42
Mavzu 3. Microsoft Accessda jadvallar, jadvallararo bog‟lanishlar o‟rnatish
texnologiyasi
R e j a:
1. MS Accessning asosiy ob‘ektlari
2. MBni loyihalash va uning jadval strukturasini tuzish
3. So‘rovlar va
ularni loyihalash
4. Formalar
yaratish
5. Accessning standart funksiyalari;
6. Hisobotlar tayyorlash
7. Sahifalarni loyihalash
8.Makros va modul ob‘ketlarida ishlash
Ma‘lumki, ma‘lumotlar bazasi (MB) tushunchasi fanga
kirib kelgunga qadar,
ma‘lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi.
Hozirgi kunga kelib
bir necha turdagi ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT)
yaratilganki
ular o‘z dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, ular yordamida ma‘lumotlar bazasini
yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritish imkoni mavjud.
Ularga
Clipper, Paradox, FoxPro, Oracle, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Bu MBBT ichida Access eng sodda va foydanuvchi uchun qulay bo‘lgan,
Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturdir. Microsoft Access MBBT relyatsion
modellar asosiga qurilgan bo‘lib, unda tuziladigan MB jadvallar ko‘rinishida aks
etadi.
MS Accessning asosiy ob‟ektlari
Access MBBT oynasi oddiy bo‘lib, bu oynada
yana dastur ishlatadigan
yettita ob‘ekt oynalarini ishlatish mumkin.
Tablitsa
- ma‘lumotlar bazasining asosiy ob‘ekti. Unda ma‘lumotlar
jadval
ko‘rinishida saqlanadi.
Zapros
- baza ma‘lumotlarini qayta ishlash uchun maxsus struktura. Zapros
orqali ma‘lumotlarga so‘rovlar tayyorlanadi va qayta ishlanadi.
43
Forma
- bazaga yangi ma‘lumotlarni kiritish yoki mavjud ma‘lumotlarni
ekranda ko‘rsatish va ularni taxrirlashni ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: