Garmonik o‘rtacha miqdorlarning yana biri oddiy garmonik miqdorlar hisoblanadi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Bunda: n – vazn, alohida miqdorlar soni;
– alohida miqdorlar teskari darajalarining yig‘indisi.
4. Moda va mediana
O‘rtacha miqdorlar bir-biridan farq qiladigan yakka miqdorlarning o‘rtachasidir. Shuning uchun ular to‘plam uchun xos bo‘lgan umumiy yo‘nalishni, qonuniyatni ochib bera oladi, ammo to‘plamdagi yakka belgilar qiymatlarini niqoblaydi. Bu esa hayotda sodir bo‘ladigan ayrim hodisalarni o‘lchash, baholash va ta’riflashda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun statistikada moda va mediana qo‘llaniladi.
Moda deganda statistik to‘plamda eng katta songa va salmoqqa ega bo‘lgan ko‘rsatkich tushuniladi. U aniq miqdor sanalib, o‘rganilayotgan to‘plamning strukturasini (tuzilmasi) ta’riflashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o‘rtacha ish haqi yoki o‘rtacha hasildorlik bilan eng ko‘p uchraydigan ish haqi darajasi yoki hosildorlik darajasi ham katta ahamiyatga ega.
Moda oraliqli va oraliqli bo‘lmagan (diskret) variatsion qatorlar bo‘yicha aniqlanadi. Oraliqli bo‘lmagan (diskret) qatorlarda modani aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, uni hisoblashda ortiqcha hisoblashlar talab qilinmaydi. Diskret (oraliqli bo‘lmagan) qatorlarda qaysi bir variantning vazni yoki salmog‘i ko‘p uchrasa, shu variant moda hisoblanadi. Diskret qatorlar bo‘yicha modani aniqlashni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.
6-jadval
Dostları ilə paylaş: |