7.Yunon-makеdon qo’shinlarining Iskandar Zulqarnayn boshchiligida O’rta Osiyoga yurishi. Spitamеn boshchiligidagi ozodlik harakati.Miloddan avvalgi 336- yilda Aleksandr Makedoniya podshosi bo’ladi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 11 yil davom etdi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Bu haqida tarixchi Aristobul mufassal ma’lumotlar qoldirgan. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ladi. Birinchi bo’lib uning yo’lini to’sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo’ldi. Bu yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan Bess edi. U Baqtra shaharni himoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So’g'diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyalik Aleksandr o’z ustozi, qadimgi yunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho-Kir II va Doro I kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lubiyatga uchragani, shuning uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko’rishi lozimligi to’g'risidagi maslahatini yodda tutar edi. Miloddan avvalgi 329-yilda Maroqandni bosib olgan makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Oks-Amudaryodan o’ta boshladi. Shu tariqa miloddan avvalgi 329- yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Maroqandani egalladi. So’g'diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko’tarildi. Tez orada so’g'diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo’shiladilar. Qo’zg'olonga iste'dodli rahbar va qo’mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo’shin to’plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin jo’natadi. Qadimda "Politimet" deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo’yida makedonlarga pistirma qo’ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o’zi qo’zg'olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to’xtatadi, o’z qo’shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) bir tayanch manzili barpo etish to’g'risida buyruq beradi. O'sha yilning bahorida Aleksandr qo’zg'olonni bostirish chorasini ko’radi. Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo’lib o’tdi. Kuchlar teng bo’lmaganidan Spitamen yengilib, tag'in cho’lga chekinadi. o’sha yerda ko’chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o’ldiradilar. Spitamenning o’limi so’g'diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo’lmagan hududni: Marg'iyona, Baqtriya, So’g'diyona va hozirgi Bekobod va Xo’jandni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg'ona mustaqilligicha qoldi. Spitamen qo’zg'oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo’shinlari birinchi bor mag'lubiyatga uchradilar. Yunon-makedon qo’shinlarining bosqinchilik yurishlari O’rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko’plab shaharlar vayron etildi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg’iyona Aleksandriyasi va h.k Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari ao’analari o’zaro omuxta bo’la bordi.