1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O‘zR Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. (“Xalq so‘zi”, 2017 yil, 20 sentyabr)



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə80/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
тарих

88. O‘zR Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. (“Xalq so‘zi”, 2017 yil, 20 sentyabr). Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 19 сентябрь куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нутқ сўзлади. Президентимиз ўз нутқида ислом динининг асл инсонпарварлик моҳиятини етказиш бутун жаҳон жамоатчилиги олдидаги муҳим вазифа эканини ҳамда ислом дини эзгулик ва тинчликка, асл инсоний фазилатларни асраб-авайлашга даъват этишини таъкидлаб ўтди:«Биз бутун жаҳон жамоатчилигига ислом динининг асл инсонпарварлик моҳиятини етказишни энг муҳим вазифа, деб ҳисоблаймиз.Биз муқаддас динимизни азалий қадриятларимиз мужассамлигининг ифодаси сифатида беҳад қадрлаймиз.Биз муқаддас динимизни зўравонлик ва қон тўкиш билан бир қаторга қўядиганларни қатъий қоралаймиз ва улар билан ҳеч қачон муроса қила олмаймиз.Ислом дини бизни эзгулик ва тинчликка, асл инсоний фазилатларни асраб-авайлашга даъват этади.Марказий Осиё Уйғониш даврининг кўплаб ёрқин намояндаларининг ислом ва жаҳон цивилизациясига қўшган бебаҳо ҳиссасини алоҳида қайд этмоқчиман.Ана шундай буюк алломалардан бири Имом Бухорий ўз аҳамиятига кўра ислом динида Қуръони каримдан кейинги муқаддас китоб ҳисобланган «Саҳиҳи Бухорий»нинг муаллифи сифатида бутун дунёда тан олинган.Бу улуғ зотнинг ғоят бой меросини асраб-авайлаш ва ўрганиш, маърифатий ислом тўғрисидаги таълимотини кенг ёйиш мақсадида биз Самарқанд шаҳрида Имом Бухорий номидаги Халқаро илмий-тадқиқот марказини ташкил этиш тўғрисида қарор қабул қилдик.Тошкентда ташкил этилаётган Ислом цивилизацияси марказининг фаолияти ҳам шу мақсадга хизмат қилади».
89. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqini mazmun- mohiyati (“Xalq so‘zi”, 2017 yil, 1 sentyabr). Avvalambor, mana shunday qutlug‘ kunda siz, azizlarni va butun xalqimizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirishga ruxsat bergaysiz. 
Bundan roppa-rosa yigirma olti yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. Shu kundan e’tiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Jonajon Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixida yangi davr – erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi. Biz bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, istiqlol yillarida bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli yo‘limizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa bir davrda o‘z taqdirimizni o‘zimiz hal etish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash, milliy davlatchiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni tiklash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz. Albatta, ushbu yutuqlarning qo‘lga kiritilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos bo‘lganini bugun barchamiz, butun xalqimiz takroran esga olishimiz tabiiydir. Bugun azim poytaxtimiz Toshkent shahrida, Oqsaroy qarorgohi oldida Islom Abdug‘aniyevichning haykalini ochdik. 2-sentabr kuni esa Islom aka tug‘ilib voyaga yetgan Samarqand shahrida u kishining haykali ochiladi.Nasib etsa, 2018-yil 30-yanvarda – u kishi tug‘ilgan kunga 80 yil to‘ladigan sanada Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimizga haykal o‘rnatish, Samarqand shahrida yodgorlik majmuasi barpo etish ishlarini to‘la yakuniga yetkazib, ularning ham tantanali ochilish marosimlarini o‘tkazamiz. Bugun barchamiz bir fikrda yakdilmiz: Birinchi Prezidentimizning Vatan va davlat oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari, so‘nmas xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning munosib hayot kechirishini ta’minlash borasida bugun oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini biz har tomonlama chuqur anglaymiz. Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etmoqda. Oldimizda turgan ana shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik.Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi. Harakatlar strategiyasida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas. Birinchidan, bugungi kunda barcha bo‘g‘indagi hokimlar, vazirlik va idoralar, prokuratura, sud-huquq va ichki ishlar organlari rahbarlari, deputat va senatorlar bevosita joylarga chiqib, o‘z faoliyati bo‘yicha xalq oldida hisobot bermoqda. Mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, odamlarning hayotiy muammolarini o‘rganmoqda, ularni qonuniy asosda hal qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Ikkinchidan, biz iqtisodiyotimizni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish va shu tariqa jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashga asosiy e’tibor qaratmoqdamiz. Uchinchidan, ijtimoiy sohalar, ayniqsa, odamlarda eng ko‘p e’tiroz uyg‘otayotgan sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, tabiiy gaz va elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmat, yo‘l qurilishi sohalarida mavjud ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirish, ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan ham albatta xabardorsiz. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin