9
Bunda yozuv turlari orasida bog‘lanish mavjud. Bunday sxemadagi ma‘lumotlar
bazasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (daraxtning bitta nusxasi):
Tarmoqli model.
Turli predmet sohalari uchun ma‘lumotlarning tarmoqli
modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning
ish muhitida axborot
tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab
predmet
sohalarining malumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tarmoqi modellar, ma‘lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon
beradi.
Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar
tashkil topgan,
ya‘ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi
yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi
har bir turdagi
nusxalar to‘plamuni tashkil qiladi. MB tarmoqli sxemasiga oddiy misol: