natijasida odamda paydo bo‘lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish,
hunar o‘rganish, xotira kabi yuksak insoniy hususiyatlar ham nerv tizimining ana
shu ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P.Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv
faoliyati deb atagan. Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida
joylashgan (bosh miya yarim sharlari va uning po‘stloq qismi) nerv markazlari
bajaradi.
Nerv tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv tizimi. Markaziy
nerv tizimiga bosh va orqaa, miya kiradi. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan
chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan
chiqadigan 12 juft nervlar. Hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda
joylashgan nerv tugunchalari kiradi.
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra , nerv sistemasi ikki qismga bo‘linadi: somatik
va vegetativ nerv tizimi. Somatik nerv tizimi odam tanasining sezgi organlari,
skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlar (nafas
olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va oshqozon hamda ichki sekretsiya
bezlari ishini boshqaradi.
Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv
hujayralariga
neyron
deb
ataladi.
Nerv
tolasining
asosiy
hususiyati
qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlikdan iborat.
Nerv markazlaridagi yana bir hususiyat dominanta hususiyati bo‘lib, buni
birinchi bo‘lib 1923 yilda A.A.Uxtomskiy hisoblangan. Muayyan paytda nerv
markazlarida ustun to‘rgan qo‘zg‘alish uchogini A.A.Uxtomskiy dominanta deb
atagan. Ustun to‘rgan qo‘zg‘alish uchogi, boshqa markazlarga keluvchi
qo‘zg‘alish to‘lqinlarini o‘ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda
boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudgan
kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining o‘ta qo‘zg‘aluvchanligidir.
Nervto‘qimasimarkaziyvaperiferiknervsistemasinihosilqilpb,
bir-
biridanbajaradiganvazifasigaqarabkeskinfarqqiluvchiikkixilhujairalardantashknltop
gan. Birinchi turi neytronlaryoki neyrotsitlar(rieuronuni osytus) bo‘lib, nerv
hujayra iborasi xuddi shu hujayraga tegishlndir. Neyronlar nerv impul’sini hosil
qiladi va uning tarqalishini ta’minlaydi. Nerv to‘qimasining ikkinchi xil hujayralari
-neyrogliya yoki gliotsitlar (neuroglia) kelib chiqishi bo‘yicha neyronlar bilan
bog‘liq bo‘lsa ham, bir qator yordamchi vazifalarni bajaradi.
Neyron
(neyrotsit)
nervhujayrasibo‘lib,
tanadan,
o‘simt a l a r i vanervo x i r l a r i d a n tashkiltopgan.
Nerv
hujayrasining
shaklivakattaliginervsistemasiningturliqismlaridaturlichadir. Ularning kattaligi 4-6
mkmdan (miyachaning donador qavati) 100-130 mkmgacha (bosh miya po‘stloq
qismining yirik Besh Hujayralari) bo‘lishi mumkin. Nerv hujayralarining shakli
ularning o‘simtalari soniga bog‘liq. Bir o‘simtali nerv hujayralarining shakli
odatda dumaloq yoki kolbasImon, ikki o‘simtali nerv hujayralari -duksimon, ko‘p
o‘simtali nerv hujayralari esa noto‘g‘ri yulduzsimon shaklda bo‘ladi. Nerv
hujayralarining
o‘ziga
xos
xususiyati
ularda
o‘simtalarbo‘lishidir.Nervhujayrasiningyadrosiko‘pinchamarkazdajoylashib,
xromatinikambo‘lganiuchunochbo‘yaladi. Yadro, yadrocha va yadro teshiklari
kompleksi juda o‘zgaruvchan (labil) tuzilmalar bo‘lib, turli ta’sirlar va patologik
holatlarda o‘zgaradi.
Nerv hujayrisining sitoplazmasida umumiy organellalar va shuningdek faqat nerv
hujayralariga mansub bo‘lgan maxsus tuzilmalar - tigroid modda va
neyrofibrillalarning borligini ko‘rish mumkin.
TigroidyokixromatofilmoddabirinchimartaNissltomonidan1889
yildaaniqlangan. Yorug‘lik mikroskopi ostida u chegaralari aniq ko‘rinmaydigan
tuzilmalar bo‘lib, nerv hujayrasining sitoplazmasi va dendritlarida joylashadi.
Neytritlarda esa bu modda bo‘lmaydi. Uning tuzilishi, shakli va joylashishi barcha
hujayralarda bir xil emas. Masalan, orqa miyaning motor hujayralarida xromatofil
modda yirik noto‘g‘ri shaklda va yadroning atrofida zichroq, sitoplazmaning chetki
qismlarida
esa
odatda
maydaroq
va
siyrakroq
joylashadi.
Spinalgangliyningsezuvchihujayralaridauchangsimondonachalarholatida,
vegetativnervsistemasiningko‘pginatugunlaridaesamaydadonachalarshaklidabo‘lad
i. Nerv hujayralarining sitoplazmasida ikki xil pigment kiritmalari uchraydi.
M e l a n i n turli kattalikdagi donalar sifatida faqatgina qora moddaning
neyronlarida
va
sayyor
nervning
dorzal
yadrosida
uchraydi.
L i p o f u s s i n lipoidlarsaqlovchimoddabo‘lib,
maydadonalarsifatidahammanervhujayralaridauchraydi. Yosh ulg‘anishi bilan bu
pigmentning miqdori oshadi.
Neyrogliya (yunon. glia - yelim, nerv yelimi) yordamchi to‘qima bo‘lib,
o‘zining tuzilishi va faoliyati bo‘yicha turlicha bo‘lgan Ko‘pgina hujayralardan
iborat. Neyrogliya -tayanch (markaziy va pereferik nerv sistemasining stromasini
tashkil etadi), chegaralovchichegaralovchi glial pardalar hosil qilib nerv
elementlari atrofidagi biriktiruvchi to‘qimadan ajratib turadi) trofik(nerv
hujayralaridagi moda almashinuvida ishtirok etadi), himoya (multipoteitsial va
mikrogliya hujayralar) va sekretorvazifani o‘taydi. Neyrogliya nerv oxirlarining
tuzilishida ishtirok etib, nerv impul’sini hocil bo‘lishda va uni o‘tkazishda hamda
nerv tolalarning degeneratsiya va regeneratsiyasi ishtirok etadi. Hamma neyrogliya
elementlari ikki genetik turga - makrogliyavamikrogliyabo‘linadi
1
.
Nerv hujayrasi o‘simtalarining boshqa neyronlar yoki nerv bo‘lmagan
tuzilmalar bilan hosil qilgan maxsus birikmalariga sinapslar(yuion synapsis -
birikish, qo‘shilish) deb ataladi.
Ikki nerv hujayralarining o‘zaro birikishi organizmdagi sinapslarning asosiy
qismini tashkil qilib, ularni neyronlararo sinapslardeb ataladi. Agar nerv hujayrasi
o‘simtalari nerv bo‘lmagan tuzilmalarda (retseptor hujayralarda, mushak tolalarida,
bezlarda va boshqa bir qator to‘qimalarda) tugasa, bu sinapslar neyroeffektorva
neyroretseptor sinapslar yoki nerv oxirlarideb yuritiladi.
Nerv nayi markaziy nerv tizimining kurtagi bo‘lib, uning orqa qismidan orqa
miya taraqqiy etadi. Nerv nayining oldingi qismi homila hayotining 3 haftasi
oxirida kengayib, uchta birlamchi miya pufakchalarini hosil qiladi. Oldingi miya
pufagi old tomonda oxirgi qatlam (lamina terminalis) vositasida yopiladi. Bu uchta
1Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 212-228 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
birlamchi pufakchalardan oldingi va orqadagisi homila taraqqiyotining 2 oyida
ikkiga bo‘linadi va bir-biriga qo‘shilgan beshta miya pufagi hosil bo‘ladi. Bunda
orqa miya pufagi ko‘ndalang egat yordamida uzunchoq miya (myelencephalon) va
ortqi miya (metencephalon) ga bo‘linadi. O‘rta miya pufagi o‘zgarmaydi va o‘z
nomini saqlab qoladi. Oldingi miya pufagi ham oraliq miya (diencephalon) va
oxirgi miya (telencephalon) ga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan beshta miya pufaklari biri
ketidan biri joylashadi. Dastlab uning devori yupqa bo‘lib, bir qavat epiteliydan
iborat bo‘ladi. Tez orada miya pufakchalari o‘sishida ma’lum bir o‘zgarish
kuzatiladi. Oldingi miya pufagi tez o‘sib, bo‘ylama egat yordamida o‘ng va chap
yarimsharlarga bo‘linadi. Yarimsharlar orqa tomonga qarab o‘sib, miyaning
boshqa qismlari ustini qoplaydi. Bu orada bosh miya qismlari o‘rtasida sagittal
sathda uchta bukilma hosil bo‘ladi. Birinchi tepa bukilmasi oxirgi va oraliq miya
o‘rtasida, ikkinchi ensa bukilmasi ortqi miya pufagi bilan orqa miya o‘rtasida,
uchinchisi esa ko‘prikning o‘rqa qismida bo‘lib, oldinga qaragan. Keyingi
davrlarda miya pufakchalari bir xil o‘zgarib, miyani alohida qismlarini hosil
qiladi. Beshinchi miya pufagidan uzinchoq miya hosil bo‘ladi. Ortqi miya
pufagidan rombsimon miya siqig‘i (isthmus rhombencephali) ajrab chiqib, undan
miyachaning yuqori oyoqchalari va yuqori miya yelkani hosil bo‘ladi. Ortqi
miyani ventral qismidan ko‘prik va dorsal qismidan miyacha hosil bo‘ladi
2
.
Dominanta o‘zoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv
faoliyatiga, odamning ruxiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Dominanta prinsipi diqqat
aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va
psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’lim-
tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.
Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi Bo‘yin umurtqasi bilan II
bel umurtqasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi
45 sm ga teng. Yangi tug‘ilgan bolada 6-10 g, uzunligi - 15 sm. Orqa miya
reflektor va o‘tkazuvchi vazifasini bajaradi.
Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Kulrang moddasi turli
neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari,
bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya
hujayralari himoyaa kiluvchi va tutib turuvchi tayanch to‘qima hisoblanadi. Bosh
miya o‘zunchoq; miya, Varoliy kuprigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat
bo‘lib bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari
o‘rab turadi.
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya
so‘g‘oning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona
bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning
ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi
teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn. olfactorii) I juft bosh miya nervi
keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yo‘li (tractus olfactorius)
2Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 212-228 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum
olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-
teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya
ichiga arteriyalar kiradi. Ilma - teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesishmasi
(chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi
tolalaridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus)
bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha
(tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quyg‘ichni (infundibulum)
hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis)
turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq
so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) bor. So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon
tomonida bo‘ylamasiga joylashgan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya
oyoqchalari joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa
interpedincularis) bo‘lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata
posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya
oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi
nervning (n. oculomatorius) ildizi ko‘rinadi.Miya oyoqchalarining tashqi
yuzasidan IV juft bosh miya nervi g‘altak nervining (n. trochlearis) ildizi chiqadi.
Miya oyoqchalari orqa tomonda ko‘ndalang bolish shaklidagi ko‘prikka (pons)
borib taqalgan.
Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda
o‘zaro oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae
oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) ko‘rinadi.
Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi
nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta
oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n.
facialis) va VIII juft dahliz - chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi
chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-
yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft
qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n.
hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi
3
.
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning
po‘slog‘i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo‘lib hisoblanadi. Odamning
xulqi, idroqi, fikrlashi, ongi va barcha ruxiy hususiyatlari oliy nerv faoliyati
bo‘lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po‘slog‘ida joylashgan nerv
markazlarining normal funksiyasiga bog‘lik. Odamning oliy nerv faoliyati
murakkab reflekslar orqali namoyon bo‘ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit
bilan bog‘lanishini, uning har-xil sharoitga moslashuvinita’minlaydi.
Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatllari reflekslar
orqali sodir bo‘lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan
“Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo‘lib ko‘rsatdi . Uning
reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli
3Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 229-350 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
reflekslar haqidagi taminotni yaratdi. U odamning oliy nerv faoliyati shartli
reflekslar orqali namayon bo‘lishini isbotlab berdi.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi. Odamda birinchi va ikkinchi signal
sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi signal sistemasi bo‘ladi. Qabul qiluvchi
ta’sirlarko‘rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari
orqali birinchi signal sistemasi bo‘lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli
o‘xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning
ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning
yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og‘zaki va yozma nutqning
rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib,
shartli refleks hosil qiladi.
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo
bo‘ladi. "Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov,
- odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha
qo‘shildi". Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal sistemasi
vujudga kelishidan iborat bo‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida
muhit bilan aloqa boglashning yangi faqat odamgagina xos bo‘lgan ikkinchi signal
sistemasi qaror topdi.
"Homo sapens" oilasi paydo bulguncha hayvonlar, deb yozgan edi
I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil retseptor mexanizmlarga
ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga etib boradigan
turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orqaligina o‘shadunyo bilan
aloqa qilar edi. Bu taasurotlar tashqi ob’ektalarning birdan bir signallari edi.
Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali talaffuz
etiladigan, eshitiladigan, ko‘riladigan so‘zlar ko‘rinishda paydo bo‘lib, rivojlanib
bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so‘z alohida ahamiyat kasb etdi.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o‘zaro maxkam bog‘langan
bo‘lib, bir-biriga doim ta’sir ko‘rsatib turadi. So‘zning signal sifatidagi ahamiyati
bir-biri bilan qo‘shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so‘zning
lugaviy ma’nosi bilan bog‘liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so‘zga yoki
jumlaga javobanshartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa
so‘zning lug‘aviy ma’nosiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir-biri bilan qo‘shilib kelgan
muayyan tovushlarga bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarning qo‘shilib kelishi jihatidan bir-
biriga o‘xshash so‘zlar tanlab olinadigan bo‘lsa, u holda it bunday so‘zlarga, signal
ma’nosi garchi boshqacha bo‘lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob beraveradi.
Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi
bilan bevosita bog‘langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so‘nggi oylari va
butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutq
ning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo‘lish qonunlariga muvofik
o‘tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo‘li bilan hosil bula boradi, bu reflekslar
ning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa
qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi, o‘rganishiga asoslangan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan.
Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va
ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida
olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi
tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa
uzunligi 12-13 mm bo‘ladi. Erta bolalik davri so‘ngida miya o‘tkazuv yo‘llari
taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi.
Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon bo‘rtiqchalar
paydo bo‘ladi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.
XII juft, til osti nervining (n. hypoglossus) bitta harakatlantiruvchi o‘zagi
(nucleus n. hypoglossi) bo‘lib, til osti uchburchagi ichida joylashgan.
XI juft, qo‘shimcha nervning (n. accessorius) harakatlantiruvchi o‘zagi
(nucleus nervi accessorii) rombsimon chuqurchada ikki yoqlama o‘zakdan
tashqarida va pastroqda yotadi. Bu o‘zak orqa miyaga tomon davom etib, uning
yuqorigi 5-6 segmentlari sohasida oldingi shoxlarga yaqin joylashadi.
X juft, adashgan nervning (n. vagus) uchta o‘zagi bor. I. Ikki yoqlama o‘zak
(nucleus ambiguus) harakatlantiruvchi IX va X juft nervlar uchun umumiy bo‘lib,
rombsimon chuqurchaning pastki bo‘lagini lateral qismida to‘r formatsiya ichida
joylashgan. 2. Yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) - sezuvchi o‘zak. 3.
Parasimpatik o‘zak (nucleus dorsalis n. vagi) adashgan nerv uchburchagi sohasida
joylashadi.
IX juft, til-yutqin nervining (n. glossopharyngeus) ham uchta o‘zagi bor.
1.Uning harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus ambiguus) IX-X nervlar uchun
umumiy. 2.Yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) -sezuvchi o‘zak.
3.Parasimpatik, pastki so‘lak ajratuvchi o‘zak (nucleus salivatorius inferior)
uzunchoq miya olivasi bilan ikki yoqlama o‘zak o‘rtasida to‘r formatsiyada
joylashgan.
Orqamiya “N” shakliga ega bo‘lib o‘rtada kichkina kanalda kulrang moddabor.
Markaziy kanalda orqa miya suyuqligi, hamda bosh miya va orqa miyani
boshqaradigansuyuqlik
joylashgan.
Oq
modda
1000lab
nervto‘qimalaridaniboratbo‘lib, hammatomondankulrangmoddagabog‘liq 3
qismgabo‘linadi:
1.
Sezuvchiimpul’slarmiyaningyoshgabog‘liqqismi
2. Harakalantiruvchi impul’slar bosh miyadan pastga yo‘nalgan efferentlar
oziqlanish muskuliga yoki bezlarga ta’sir qiluvchi.
Refleks
faoliyati.
Reflekslar
oddiy,
tez,
avtomatikreaksiyalarjudakamneyronlarishtirokidahosilbo‘ladi.Oyoq
yoki
qo‘lnisilkiganda, gavda muvozanatini saqlash uchun, og‘riqlardan qochishda,
ko‘zni pirpiratib o‘zingizda refleksni his qilasiz. Refleks yo‘li orqamiyadagi
sezuvchi
va
harakalantiruvchi
nerv
tolalari
orqali
hosil
bo‘ladi.
Bunitizzarefleksidamuskullarningcho‘zilishiorqali,tizzaningharakatgakelishiniko‘ri
shmumkin.
Orqa miyani o‘rovchi pardalar . Orqa miya uchta birikuvchi to‘qimidan tashkil
topgan parda (meninges) bilan o‘ralgan. Tashqarida qattiq miya pardasi - dura
mater spinalis, o‘rtada to‘r parda - aracnoidea va ichkarida yumshoq parda - pia
mater spinalis joylashgan. Uchchala parda bosh miyaga bevosita davom etadi.
Orqa miyaning qattiq pardasi - dura mater spinalis orqa miyani qop kabi o‘rab
turadi. Bu parda suyak va suyak usti pardasiga tegmasligi sababli ular orasida
epidural bo‘shliq – cavitas epiduralis hosil bo‘ladi. Odatda, bu bo‘shliq yog‘
kletchatkasi va vena qon tomirlari chigallari bilan to‘lgan bo‘ladi.
Orqa miyaning to‘r pardasi – arachnoidea spinalis tiniq qon tomirlari bo‘lmagan
ingichka varaq kabi qattiq parda ichida joylashgan bo‘lib, undan subdural bo‘shliq
– spatium subdurale bilan ajralgan. To‘r parda bilan orqa miyani bevosita
qoplovchi yumshoq parda orasida subaraxnoidal bo‘shliq – cavitas
subarachnoidalis bor, u miya suyuqligi (liquor cerebrospinalis) bilan to‘lgan.
Shuning uchun orqa miya va uning ildizchalari erkin joylashgan. Subaraxnoidal
bo‘shliq pastki – cauda equina qismida kengayib, araxnoidal qopcha va oxirgi
sisterna (cisterna terminalis)ni hosil qiladi.
Orqa miya bo‘ynining orqa qismi o‘rtasida to‘r parda bilan yumshoq parda
oralig‘ida uzunasiga joylashgan devor parda (septum cervicale intermedium)
ko‘rinadi. Bulardan tashqari, orqa miyaning ikki yonboshida 19-23 ta tishsimon
boylam (lig. denticulatum) bo‘lib, ular frontal sath bo‘ylab oldinda va orqa nerv
ildizchalar oralig‘ida joylashgan. Tishsimon boylamlar orqa miyani
qimirlatmasdan ushlab turadi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi – pia mater spinalis endoteliy bilan qoplangan
pardadan iborat, u orqa miya moddasiga bevosita tegib turadi. Bu pardaning ikkala
varag‘i orasida juda ko‘p qon tomirlar joylashgan va ular bilan yumshoq parda
orqa miyaning egatlari ichiga va miya moddasiga kirib, ularda perivaskular limfa
bo‘shliqlarini hosil qiladi.
Ilk yosh davridagi bilimlar keyingi hayotning farovonligi va uzoq hayot
kechirishiga asos bo’ladi. Tadqiqiotlar shuni ko’rsatadiki, qulay sharoitda o’sgan
bolalar. Erta maktab tadqiqotlari qaysiki quyi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda o’sgan
bolalarga nisbatan muammoli bo’lib maktab davridagina aqliy va ijtimoiy
taraqqiyot darajasi bo’yicha rivojlanib borganlar. Masalan 3 yoshli bola iqtisodiy
tomondan og’ir sharoitda ota-onasining ish haqqi kam va ilmiy jihatdan bilimlari
kam lekin bu bola maktab yoshidagi bolalarga hos xusuiyatga ega. Bu holat o’sib
bormoqda kambag’al oilalarning bolalari 7 yoshda ham maktabga bora
olmayaptilar. Ular sharoitlari tufayli ancha orqadalar. 14 yosh yoshdaham bu
holatlar bor ular tengdoshlaridan 2 yilga orqadalar
4
.
Shartli rekflektor faoliyati nerv sistemasining individual xosslariga
bog‘liq,Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig‘indisi har bir
organizmning irsiy hususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog‘liq bo‘lib, nerv
sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy ko‘zatishlar asosida miyaning nerv
hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish
tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra odam oliy nerv faoliyatini 4
tipga bo‘lgan edi.
1. Kuchli, ko‘zg‘luvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu tipda kueklish
va
4Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 328-358 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo‘zg‘alish tormozlanish
dan ustun turadi, Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo
bo‘ladi, o‘rta o‘zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez soviydi, emotsional
reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o‘z fikrini maqullaydigan,
topshiriqlarni o‘z vakttida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo‘lgan shartli
reflekslar tez so‘nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan kunikadi, nutqi tez va
ko‘pol, harakteri o‘zgaruvchan, o‘z xissiyotlarini qiyinchilik bilan
ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat
tarbiya asosidagina o‘zoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo‘ladi.
2. Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv
protsesslarining
kuchliligi,
ko‘zg‘lish
va
tormozlanishning
muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi
bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo‘lib, tez so‘nadi va tez tiklanadi, maktab
hayotiga tez kunikadi, ukish va yzishni tez o‘rganadi, ular namunali xulqka
ega bo‘ladi, darslarni a’lo o‘zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida
bajarib kelishga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so‘z boyligi ko‘p, aytilgan
so‘zlarni tez ilg‘ab oladi, jonli, harakatlari tez, turli imo-ishoralar bilan o‘z
fikrini ifoda klladi va boshqa ijobiy harakterlar bilan ajralib turadi.
3. Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda ko‘zrlish
vatormozlanish kuchli, ammo ularning o‘rin almashinuvi sust.. Bu tipga
kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo‘ladi, tez so‘nadi va sekin
tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirish tez o‘rganadilar, ularning xulqlari
yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so‘z bolalar bo‘ladilar.
4. Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv protsesslari sustligi, kam qo‘zg‘aluvchanligi
va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jarayonining yuqoriligi bilan
harakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin,
yaxshi rivojlanmagan, so‘z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo‘rqadi, tez
charchaydi, o‘qish, yozishni sekin o‘rganadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan
ko‘nikadi, o‘z o‘rtog‘ining harakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o‘zlashtirish past,
harakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan harakterlanadi.
I.P.Pavlovning fikricha, oliy nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi Gippokrat
tomonidan aniqlangan 4 temperament turlariga mos keladi. Gippokrat odamlarda
turtga temperament xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik turlarini
aniqlangan. Jonsarak tip xolerik temperamentga va nimjon tip melanxolik
temperamentga mos keladi. Oliy nerv faoliyatining yuqoridagi tiplari sof holda
kamdan-kam uchrab kupincha bitta individumda har xil tiplarga xos belgi va
hususiyatlar aralashib ketadi. Oliy nerv faoliyatining tipi nerv tiziminingnaslga
o‘tgan xossalari bilan individning hayot davrida boshidan kechiradigan
ta’sirlaridan tarkib topadi. Natijada nerv tizimining muayyan tipi vujudga keladi.
Oliy nerv faoliyatining tutma hususiyatlari tashqi muhit ta’sirida doimo o‘zgarib
turadi.
Oliy nerv faoliyatining o‘zgarib turish jarayonini plastiklik deb ataladi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lig‘ini saqlash masalasi keng ma’nodagi
tushuncha bo‘lib o‘quvchilarning charchashi - ya’ni, toliqishi va o‘ta
charchashining oldini olish vazifasini ham o‘z ichiga oladi, bu esa birinchi
navbatda o‘quvchining o‘ta toliqishiga yo‘l kuymaslik bilan bog‘liqdir. Bu masala
maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota-onalarning diqqat markazida turishi
lozim. "Maktab kasalliklari" deb ataluvchi kasalliklarnint oldini olish hozirgi
vaqtda o‘quvchilar tarbiyasi bilan shutullanuvchi har bir kishining asosiy
vazifasidir.
Nerv sistemasi organizm uning muhiti somatik nerv sistemasi va uning cheksiz
organlari “autonomic yoki vegetative nerv sistemasi bilan bog’langan. Somatic
nerv sistemasining xususiyatlari xis-tuyg’ularini anglash tushunish, ixtiyoriy
ko’chish, ma’lumotlarni tezlikda almashtirish tarqatishdan iboratdir. Vegetativ
nerv sistemasi bir tomondan doimiy ravishda gomeostassni ayni holicha muozatda
saqlashga va tabiiy muhit zaruratidan kelib chiqib organ funksiyasining o’zini o’zi
tartibga solish idora etishga javobgar. Somatic va outomotic nerv sistemasi
miyadan tanaga boradigan impul’s mitoz bog’lanishi singari sensorlik markazga
intilishni o’z ichiga oladi. Markazga intiluvchi o’tkazuvchanlik tevarakdagi
organlarda markazga “miyaga” o’tkazilganda yuz beradi. Keyingi o’tkazuvchanlik
bo’lsa markazdan boshqa joyga skelet muskuli, yumshoq muskul o’tkazganda
sodir bo’ladi. Nerv sistemasi taqsimlanishiga ko’ra va markaziy peripheral nerv
sistemasiga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasi miya va orqa miyani o’z ichiga
oladi. Peripheral nerv sistemasi beach somatic va outomotic nervlarni, nerv
to’qimalarini kolleksiyasini o’z ichiga oladi.
Miya po‘stlog‘ida turli ta’sirotlarni qabul qiluvchi zona (analizator)lar bo‘lib,
ular o‘zaro hamkorlikda ish bajarishi aniqlangan. Bular quyidagilar:
1. Ixtiyoriy harakatlantiruvchi analizatorlar (bo‘g‘imlar; skelet muskullarining
ixtiyoriy harakati) markaz oldi pushtasida va markaz yaqinidagi bo‘lakda
joylashgan gigant hujayralardan tashkil topgan. O‘ng tomondagi analizatorlar chap
qo‘l va oyoqni, chap tomondagi analizatorlar o‘ng qo‘l va oyoqni idora qiladi.
2. Organizmning toq qismi – tana va toq a’zolar (halqum, hiqildoq, muskullar)
vazifasini har ikkala yarimsharlar baravar idora qiladi.
3. Bosh bilan ko‘zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatlantiruvchi
analizatorlar peshona bo‘lagidagi o‘rta pushtada joylashgan.
4. Bosh harakati va holati bilan bog‘liq bo‘lgan analizator hujayralar miyaning
chakka bo‘lagidan o‘rin olgan.
5. Ichki a’zo va tomirlar silliq muskullarini harakatga keltiruvchi analizatorlar
oldingi markaziy pushtaning old tomonidan joy olgan.
6. Eshituv analizatorlarining markaziy hujayralari – ustki chakka pushtaning
o‘rtasida joylashgan.
7. Ko‘ruv analizatorlarining markaziy hujayralari ensa qismining ichki yuzasi
(sulcus calcarinus)da o‘rnashgan.
8. Hidlov analizatori hujayralari chakka bo‘lagining ichki yuzasida joylashgan.
9. Ta’m bilish analizatorlarining markaziy hujayralari – hidlov miyasidan o‘rin
olgan. Hidlov miyasi miya yarimsharining medial tomonidagi gumbaz pushta,
dengiz otining oyog‘idan (yon qorinchaning pastki shoxi ichidan) tuzilgan.
10. Teri sezgi analizatorlari hujayralari – orqa markaziy pushtadan o‘rin olgan.
Miya yarimsharlari po‘stlog‘ida joylashgan analizatorlar (ko‘rish, eshitish, ta’m
bilish, og‘riqni sezish va b.) I.P.Pavlovning iborasi bilan birinchi signal sistemasi
deb ataladi. Lekin odamlar hayvonlardan farqli o‘laroq fikr yuritish, ijod qilish, o‘z
fikrini til orqali ifodalash, tushuntirish (yozish) qobiliyatiga egadirlar. Shunday
qilib, taraqqiyot davrida paydo bo‘lgan fikrlash va so‘zlash ikkinchi signal
sistemasi nomi bilan ataladi. Shuning uchun ham odamlarda oldin birinchi signal
sistemasi, keyinroq asta-sekin fikrlash, so‘zlash (ikkinchi signal sistemasi) vujudga
kelgan. Bu sistemaning rivojlanishida turmush sharoiti, atrof-muhitning ahamiyati
naqadar katta ekanligini unutmaslik lozim. Demak, ikkinchi signal sistemasi faqat
odamlargagina xos xususiyat. So‘z analizatorining hujayralari pastki peshona
pushtasida joylashgan. Agar bu analizator ishdan chiqsa, odamning tili, labi,
hiqildoq muskullari harakat qilgani bilan tovushni so‘zga aylantirish qobiliyati
yo‘qoladi.
So‘zni yozish harakat analizatorlari hujayralarining o‘rta peshona pushtasida
joylashgan. Yozma so‘zning ko‘ruv analizator hujayralari miya tepa qismining
pastki bo‘lagida joylashgan. Bundan tashqari, so‘zlash, o‘qish va yozish vaqtida
miya po‘stlog‘ida joylashgan 14 milliard hujayralar ham qatnashadi.
Bosh miya pardalari Bosh miya ham xuddi orqa miyadek uchta parda bilan
o‘ralgan. Bu pardalar bosh miyani o‘rab katta teshik sohasida orqa miya
pardalariga o‘tib ketadi. Bosh miyaning qattiq, to‘r va yumshoq pardalari tafovut
qilinadi.Bosh miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali) pishiq bo‘lib,
tarkibida kollogen va elastik tolalari bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Kalla
bo‘shlig‘ini ichki tomondan qoplab, u kallaning miya qismi suyaklarini qoplovchi
suyak usti parda vazifasini ham bajaradi. Kalla qopqog‘i suyaklari bilan u pishiq
birikmagan bo‘lib, oson ajraladi. Kalla asosi suyaklari bilan u choklarning
chekkalari va teshiklar sohasida mustahkam birikkan. Qattiq pardaning to‘r
pardaga qaragan ichki yuzasi silliq. Ba’zi sohalarda qattiq parda bo‘linib, endoteliy
bilan qoplangan uchburchak shaklidagi vena bo‘shliqlarini hosil qiladi. Vena
bo‘shliqlariga qon bosh miya va kalla suyaklari venalaridan oqib keladi. Bosh
miyaning qattiq pardasi o‘zining ichki yuzasidan miyaning qismlari o’rtasiga
kirib, ularni bir-biridan ajratuvchi bir nechta o‘simtalar beradi. Ulardan bosh
miya o‘rog‘i (falx cerebri) yarimsharlar o‘rtasidagi bo‘ylama yorig‘da joylashgan
yupqa plastinka bo‘lib, qadoq tanaga yetib bormaydi. Miyacha chodiri (tentorium
cerebelli) ikki qiyalik chodir shaklidagi gorizontal tortilgan qatlam, miya
yarimsharlarining ko‘ndalang egatiga kirib, bosh miyani miyachadan ajratadi.
Miyacha o‘rog‘i (falx cerebelli) sagital yo‘nalgan bo‘lib, miyacha yarimsharlari
o‘rtasiga kiradi. Turk egari to‘sig‘i, (diaphagma sellae) gipofiz chuqurchasi ustida
gorizontal joylashgan, o‘rtasida teshigi bor qatlam. Uning ostida yotgan gipofiz
teshik orqali gipotalamus bilan qo‘shiladi.
Bosh miyaning qattiq pardasi vena bo‘shliqlari uning ikki bo‘linishidan hosil
bo‘lgan bo‘lib, ular orqali bosh miyadan vena qoni ichki bo‘yinturuq venaga oqadi.
Vena bo‘shliqlari devori qattiq tortilgani, hamda har doim ochiq va klapanlari
bo‘lmagani uchun har qanday sharoitda ham qon erkin oqadi. Bosh miya qattiq
pardasida quyidagi vena bo‘shliqlari bor:
1.Eng katta va keng ko‘ndalang vena bo‘shlig‘i (sinus transversus).
2.Bosh miya o‘rog‘ining yuqori chekkasi bo‘ylab joylashgan yuqorigi sagittal vena
bo‘shlig‘i (sinus sagittalis superior).
3.Bosh miya o‘rog‘ining pastki chekkasi bo‘ylab joylashgan pastki sagittal vena
bo‘shlig‘i (sinus sagittalis inferior).
4.To‘g‘ri vena boshlig‘i (sinus rectus) yuqori va pastki sagittal vena
bo‘shliqlarining orqa uchlarini qo‘shib turadi.
5.Ensa vena bo‘shlig‘i (sinus occipitalis) ko‘ndalang va sigmasimon sinuslarni
qo‘shib turadi.
6.Sigmasimon vena bo‘shlig‘i (sinus sigmoideus) o‘z nomidagi egatda yotib ichki
bo‘yinturuq venaga o‘tib ketadi.
7.G‘ovak vena bo‘shlig‘i (sinus cavernosus) turk egarining yon tomonida yotadi.
8.Yuqorigi va pastki tosh vena bo‘shliqlari (sinus petrosus superior et inferior)
chakka suyagi piramidasining yuqori va pastki chekkalari bo‘ylab yotadi. Ba’zi
sohalarda qattiq parda sinuslari emissar venalar (v.v.emissariae) vositasida
boshning tashqi venalari bilan, diploik venalar (v.diploicae) kalla qopqog‘i g‘ovak
moddasi venalari bilan anastomoz hosil qiladi.
Muskullar, bo‘g‘imlar tarkibida joylashgan retseptorlarga propritseptiv (o‘z-
o‘zini sezish) tuyg‘u yo‘li deb yuritiladi. Bu yo‘l ham uch neyron zanjiridan iborat.
Birinchi neyron orqa miya tugunchalarida joylashadi, ularning periferik
o‘simtasi muskul va bo‘g‘imlarda retseptor hosil qilib tugallansa, markaziy
o‘simtasi orqa miyaning orqa tizimchalari – funiculus posterior da joylashadi.
Shuningdek, bu yerda nozik tutam (fasciculus gracilis) medial hamda ponasimon
tutam (fasciculus cuneatus) lateral joylashgan. Birinchi neyronlarning aksonlari
uzunchoq miyada ana shu tutamlar tarkibida bo‘rtmalar – yadrolargacha (nucleus
gracilis va nucleus cuneatus) davom etadi. Bu yo‘lni qisqacha tractus
gangliobulbaris deb aytish mumkin.
Ikkinchi neyron yuqorida aytilgan yadrolarda joylashgan bo‘lib, ularning
aksonlari qovuzloq kesishmasi – decussatio lemniscorum ni, so‘ngra medial
qovuzloq – lemniscus medialis ni hosil qilib, ko‘ruv do‘mbog‘ining lateral
yadrolarida tugallanadi. Bu yo‘l tractus bulbothalamicus deb ataladi.
Uchinchi neyron ko‘ruv do‘mbog‘ida joylashgan, uning aksonlari ichki kapsula
tolalari tarkibida bosh miya po‘stlog‘ining oldingi markaziy pushtasiga borib
tugallanadi. U bosh miya po‘stlog‘ining harakat analizatori markazidir. Shunday
qilib, bu chuqur sezgilarni o‘tkazuvchi yo‘lga tugun–piyozcha–ko‘ruv do‘mbog‘i –
miya po‘stlog‘i (tractus gangliobul-bothalmocorticalis) yo‘li deb aytish mumkin.
Sinaps. Har bir neyronlarning alohida birligi bo'lib, neyronlarning o'rtasida hech
qanday anatomik aloqasi yo'q. Qanday unda neyronlar muloqot uchun mumkin?
Boshqa so'zlar bilan aytganda, qanday qilib bir neyrondagi akson boshqa
neyrondagi membrana bilan funktsional bog'lanish anglatadi? Bu ma'no yunon
so'zidan, sinapsisten tomonidan amalga oshiriladi "chaladi uchun." Nerv nerv
impul’slarining (Fig 7-3) uzatish uchun funktsiya nuqtalari bor.
Aksonun dallanma negativ ichida neyroo’tkauvchi sifatida ma'lum bo'lgan
kimyoviy bir turini o'z ichiga olgan kichik pufakchalari (vezikülleri) bor.
rag'batlantirdi bo'lsa, akson hujayralar orasidagi tor farq, sinaptik, uchun o'z neyro
o’tkauvchi relizlar. Neyro o’tkauvchi keyin postsinaptik hujayra sifatida
tasvirlangan keyingi xonasida rag'batlantirish kimyoviy signal sifatida bajaradi.
qabul qiluvchi yuza ustidan, odatda bir dendrite, hujayraning ba'zan boshqa qismi,
termoq va maxsus neyroo’tkauvchilar javob berish uchun tayyor maxsus joylar,
yoki retseptorlari bor. Hujayra membranasining ta'siri retseptorlari deb hujayra
berilgan neyroo’tkauvchi javob qanday yoki, ko'p ma'lum neyro o'tkazgichlar
mavjud bo'lsa-da, asosiy bo'lganlar epinefrin, shuningdek, adrenalin deb
nomlangan bor; a tegishli aralashma, norepinefrinni, yoki noradrenalinni; va
asetilkolin. Asetilkolin (Ach) nerv-mushak chorrahasida ozod neyro uzatuvchi, bir
neyrondagi vamushak hujayra o'rtasida sinaps deb. Yuqoridagi neyro
moslamalarini barcha uch avtonom nerv tizimida faoliyat. Ular yetib hujayralarni
rag'batlantiruvchi sifatida neyro moslamalarini o'ylash keng tarqalgan; Aslida, ular
bu muhokamaga kabi ta'rif qilingan.
Uzunchoq miya va uning funksiyalari. (Varoliy ko‘prigi). Uzunchoq miya
orqa miyaning davomi sifatida Varoliy ko‘prigiga o‘tadi. MNT ning bu ikki qismi
funksional nuqtai nazardan bir butun tuzilma bo‘lib, keyingi miya deb ataladi.
keyingi miyadagi kulrang modda segmentlarga bo‘linishi qisman saqlanib qolgan
bo‘lsa-da, bu moddaning asosiy qismi bir-biridan ajralgan yadrolardan iborat.
Uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi chegarasida eshituv va vestibulyar nervlar
yadrosi, yuz nervi yadrosi esa to‘rsimon formatsiyaning ko‘prik qismida
joylashgan. Bosh miya nervlari yadrolaridan tashqari, keyingi miya kulrang
moddasining bir qismini Gol va Burdax tutamlari tugaydigan neyronlarning
somalari tashkil etadi. Keyingi miyada 8 juft o‘ta muhim ahamiyatga ega yadrolar
joylashgan. Bu yadrolarni periferiya bilan somatik va vegetativ tolalar bog‘lab
turadi. Keyingi miyaning oq moddasini orqa miyadan o‘tkazuvchi yo‘llar bosh
miya bilan bog‘laydi. Demak keyingi miya ham reflektor, ham o‘tkazuvchi yo‘l
faoliyatlarga ega.
Keyin miya reflekslari. Ushbu miya bo‘limida hayotiy ahamiyatga ega bir
qancha reflekslarning yoylari tutashgan. Bu reflekslar ichki organlar faoliyatini
boshqarishda katta ahamiyatga ega. Bular jumlasiga avvalombor nafas olishni
boshqaruvchi reflekslar va nafasga aloqador aksirish, yo‘talish kabi himoya
reflekslaridir. Nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarish (ekspiratsiya)
jarayonlarini nafas markazi boshqaradi, bu markaz esa Varoliy ko‘prigining yuqori
chegarasi bilan o‘zunroq miyaning pastki qismi o‘rtasi-retikulyar formatsiyaga
tegishli sohada joylashgan.
Zamonaviy o‘qitish jarayoni o‘quvchiga axborot berishning yangi shakl va
usullarini qo‘llamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga
karatilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o‘quvchining
darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi.
O‘quv nagruzkasining pedagogik va gigienik jihatlarini o‘rganish,
toliqishning oldini olish yo‘llarini izlab topish pedagogika fani va maktab
o‘qituvchilari oldida to‘rgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to‘zima va organlaridagi hayotiy jarayonlar,
ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Odam turilganidan
boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatining takomillashuvi,
ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o‘rganishi miya po‘stlog‘idagi nerv
markazlarinint funksional holatiga bog‘liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga
ko‘ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to‘qimasidagi tugma kamchiliklar,
tug‘ilgandan keyin har-xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining
pasayishi; ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigienik talablariga
rioya kilmaslik natijasida miyaning zo‘riqishidan nevroz, ya’ni asab kasalliklari
paydo bo‘lishi.
Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta
reflektor harakatlardan iborat bo‘ladi. Instinktning asosini va uning birinchi
bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik
jinsiy qo‘zg‘alish, qurqish) ma’lum intilishni (motivatsion) shakllaydi va unga
erishish uchun organizm bir qator stereotip (doim bir xil bo‘lgan) xatti-harakatlarni
bajaradi
5
.
Aqliy mehnat (o‘qish, yozish, fikrlash, masala echish, dars tinglash va
tayyorlash va hokazolar) asosan ko‘rish, eshitish, organlari va ularning bosh miya
pustlog‘idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishidir.
Aqliy faoliyat o‘zoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin
pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor
kamayadi, o‘zlashtirish pasayadi, bo‘shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish
bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish
holatiga o‘tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko‘rsatadi. Charchash bu tashqi
muhit bilan miya po‘slog‘idagi nerv hujayralari o‘rtasidagi aloqaning vaqtincha
o‘zilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun
organizmning ishchanlik qobiliyati pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon
bo‘lib, tormozlanishning oxirgi pog‘onasi hisoblanadi. Tormozlanish dastlab bosh
miya po‘stloq qismiga, so‘ngra nerv tizimining tuban qismlariga tarqalib,
organizmni bo‘shashtiradi.
Darsda charchashning birinchi bosqichi aktiv tormozlanishning bo‘shash
bilan bog‘liq. Bu harakatlar o‘zgacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘zlari aktiv o‘quv yo‘ldan to‘xtagan bo‘ladilar - sinfda
ozgina shovqin-suron ko‘tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi
qo‘zg‘alish protsesslarining bo‘shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish
protsesslari qo‘zg‘alish protsessidan ustun turadi.
I.P.Pavlov charchashda tormozlanish protsessining ahamiyatiga to‘xtalib
o‘tar
ekan:
"Charchash
tormozlanish
protsessining
avtomatik
ichki
qo‘zg‘ovchilardan biridir" - deb yozgan edi.
Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular
shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning
salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zaxira ma’lumotlarini to’plashlariga
yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga
zarar ham keltirishi mumkin. Masalan: agar Anna va Damiana iqtisodiy
qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni kam muomala
qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu o’z
navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib
qoladi.
5Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 358-420 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
Niderlandiyada maktabni tashlab ketish va darslarga muntazam qatnashmaslik
haqida qonun qabul qilingan. Bu qonunga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan barcha
o’quvchilar ta’lim dasturiga doimiy qatnashishlari majburiy qilib belgilangan.
Agar bir o’quvchi o’quv yilining 4 haftalik muddatida muntazam ravishda 16 soat
dars qoldirsa, maktab ma’muriyati Davomatlar bo’yicha ish ko’ruvchi qo’mitaga
xabar berishadi. Salomatlik muammolari sababli dars qoldirish kechiriladi va bu
qonunga kiritilmaydi. Niderlandiyada so’nggi bir necha yildan beri sog’liq
muammolari bilan bog’liq dars qoldirishlar soni ko’paymoqda. Buning sabablari
aniq emas. Dars qoldirish bilan bog’liq bo’lgan sog’liqqa jiddiy e’tibor berish
maqsadida M@ZL rejasi rivojlantirildi. Bu reja turli nuqtai nazarlardan maktabni
erta tashlab ketishga yaqin keladi. Reja davomat o’rniga, darsni qoldirish
sabablarini aniqlashni va ko’p dars qoldiradigan talabalarga yordam berishni
maqsad qiladi
6
.
Ortiqcha nagruzka yoki charchaganliklari ko‘rinib to‘rgan bir vaziyatda
mashg‘ulotni davom ettirish shunday holni keltirib chiqaradiki, uni I.P.Pavlov
chegaradan “tashqi yoki himoyalash tormozlanishi" deb atagan edi, bu
tormozlanish po‘stloqning nerv hujayralarini zo‘riqib ketgan himoya qiladi.
Po‘stloq hujayralarining tez zo‘riqib ketib tormozlangan holatga o‘tishi ayni bir
sharoitda boshmiya quyi bo‘limlari hujayralarining chidamliligiga keskin suratda
zid keladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun charchashning eng dastlabki
bosqichlari xosdir. Yuqori sinf o‘quvchilari esa charchash vaqtida ham ishlash
qobiliyatlarini yo‘qotmaydilar. Biroq ko‘p ishlash natijasida ish qobiliyati
pasayadi.
Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘quvchi hulqida va holatida aqliy charchash
alomotlarini sezsalar, ko‘pincha e’tibor bermaydilar, chunki bu o‘zgarishlar
vaqtinchalik bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan surunkali
charchoqlikning birlamchi belgilari bo‘lib, astenik sindrom deb ataladi va bu
kasallik markaziy nerv sistemasi faoliyati bo‘zilishining bir turi hisoblanadi.
Kasallik belgilarning paydo bo‘lishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom
shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o‘ta ta’sirchanlik, o‘zini to‘ta
bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo bo‘ladi, Bolalar aktiv bo‘lishadi, ammo
ularning faoliyatida tartib bo‘lmaydi. Ular tinimsiz bo‘lib, biror ishni oxirigacha
diqqat - e’tibor bilan bajara olmaydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini
izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko‘p
tush ko‘rishadi.
Agar o‘z vaqtida chora kurilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa,
kuchayib, ikkinchi bosqichga o‘tib ketadi. Bunda o‘ta ta’sirchanlik va jizzakilik
toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib
ketadi. Jahildorlik, yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda
o‘quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan grammatik xatolarni ko‘proq qiladi,
6The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 120-130
betlar mazmun va mohiyatidan foydalanildi.
ba’zan so‘zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi, yangi materialni qiyin
o‘zlashtiradi, lanjlik va bosh og‘rish o‘quvchi ish faoliyatini susaytiradi.
O‘quvchida surunkali toliqishning oldini olishda ishlash vadam olish rejimiga aniq
rioya qilish lozim. Toliqishning eng asosiy belgisi aqliy mehnat natijasining
kamayishidir.
Ish faoliyatining odatdagi susayishini aqliy toliqishdan farq qilish lozim.
Aqliy toliqish orta borgan sari bolaning bajarayotgan ishida unum bo‘lmaydi.
Aqliy va jismoniy toliqish o‘zaro aloqadordir. Buni birinchi marta Italiya
olimi Mosso aniqlagan. Haddan tashqari aqliy toliqish bajarilayotgan jismoniy
ishning samaradorligini kamaytiradi yoki aksincha, jismoniy toliqish aqliy
mehnatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susayishini.
xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning bo‘zilishini ham kiritib
o‘tish lozim.
Ba’zi adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlarini
kun davomida o‘rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o‘z navbatida
o‘qish va mehnat qilish bo‘yicha ratsional kun tartibi to‘zishda eng ob’ektiv mezon
hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:
1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha minut davom etib, o‘quvchi ish
sharoitiga moslasha boradi.
2. Optimal
ishchanlik
davri.
Aqliy
mehnatni
bajarishning
stabillashgandavridir. Bunda diqqat dominantasi vujudga keladi.
3. To‘liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning
dastlabki belgilari paydo bo‘la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi
kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish
faoliyatining pasayishi bilan harakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan
ma’lum vakdtacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez
ortib borishi bilan harakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning maxsuli
va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlarni dars davomida, kun, xafta,
chorak, yil davomida ko‘zatish mumkin. Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada
saqlay olish mumkinmi?
Aqliy
mehnatning
yuqori maxsuldorlini ta’minlovchi sharoitlar
quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish;
- ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
- mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, bir ish to‘rini ikkinchisi bilan
almashtirib olib borish.
- muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tufayliaqliy
mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik
malaka hosil qilish.
Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori maxsuldorligini ta’minlash,
charchashni oldini olish charalari quyiidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1. "O‘qituvchi yangi materialni o‘quvchining optimal ish qobiliyatiga ega
bo‘lgan vaqtida tushuntirish;
2. Darsning birinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo‘llab,
o‘quvchi, diqqatini o‘zoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa,
yuksak natijaga erishiladi.
3.Dars berish usulini o‘zgartirib turish uni yuqori saviyada olibborish;
4. Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5. O‘quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o‘quv texnikavositalarini
keng
qo‘llash,
ammo
o‘quv
texnika
vositalaridan,
televizordan,
programmalashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafil’mlardan foydalanishning
o‘zi asosiy gigiyena koidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
6.Dars materialini tushuntirishda ko‘rgazma qurollardan (rasmlar namoyshi
qilish, tajribalar ko‘rsatish) didaktiv o‘quv vositalardan maksimal foydalanish.
7. Dars oralig‘ida fizkulminutlar o‘tkazish. O‘qituvchining pedogogik
mahorati, uning yangimaterialnitushuntirish paytidagi ko‘tarinki kayfiyati,
o‘qituvchining har xil ohangda so‘zlashish. O‘qituvchi bir xil ohangda so‘zlagan
nutqi o‘quvchini zeriktirib, mudratib qo‘yadi, bunday payda o‘quvchi tomonidan
dars materialini o‘zlashtirish qiyinlashadi, bosh miya yarim shartlari po‘stlog‘ida
tarqoq tormozlanish jarayoni paydo bo‘lib, uyqu bosadi.
Gigienistlar o‘quvchilarning darsda toliqish sabablarini o‘rganib chiqib,
kiziqarli ma’lumotlarni keltirdilar. Ular aniqlashicha, yuqori sinf o‘quvchilarining
charchashiga asosiy sabab ko‘pincha ularning darsgaqiziqmasliklari, o‘qishning
og‘irligi, mashg‘ulot bajarishga layoqatsizlik, darsni zerikarli o‘tilishi, dars
materialini tushunmaslik, mikromuhitning salbiy ta’siridir. Agarda charchash
holati o‘z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa u o‘ta charchash holatiga o‘tadi.
Bu organizm uchun kasallikdir.
O‘ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o‘zlashtirishlari pasayib ketadi.
Maktab o‘quvchilarida o‘ga charchash, asosan o‘quv va o‘qishdan tashkari
ishlarning me’yoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, ochik havoda etarli
sayr kilmaslik, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
Sog’liq o’nta namunali indeksda bolalar va o’smirlar o’zlari sog’liqlari haqida
qanday o’ylashlari asosida o’lchangan (Erhart et al. 2009; Ravens-Sieberer et al.
2010). Bu besh ballik tizimda o’nta savol berib ko’rib o’lchangan: "O’tgan hafta
haqida o’ylash o’zingizni yaxshi va sog’lom his qildingizmi? O’zingizni
energiyaga to’la deb his qildingizmi? Hafa bo’ldingizmi? O’zingizni yolg’iz his
qildingizmi? O’zingizga yetarli vaqt topdingizmi? Bo’sh vaqtingizda o’zingiz
hohlagan ish bilan shug’ullanishga imkoniyatingiz bo’ldimi? Ota- onangiz sizga
oqilona munosabatda bo’ldimi? O’rtoqlaringiz bilan vaqtingizni choq
o’tkazdingizmi? Maktabda yaxshi baho oldingizmi? Diqqat qila oldingizmi?" (0 =
hech qachon, 1 = ba’zan, 2 = tez tez , 3 = juda tez, 4 = har doim ).
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq
axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam
olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa
hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va
qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat
berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim
olishi uchun mablag sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sogliqni
asrashda yaxshi omil hisoblanadi
7
.
O‘ta charchash natijasida nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanishning
kelishib ishlash hususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi.
Nevroz yoki asab kasalligi quyidagi kamchiliklar tufayli vujudga keladi:
1. O‘ta charchash;
2. Aqliy mehnatning zo‘riqishi;
3. O‘quv nagruzkasining ortib ketishi ;
4. Turli yuqumli kasalliklardan so‘ng;
5. Vitamin etishmasligidan;
6. Oiladagi notinch hayot;
7. O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilikdan.
Nevrozga chalingan bolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo‘ladi;
1. Hayolparastlik;
2. O‘jarlik, qaysarlik;
3.Qo‘rquv;
Bu holatdagi bolalarda ishtaxa yo‘qoladi, tez-tez shamollaydi, boshi
og‘riydi, boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda,
yig‘loqi,
kamgap, besaramjon, injiq, serharxasha, uyqulari notinch, uyquda
alaxlaydigan ko‘p tush ko‘radigan bo‘ladilar.
Bu negativ holatlarni yo‘qotish uchun ota-onalar, vrachlar va pedagoglar
birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat
qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o‘quv yuklamalari
bolaning yosh hususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o‘quvchilar vitaminlarga
boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, aktiv dam olishi, sof havoda sayr
qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchik choy, kofein, kofe ichmasliklari kerak.
O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan, ularning harakterini, hisobga olgan holda
muomala qilishlari kerak.
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq
axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam
olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa
hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va
qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat
berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim
olishi uchun mablag sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sogliqni
asrashda yaxshi omil hisoblanadi
8
.
7 The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 135-136
betlar mazmun va mohiyatidan foydalanildi.
8The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 130-131
betlar mazmun va mohiyatidan foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: |