1. Oybekning "Fonarchi ota" hikoyasi XX asrning nechanchi yillarida yozilgan?



Yüklə 64,41 Kb.
səhifə1/15
tarix31.03.2023
ölçüsü64,41 Kb.
#91774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5 sinf davomi


Oybek
1. Oybekning “Fonarchi ota” hikoyasi XX asrning nechanchi yillarida yozilgan?
A) 30-yillar B) 40-yillar
C) 20-yillar D) 50-yillar
2. Oybekning dostonini toping.
A) “Quyosh qoraymas” B) “Tillatopar”
C) “Bolalik” D) “O‘ch”
3. Muso Toshmuhammad o‘g‘lining 1944-yilda yozilgan romanini ko‘rsating.
A) “Ulug‘ yo‘l” B) “Navoiy”
C) “Quyosh qoraymas” D) “Qutlug‘ qon”
4. Oybek necha yil umr ko‘rgan?
A) 55 B) 58 C) 60 D) 63
5. «Baxtigul va Sog'indiq» asarining janri nima?
A) roman B) ertak C) doston D) qissa
6. Adibning o‘z bolaligi haqidagi asari(avtobiografik) qanday nomlangan?
A) “Gulnor opa” B) “Tillatopar”
C) “Bolalik” D) “Dilbar-davr qizi”
7. “Fonarchi ota” hikoyasida fonar kimning uyining tepasiga o‘rnatilgan edi?
A) Qosimning B) Oybeklarning
C) Ahmadning D) Tursunqul akaning
8. Ushbu asarda bolalarning bolalarcha orzusi nima edi?
A) fanorchi otaning jahli chiqishini tomosha qilish
B) fanorchi otadan kaltak yeyish
C) Qosimga qarshi tura oladigan mard topish
D) fanor butunlay ta‘mirlanmay qo‘yilishligini ko‘rish
9. Kim endi fanorni sindirsa, shuni tutib beramiz otamga degan asar qahramoni kim?
A) Qosim B) Oybek
C) Ahmad D) A’zam
10. «Alisherning bolaligi» va «Navoiy» asarlari mavzu jihatdan qanday farq qiladi?
A) biri qissa,biri roman
B) shoirning bolaligi yoki ziddiyatga to‘la hayoti haqidaligi bilan
C) Ikkita yozuvchining asari ekanligi bilan
D) mavzu jihatdan hech qanday farq yo‘q
11. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasidagi voqealar qaysi faslda bo‘lib o‘tadi?
A) yoz B) qish C) kuz D) bahor
12. Oybekning ijodiy merosi necha jildni tashkil qiladi?
A) 12 tom B) 15 tom C) 20 tom D) 10 tom
13. “Bolaning ko‘ngli podsho” asarida qo‘lidagi handalakni ko‘rsatib: - Dadamlar olib keldilar, yana bor. Ah, shirin...degan obraz ismini toping.
A) Ahmad B) Muso
C) Qosim D) A’zam
14. Supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovlida juda baland, beo'xshov eski paxsa devorli xonaning kichkina, shaloq darchasi bor bo‘lgan uyning egasi kim?
(“Bolaning ko‘ngli podsho”)
A) Dadaqo‘zi B) Mirahmad
C) Ahmad D) Musulmonqul
15. “Bolaning ko‘ngli podsho” asarida adib adashining baqqollik do‘koni qaysi mahallada joylashgan?
A) Oqmachitda B) Govkushda
C) Baxmalbofda D) Xiyobonda
16. Qaysi javobda yozuvchining chet el asarlari bo‘yicha tarjima qilmagan asari berilgan?
A) «Yevgeniy Onegin» B) «Sosunli Dovud»
C) «Dubrovskiy» D) «Maskarad»
17. Oybekning dastlabki to‘plamining nomi?
A) “O‘ch” B) «Tuyg‘ular»
C) «Dilbar - davr qizi» D) «Gulnor opa»
18. «Fanorchi ota», «Musicha»,«Quyosh qoraymas», «Singan umid», «Tillatopar»
Berilganlarning nechtasi roman janrida yozilgan?
A) 1 ta B) 3 ta
C) 2 ta D) roman janridagi asar berilmagan
19. «Fanorchi ota» hikoyasida bolalar fonarni urib sindirishgach, fonarchi ota haftada necha marta fonar chirog‘ini almashtirib qo‘yar edi?
A) 3-4 marta B) 2 marta
C) 1 marta D) har kuni
20. Asarda nima ” …to‘rt tarafdan qulagan uy kabi ajava tusda”,- deya ta’rif etiladi?
A) Cholning yuz ajinlari
B) Singan chiroq
C) Qosim cho‘loqning do‘rillagan ovozi
D) Asardagi churuk darvoza
21. “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida sho‘xlik qilgan bolalarga kimlar: «G‘ivillama oyoq ostida!» deb jerkishardi?
A) baqqollar B) mahalla oqsoqollari
C) qari bo‘zchilar D) xotin-xalajlar
22. −Bilaman, bilaman, Musulmonqulning odami edi u, shaytonga dars berardi...
Nutq egasini toping.
A) Mirahmad ota B) Musa baqqol
C) Sobir baqqol D) Dadaqo‘zi ota
23. “Ana shu oqpadarga baqamti kelib qolsam bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘limda shashpar... 0‘ziyam devday baquvvat, zug‘umli yigit edi-da...”
Tagiga chizilgan so‘z yana qaysi asarda qo‘llangan?
A) “Susambil” B) Ezop masallarida
C) “Uch og‘a-ini botirlar” D) “Oygul bilan Baxtiyor”

Yüklə 64,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin