- ulardagi psixokorreksiya qilinishi kerak muammoning o’xshashligi bo’lishi, ularning o’zaro jamoaviylik, ijtimoiy emotsional aloqa o’rnatishini ta’minlay olish kerak.
Bitta konkret guruh bilan 10-15 ta uchrashuvni 4-5 hafta davomida tashkil qilish kerak bo’lib, uchrashuvlar soni 15 tadan oshmasligi va 10 tadan kam bo’lmasligi talab etiladi. Har bir mashg’ulot orasida uzilish juda uzoqqa cho’zilib ketmasligini ta’minlash kerak, bu har bir mashg’ulotlarning o’zaro bog’liqligini yo’qqa chiqarishi, tizimli shakllanayotgan psixologik bilim-ko’nikma shakllanmay qolishi mumkin.

U o’zida maxsus elementlarni jamlashi kerak. M.R.Bityanovaning fikriga ko’ra muntazam ravishda yagona siklga solingan har bir trening sessiyasi (uchrashuv) quyidagi 6 ta elementlarni o’zida jamlab yahlit strukturani xosil qilishi har bir uchrashuvning psixokorreksion ta’sir va guruhiy mashg’ulot samaradorligini oshiradi:

1. Salomlashish rituali. Bu o’zaro guruhda jamoaviylik, kirishimlilik, o’zaro ishonch va umumiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ritual bo’lib, bunda amaliy psixolog o’zining tajribasidan kelib chiqqan holda turli salomlashuv mashg’ulotlaridan foydalanishi mumkin yoki buni guruhning tashabbusi bilan turli shakllarda tashkil qilishi ham mumkin. Lekin amaliy psixolog tajribadan o’tgan, jamoaviylik va o’zaro ijobiy munosabatlarni shakllantiruvchi usullardan foydalangani ma’qulroq.
2. Chigil yozdi mashqlar. Bu mashqlar, guruhni emotsional boshqarishga yordam beradi. Ular orqali guruhni faollashtirish, emotsional bosimni olib tashlash yoki shunchaki tinchlantirish mumkin. Bu mashqlar xususiyatiga qarab asosiy mashg’ulotga jalb qilish maqsadida tanlanishi lozim, chunki ayrim mashg’ulotlar faollikni yuqori emotsional kayfiyatni talab etsa, ayrimlari shunchaki diqqatni jamlashni talab etadi.
3. O’tgan mashg’ulot refleksiyasi(qayta aloqa, o’tgan uchrashuvdagi mashg’ulotda egallangan bilim-ko’nikmalarni qisqa muhokama qilish) Bu element, o’tkazilayotgan psixokorreksion tadbirning mustahkamlovchi mexanizmdir.
4. Asosiy mashg’ulot. Bu – psixologik mashg’ulotlar, psixotexnikalar, usullardan foydalanib qo’yilgan topshiriqni yechishni nazarda tutuvchi jamlanma bo’lib, korreksion-rivojlantiruvchi xususiyatni kasb etishi lozim. Shu o’rinda bilish jarayonlari, ijtimoiy-psixologik ko’nikmalar va jamoaviy dinamikani rivojlantirishni asosiy ko’zlangan natija qilish lozim.
5. Shu (asosiy mashg’ulot) mashg’ulot refleksiyasi (qayta aloqa, bugungi uchrashuvdagi mashg’ulotda egallangan bilim-ko’nikmalarni qisqa muhokama qilish) Bu element, o’tkazilayotgan psixokorreksion tadbirning mustahkamlovchi mexanizmdir.
6. Hayrlashuv rituali. Bu ritual ham o’zida samlomlashuv ritualini funktsiyalarini jamlashi lozim bo’lib, qo’shimcha ravishda, o’ziga xos tantanali bo’lishi kerak. Bunda qarsaklar va ijobiy motivatsion shiorlardan foydalanilgan kichik mashg’ulotlardan foydalanish o’smirda keyingi uchrashuvlar uchun stimul bo’ladi hamda yaxshi kayfiyatni ta’minlaydi.