amaliy me’morchilik san’ati, naqoshlik barcha mavzular
Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi.
Farg‘ona an’anaviy to‘qimachilik san’ati o‘rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yi-rik gulli matolaridan bino ichini bez-aydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ish-lab chiqarildi. An’anaviy chitgarlik (A. Abdug‘afurov, K. Qo‘ziyev, G‘. Qo‘ziyev), gi-lamchilik va palos to‘qish (G. Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bez-393aklar berish rasm bo‘ldi. 19-asr an’analarini kashtachi K. Musajonov, opasin-gil Rajabovalar (Chust "tus" do‘ppilari, Shahrisabz "iroqi"larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Is-moilov va boshqa davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalash-tirilsa ham qadimgi an’anaviy usullarda ishlandi. 30- yillar o‘rtalaridan sanoatda badiiy matolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Toshkent to‘qimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Marg‘ilon shoyi to‘qish kombinati sun’iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60–70- yillarda Marg‘ilon "Atlas" birlashmasi, Naman-gan shoyi to‘qish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirg‘a va mayda gulli "terma" paloslar (T. Jo‘rayev, B. Mirzayeva, O. Xolmatova), zardo‘zi do‘ppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V. P. Stolya-rov), so‘zana, palak, gulko‘rpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an’-anaviy sopol ushpulaklar (U. Jo‘raqulov, H. Rahimova) qatori beg‘ubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A. Muxtorov) yara-tildi.Ac. so‘nggi 80 – 90- yillar ichida quyidagi asosiy yo‘nalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini o‘z ichiga olgan xalq As; yengil (chinni buyumlar, badiiy ma-tolar) va mahalliy (sopol, yog‘och buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardo‘zlik va boshqalar) sanoatni o‘z ichiga olgan badiiy sanoat; ko‘rgazma, interer va manzara-li kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san’atida an’anaviy bo‘lmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bog‘liq malakali yakka tartib-dagi mualliflik bezak san’ati.Xalq A.S.ini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta ti-klash va taraqkiy ettirishda "Us to" birlashmasi (1978) muhim rol o‘ynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, zargarlik san’ati, zardo‘zlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy to‘qimachilik, nosqovoq, to‘qima ro‘zg‘or buyumlari, chinni, shisha buyumlar tay-yorlash va boshqa Amaliy sanʼat turlari rivojlanmoqda. Ganch o‘ymakorligini me’moriy bez-aklarda qo‘llash bu to‘rning barcha makta-blari an’analarini rivojlantirishga e’tiborni oshirdi. Ustalar turli mak-tab an’analarini uyg‘unlashtirib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan me’moriy bezaklar mu-jassamotiga kiritmoqda. Badiiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonning ta’siri hamda mahalliy badiiy an’analarning boyligi badiiy tajribada an’anaviy bo‘lmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san’atini rivojlantirmoqda. Badiiy to‘qimachilik, chinni, shisha, kulollik bu-yumlari ko‘rgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me’moriy va boshqa muhitini boyitish vosi-tasiga aylanmoqda. Jumladan an’anaviy bo‘lmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda. 70-yillardan kulollik asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar do‘stligi saroyi, "Chorsu" mehmonxonasi, Toshkent metro-politeni bekatlari va boshqa O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi As.ning barcha shakllarini rivojiga mus-tahkam zamin yaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis san’atlar maktablarining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, millim tasviriy, ama-liy, miniatyura san’atining nodir dur-donalarini dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, nafis san’atlar sohasidagi il-miy izlanishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi (1997 yil 23 yanvar qarori). "Xalq badiiy hunarmandchiliklarini va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni dav-lat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tad-394birlari to‘g‘risida"gi (1997 yil 31 mart) qarori milliy madaniyatni rivojlanti-rishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy sanʼatning ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va o‘ziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan ma-dad ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq an’anaviy Amaliy sanʼatning yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navro‘zda o‘tkaziladigan Amaliy sanʼat asarlari ko‘rgazmasida namoyon bo‘lmoqda. Amaliy sanʼatning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar o‘rtasida hamkorlik mavjud. Amaliy sanʼatning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy us-lublar almashinuvi san’atning boshqa turlari bilan bog‘liq ravishda davom etadi.Akbar Hakimov. Naqqoshlik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Naqqoshlik, naqshkorlik — amaliy sanʼatning qad. sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi. Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayoni-daustalar tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. N.da naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqa dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilim-don, isteʼdodli qismini tashkil etgan, ular ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan.