D=d+i; i=d+i. O'zgaruvchilar va o'zgarmaslar



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə1/12
tarix29.11.2023
ölçüsü142,5 Kb.
#169843
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
C tilida bir o\'lchovli ikki o\'lchovli va dinamik massivlar


C++ tilida bir o'lchovli ikki o'lchovli va dinamik massivlar


R e j a

1.1. C++dа o‘zgаruvchilаr turlаri (turlari) vа tаvsiflаri.


Аsоsiy turlаr
1.2. O'zgaruvchilar va o'zgarmaslar
1.3. Ishorali va ishorasiz tiplar
double d=1;
int i=1;
d=d+i;
i=d+i.
O'zgaruvchilar va o'zgarmaslar
Dastur o'zi ishlatadigan ma'lumotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Buning uchun o'zgaruvchilar va o'zgarmaslardan foydalaniladi.
C++ tilida o'zgaruvchilar ma'lumotni saqlash uchun qo'llaniladi. O'zgaruvchining dasturda foydalanish mumkin bo'lgan qandaydir qiymatlarni saqlaydigan komyuter xotirasidagi yacheyka ko'rinishda ifodalash mumkin.
Kompyuter xotirasini yacheykalardan iborat qator sifatida qarash mumkin. Barcha yacheykalar ketma – ket nomerlangan. Bu nomerlar yacheykaning adresi deb ataladi. O'zgaruvchilar biror – bir qiymatni saqlash uchun bir yoki bir nechta yacheykalarni band qiladi.
O'zgaruvchining nomini (masalan, MyVariable) xotira yacheykasi adresi yozilgan yozuv deb qarash mumkin
C++ tilida o'zgaruvchini aniqlash uchun kompyuterga uning tipi (masalan, int, char yoki boshqa) haqida ma'lumot beriladi. Bu axborot asosida kompilyatorga o'zgaruvchi uchun qancha joy ajratish lozim va bu o'zgaruvchida qanaqa turdagi qiymat saqlanishi mumkinligi haqida ma'lumot aniq bo'ladi.
Har bir yacheyka bir bayt o'lchovga ega. Agar o'zgaruvchi uchun ko'rsatilgan tip 4 baytni talab qilsa, uning uchun to'rtta yacheyka ajratiladi. Aynan o'zgaruvchini tipiga muvofiq ravishda kompilyator bu o'zgaruvchi uchun qancha joy ajratish kerakligini aniqlaydi.
Kompyuterda qiymatlarni ifodalash uchun bitlar va baytlar qo'llaniladi va xotira baytlarda hisoblanadi.


Butun sonlar o'lchami
Bir xil tipdagi o'zgaruvchilar uchun turli kompyuterlarda xotiradan turli hajmdagi joy ajratilishi mumkin. Lekin, bitta kompyuterda bir xil tipdagi ikkita o'zgaruvchi bir xil miqdorda joy egallaydi.
char tipli o'zgaruvchi bir bayt hajmni egallaydi. Ko'pgina kompyuterlarda short int (qisqa butun) tipi ikki bayt, long int tipi esa 4 bayt joy egallaydi. Butun qiymatlar o'lchovini kompyuter sistemasi va ishlatiladigan kompilyator aniqlaydi. 32 – razryadli kompyuterlarda butun o'zgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi. 3.1. – listingda keltirilgan dastur sizning kompyuteringizdagi tiplarning o'lchovini aniqlab beradi.

Tayanch tiplar uchun kompyuter xotirasidan ajratiladigan baytlarni aniqlash.


# include
int main()
{
cout << “int tipining o`lchami: \t”
<cout<< “short int tipining o`lchami:\t”
<< sizeof(short)<< “bayt.”;
cout<<“long int tipining o`lchami:\t”
<< sizeof(long)<<“bayt.”;
cout<< char tipining o`lchami:\t”
<< sizeof(long)<<”\t bayt.”;
return 0;
}

NATIJA:
int tipining o`lchami: 4 bayt.


short int tipining o`lchami:2 bayt.
long int tipining o`lchami: 4 bayt.;
char tipining o`lchami:1 bayt;

Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin