1. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi matеriallari. 1997 yil 29 avgust. I chaqiriq 9 sеssiyasi matеriallari. -T., "Xalq so’zi" gaz. 1997 yil 30 avgust. 181 son. 2. "Xalq badiiy xunarmandchilik va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yuli bilan kullab-quvvatlash chora-. _ . . - —qq«jqqqp gеspuolikasi Prеzidеntining Farmoni. -T., "Toshkеnt oqshomi" gaz. 1997 yil, 2 aprеl, 38 son. 3. A.Abduqodirov "Obidalar jilvasi". -T., "O’zbеkiston" 1972 yil, 64 b. 4. N.A.Avеdova "Toshkеnt o’ymakorligi". -T., O’z. Dav. Badiiy adabiyot nashr. 1961 yil, 88 b. 5. I.Azimov "Farg’ona vodiysining arxitеktura yodgorlik-lari". -T., "O’zbеkiston", 1986 yil, 71 b 6. www.ziyonet.uz
KOMPOZITSIYA KOMPOZITSIYADA RANG SHAKLI VA RITM. Reja:
1. KASHTACHILIKNING TARIXI VA O’ZIGA XOS TOMONLARI 2. KASHTACHILIK SAN’ATINING TURLARI 3. KASHTACHILIKDA NAQSHLARNING TURLARI 4. .KASHTA TIKISHDA RANG TANLASH
KASHTACHILIKNING TARIXI VA O’ZIGA XOS TOMONLARI O’zbekistonda kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun har bir oila o’zi uchun so’zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta, tuzxalta va boshqalarni o’zi tayyorlagan. Bundan tashqari, uzatiladigan qiziga ham bezak buyumlari masalan, so’zana, choyshab, oynaxalta, choy xalta, zardevor, palak, gul-ko’rpa, bo’g’joma (kam ishlatiladigan buyumlar, taxlangan ko’rpalarni o’rab qo’yadigan), parda, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan mato, do’ppi, ko’ylak, dastro’mol, hamyon, qiyiq, joynamoz, sumka, nimcha va boshqalarni badiiy did bilan bezatishgan. Shu kungacha kashtachilik buyumlari eng qimmatli hunar namunasi sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Yosh qizlar to’qqiz yoshidan boshlab kashta tika boshlagan. Onasidan va ustozidan o’rgangan naqshlarini turli xil naqshlar bilan boyitgan holda matoga sayqallashtirib borgan. Naqsh tikish bu yo’nalishdagi eng oson usul sanaladi va buning uchun chizib olingan naqsh iplar bilan tikilib to’ldirilsa bo’ldi. Uning yo’llari katta yoki kichik bo’lishiga unchalik ham ahamiyat berilmaydi. Bosma tikishda esa, choklar orasi yaqin bo’lishiga e’tibor qaratiladi.
Tikilgan choklar orasi qanchalik yaqin bo’lsa, shunchalik chiroyli bo’ladi. Buning uchun bir yo’l tikiladi va uning ustidan bosib yana bir marta qarama-qarshi yo’nalishga chok yuritiladi. Eng asosiysi shundaki, ustidan bosib tikilgan chok kashtaning boshlanishida qaysi tomonga yo’nalgan bo’lsa, oxirigacha shu yo’nalishda bo’lishi shart.
Donalab tikish esa, kashtachilikning eng qiyin turi sanaladi. Bunda har bir chok dona-dona, yonma-yon va maydalab tikiladi va iplarning tagidan mato ko’rinmasligiga e’tibor berish kerak. Agar mato iplarning tagidan ko’rinib tursa, ekspertlar tomonidan bu asil kashtachilik namunasi sifatida e’tirof etilmaydi. Ba’zan sotish uchun tikilgan so’zanalarda bu holni kuzatish mumkin.
Talab darajasida tikilgan so’zanalar qimmatbaho deb baholanadi. Qo’lda tikilgan kashta mashinada tikilgandan ko’ra, bir necha baravar qimmatroq va asilroq bo’ladi. Eng mohir chevaralarda kashtaning unchalik ko’rinmaydigan biror joyiga tumor yoki ko’zmo’nchoq tasvirini tushirish yoki ataylab naqshning kamgina joyini bitirmasdan qo’yish odati ham uchraydi. Buning ma’nosi so’ralganda esa, hazilga yo’yib: «Ko’z tegmasligi uchun», deyiladi. Bu ham milliy urf-odatlarimizdan biri bo’lsa, ajab emas.
Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy soxalaridan biri bo’lib kelgan. Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, tabiy sharoit, muxit bilan bog’liq xolda xar bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb xunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko’rsatadi. Kashtachilikni paydo bo’lishi teridan qilingan kiyimlarda bog’lam va choklarni yuzaga kelishi bilan bog’liq.
Davrlar mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan o’tish bilan, to’qish, shuningdek mato to’qish bo’yash va boshqa ishlar bilan bog’liq.
Kashtachilik taraqiyotni Qadimgi Osiyo, Yevropa, Amerika, madaniy yodgorliklari adabiy manba’lardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan kashtachilik namunalardan kuzatish mumkin. Kashtachilik maxsulotining eng qadimiy nosxalari saqlanmagan. Kashtachilik rivojlangan xaqlarda unga tasviriy san’atni tasiri katta bo’lgan. Masalan: XI asrga oid ingliz kashtalarida jang lavxalari aks ettirgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda Kashtachilik koronalar vujudga kela boshladi. Ishchilarni yo’lga qo’yilishi an’anaviy kashtachilikni inqirozga uchratdi. Kashtachilikdagi mavjud an’analar susayib ketdi, arzon boxo mashina kashtalari katta mahorat va ko’p mehnat talab qiladigan qo’l kashtalarini siqib chiqardi.
Kashtachilik - O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib O’rta Osiyoning yirik savdo hunarmandchilik markazlari va qishloqlarida keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang – barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.